calendar 17 Sep 14:30
eye 49
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

O'zbekistonda koronavirus: 17 sentyabr asosiy xabarlari

image
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1148)
42 0 0

Sutka davomida 465 kishida koronavirus aniqlandi, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 49 627 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Sputnik O'zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to'g'risida asosiy xabarlarni to'pladi.

Bir sutka davomida 465 kishida koronavirus aniqlandi, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 49 627 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 188 nafari Toshkent shahrida, 41 nafari Namangan viloyatida, 7 nafari Farg'ona viloyatida hamda 6 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko'tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog'ayish ko'rsatkichi

Bugunning o'zida 496 nafar bemor tuzalib, o'z uylariga kuzatildi. Respublika bo'ylab jami sog'ayganlar soni 45 970 nafarga yetdi. Sog'ayish ko'rsatkichi 93 foizga yetdi.

Ayni paytda 3 244 nafar bemorga belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda.

O'lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor – Yunusobod tumanida yashagan 64 yoshli K.E. (erkak) hamda Mirzo Ulug'bek tumanida yashagan 56 yoshli G.Sh. (ayol), Toshkent viloyatida yashagan 59 yoshli E.N. (erkak) hamda poytaxtlik 69 yoshli B.T. (erkak) vafot etdi.

O'zbekistonda jami 503 kishi pandemiya qurboni bo'ldi.

Parvozlar haqida

Pandemiya vaqtida O'zbekistonga havo transporti orqali yo'lovchilar kirib kelish tartibi belgilandi.

"Qizil" va "Sariq" hududlardan O'zbekistonga kelayotgan yo'lovchilar COVID-19 aniqlanmagani haqida maʻlumotnoma taqdim etishi kerak. Yo'lovchi PZR analizi parvozda 72 soatdan uzoq bo'lmagan muddat ichida topshirilgan bo'lishi kerak. Faqat virus aniqlanmagan yo'lovchilar parvozga qo'yiladi.

"Qizil" hududlardan kelgan yo'lovchilar aeroport pasport nazorati xizmatiga COVID-19 tahlil natijasi va 14 kunlik uy karantiniga joylashish majburiyatnomani taqdim etishlari shart.

"Sariq" hududlardan kelgan yo'lovchilar pasport nazorati xizmatiga COVID-19 aniqlanmagani haqidagi PZR test natijasi aks etgan hujjatni topshirishlari talab etiladi.

"Yashil" hudud mamlakatlaridan O'zbekiston Respublikasiga kirib kelgan yo'lovchilarga nisbatan karantin tartiblari qo'llanilmaydi (kasallik alomatlari kuzatilgan yo'lovchilar bundan mustasno).

Yopilgan maktablar

Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi yangi o'quv yilida o'quvchilar uchun eshigini ochgan 9 ta maktab yana faoliyatini to'xtatdi. Maktablar yopilishiga tumanda koronavirus pandemiyasi bilan gumon qilinayotgan fuqarolar soni oshgani sabab bo'lgan.

EIIB krediti

Evropa tiklanish va taraqqiyot banki "Ipak Yo'li" bankiga 20 million dollar ajratilishini maʻqulladi.

15 millioni kichik va o'rta biznesni rivojlantirish uchun kredit liniyasi shaklida, yana 5 million dollari savdoni moliyalashtirish uchun ajratilgan.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo'ylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 29,9 milliondan oshdi, 941 ming kishi vafot etdi, 20,3 million kishi tuzaldi. Eng ko'p holatlar AQShda (6,6 mln), Hindistonda (5,0 mln), Braziliyada (4,4 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1148)

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:53
 
68
0
xs.uz

Oʻzbekistonda qizlar necha yoshdan turmushga chiqmoqda?

2025-yilning yanvar fevral oylarida, FHDYO organlarida respublika boʻyicha 31 ming 775 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi xabar berdi.Statistika qoʻmitasi, qayd etilgan nikohlarda ayollarning yosh guruhlari boʻyicha taqsimlanishi haqidagi maʼlumotni eʼlon qildi.Unga koʻra, nikohlanayotgan umumiy ayollar sonining eng katta ulushi 52,4 foiz koʻrsatkich bilan 20 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan ayollarda kuzatilgan.Shuningdek, 20 yoshgacha nikohdan oʻtayotg

15 Apr 07:05
 
51
0
xs.uz

Diqqat: Endi avtomobillar bilan bogʻliq qoidabuzarliklar “Road 24” ilovasi orqali tekshirilmaydi

Endilikda haydovchilar shaxsiy avtotransport vositalari bilan bogʻliq maʼlumotlarni 'Road 24' mobil ilovasi orqali bila olmaydilar. Bu haqida YHXX axborot xizmati boshligʻi Zoyir Yoʻldoshov maʼlum qildi.Bildirilishicha, 'Road 24' mobil ilovasi hamda YHXX oʻrtasidagi yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun belgilangan jarimalar toʻgʻrisida maʼlumot almashinuvi batamom toʻxtatilgan.Shuningdek, endilikda haydovchilardan 'Safe Road YHXX' ilovasini yuklab olish orqali shaxsiy avtomobili

20 Mar 12:53
 
53
0
xs.uz

Navroʻz bayrami Surxondaryoga tarovat bagʻishlamoqda

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Surxondaryo viloyatining Navroʻz shodiyonalariga bagʻishlangan asosiy bayram sayli Termiz shahridagi Sanʼat saroyi bogʻida boʻlib oʻtdi. Sharqona yangi yil boshi, goʻzallik, bunyodkorlik va yangilanish ayyomi erta tongdan karnay-surnay sadolari ostida tantanali ravishda boshlandi.Vohaning har bir tumani oʻziga ajratilgan qoʻrgʻonlarni, oʻtovlarini hududning milliy qadriyatlariga xos bezatib, turli koʻrgazmalar tashkil etdi. Sanʼatkorlarning konsert dastu

20 Mar 12:53
 
53
0
xs.uz

Bayramga munosib tuhfa

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Navroʻz umumxalq bayrami arafasida 'Hududiy elektr tarmoqlari' aksiyadorlik jamiyati Samarqand hududiy filiali tasarrufidagi elektr taʼminoti korxonalariga 10 dona 'Damas' va 3 dona 'Isuzu' rusumli maxsus avtomashinalar topshirildi.Zamonaviy texnika vositalari ish samaradorligini oshirish imkoniyatini yaratishi bilan birga elektr tarmoqlaridagi uzilishlarni tezkor bartaraf etish, hududdagi korxona, tashkilot, muassasalar hamda aholiga elektr energiyasini si