WhatsApp`da yangi funktsiya paydo bo'ldi

image

WhatsApp`da yangi Expiring Media funktsiyasi paydo bo'ldi. U vaqtinchalik mediafayllar yuborish imkonini beradi. Bu haq WeBetaInfo xabar berdi.

Yangilik bilan foydalanuvchilar ikkinchi tomon ochib ko'rishi va yozishmalardan chiqishi bilan o'chib ketadigan foto, video va animatsiyalar yuborishi mumkin. Bunday imkoniyat foydalanuvchi o'ta shaxsiy mediafayllarini yubormoqchi bo'lsa, qo'l kelishini taxmin qilinyapti.

Foydalanuvchilar chalg'ib ketmasligi uchun yo'qolib ketuvchi xabarlar odatiylaridan grafik jihatdan farq qiladi.

Bu funktsiya dasturning Android-smartfonlar uchun mo'ljallangan beta-versiyasida mavjud. Keyinroq dastur yangilangandan keyin asosiy dasturda ham paydo bo'ladi.