calendar 19 Sep 10:10
eye 22
comments 0
comments Manba: daryo

Avstraliyalik olimlar butunlay ko‘zi ojiz insonlarning ko‘rish qobiliyatini qayta tiklash tizimini yaratdi

image

Avstraliyadagi Monash universiteti olimlari ko‘zning funksiyasini qaytarishga qodir Gennaris nomli bionik tizimni yaratdi, deb xabar beradi Daily Mail.

Foto: Daily Mail

“Gap butunlay ko‘r insonlarning ko‘rish qobiliyatini qayta tiklash haqida ketmoqda. Buning uchun ularga bionik ko‘z o‘rnatiladi”, — deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, ko‘zga o‘rnatilgan kamera signallarni mikroprotsessorga yuboradi, u esa o‘z navbatida olingan tasvirlarni to‘g‘ri miyaga yo‘naltiradi.

Aniqlik kiritilishicha, Gennaris tizimi ko‘z qorachig‘idan miyaning ko‘rish markaziga yuboriladigan signallarni bloklovchi ko‘rish qobiliyatidagi nuqsonlarni aylanib o‘tishga qodir.

“Dizaynimiz 172 tagacha yorug‘lik dog‘lari (fosfen) kombinatsiyasidan iborat vizual gul shaklida bo‘lib, insonga bino ichi va ochiq havoda harakatlanishga, shuningdek, atrofdagi odamlarni tanishga imkon beradi”, — deydi avstraliyalik ixtirochilar.

Ixtirochilar jamoasi muvaffaqiyatga erishadigan bo‘lsa, ular yangi tijoriy korxona yaratish ustida ish boshlab, kelajakda shu kabi qurilmalarni seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.

Avvalroq Gonkong fan va texnologiya universiteti olimlari inson ko‘rish a’zosidan deyarli farq qilmaydigan sun’iy ko‘z yaratgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:08
 
35
0
qalampir.uz

Ilk bor inson miyasiga chip o‘rnatildi

Ilk marta odamga gadjetlardan fikrlar yordamida foydalanish imkonini beruvchi Neuralink neyrochipi o‘rnatildi. Bu haqda amerikalik milliarder Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. “Kecha birinchi odam Neuralink'dan implant oldi va yaxshi tiklanmoqda. Dastlabki natijalar asabiy tirqishlarni aniqlashning istiqbolli ekanligini ko‘rsatadi”, deb yozgan u. Maskning so‘zlariga ko‘ra, mahsulot “Telepatiya” deb nomlanadi va birinchi navbatda oyoq-

07 Mar 20:08
 
43
0
qalampir.uz

Xitoylik olimlar Ilon Maskni ortda qoldirdi

Xitoyning Tsinghua universitetida falaj bo‘lgan odamning harakatini tiklashga yordam beruvchi miya chipi ishlab chiqildi. Bu haqda “South China morning post” nashri xabar berdi.  Bildirilishicha, ushbu simsiz miya-kompyuter interfeysi bemorga protez qo‘l bilan narsalarni ushlash imkonini beradi. Qurilma o‘tgan yilning oktyabr oyida falajlikni boshidan o‘tkazgan bemorni reabilitatsiya qilishda ishlatildi hamda sezilarli yutuqlar qayd etildi. Universitetning tadqiqot gu

11 Apr 13:57
 
30
0
qalampir.uz

Amerikalik talabalar tarakanni kiborgga aylantiradigan qurilma yasadi (video)

AQSHda universitet talabalari tarakanlarni kiborgga aylantirish uchun maxsus qurilma ishlab chiqdi va ushbu to‘plamlarni savdoga chiqardi. Bu haqda “Backyard brains” nashri xabar berdi. Bildirilishicha, qurilma hasharotning ustiga yopishtiriladi. So‘ngra u buyruq bo‘yicha razryadlarni yuboradi. Bu esa tarakanning harakatlarini boshqarish imkonini beradi. Uskuna ulanganidan so‘ng, bir necha daqiqa hasharotning moslashishini kutish kerak bo‘ladi. So‘ngra uni chap

11 Apr 13:57
 
21
0
qalampir.uz

AQSH Adliya vazirligi Apple'ni smartfonlar bozorini monopollashtirishda aybladi

AQSH Adliya vazirligi va 16 ta shtatning bosh prokurorlari Apple kompaniyasini smartfonlar bozorini monopollashtirishda ayblab, sudga murojaat qildi. Bu haqda Adliya vazirligi tarqatgan press relizida aytiladi. “Apple'ning cheklovchi harakatlari amerikaliklarning yangi smartfonlarga (boshqa ishlab chiqaruvchilardan – tahr.) o‘tishini qiyinlashtiradi, ilovalar, mahsulotlar va xizmatlardagi innovatsiyalarga putur yetkazadi va ishlab chiquvchilar, biznes hamda iste’mol