Galaxy A72 Samsung’ning ilk pentakamerali smartfoni bo‘ladi

Samsung kompaniyasi yangi innovatsion ishlanmalarini foydalanuvchilarga qulay narxlarda taqdim etish uchun Galaxy A smartfonlar turkumiga asos solgan edi, deb yozadi “Terabayt.uz”.

Foto: Pixabay

Ikki yil avvalgi Samsung Galaxy A9 modeli esa dunyodagi birinchi kvadrokamerali telefon sifatida taqdim etilgan.

Endi esa bu kompaniya o‘zining pentakamerali ilk smartfoni – Galaxy A72 modelini tayyorlamoqda. Aytish kerakki, Xiaomi, Huawei va Nokia kabilarning bosh kamerasi besh modulli smartfonlari bozorda allaqachon chiqqan. Insayderlarga ko‘ra, Galaxy A72 gadjeti Samsung’ning birinchi pentakamerali smartfoni bo‘lsa-da, kompaniya uning ortidan shunday yana bir nechta qurilma chiqaradi.

Xabarga ko‘ra, Samsung Galaxy A72 bosh kamerasida asosiy datchik 64 megapiksellik aniqlikda bo‘ladi. Ikkinchi – 12 MPlik sensorga esa keng burchakli obyektiv biriktiriladi. Navbatdagi – 8 megepiksellik modul uch karralik optik zum bilan taqdim etiladi. Makrosyomka va sahna chuqurligini aniqlash esa har biri 5 megapiksellik alohida-alohida datchiklar qo‘llanadi. Galaxy A72 selfi ishqibozlariga ham ma’qul keladi – uning old kamerasi 32 megapiksellik bo‘lishini aytishmoqda. Samsung bu modelini 2021-yilning birinchi yarmida taqdim etadi.

Mavzuga doir: