calendar 18 Aug 11:20
eye 21
comments 0
comments Manba: zamin

Eng bozori chaqqon smartfon nomi maʻlum bo'ldi

image
Foto: «Forbes»
«Apple» kompaniyasi 2-chorak moliyaviy natijalarini maʻlum qilarkan, «iPhone 11» Xitoyda eng yaxshi sotilgan smartfon bo'lganini taʻkidlagandi. Endi ushbu maʻlumotlarni «Counterpoint» ekspertlari ham tasdiqlashdi: «iPhone 11» nafaqat Xitoy, balki dunyoning boshqa yirik bozorlari ham yetakchisi ekan.

«iPhone 11». Foto: «iPhones.ru»
Tadqiqotlarga ko'ra, 2020 yil 2-choragida «Apple» smartfoni ko'p sotilish bobida Xitoyda «Oppo A8», «Honor 9X», «Vivo Y3» hamda «Huawei Mate 30 5G»ni ortda qoldirib, «kuchli beshlik» yetakchisiga aylandi. Holbuki, bulardan faqat «iPhone 11» va «Huawei Mate 30» premium-segmentga mansub, qolganlari arzon smartfonlar, taʻkidlaydi «Gizчina».

O'tgan yilgi «ayfon» («iPhone 11»), qolaversa, AQSh (bozorning 16 foizi), Germaniya (11 foiz), Buyuk Britaniya (12 foiz) va Yaponiya (19 foiz)da eng ko'p sotilgan smartfon. Umuman olganda, «ayfon» ishqibozlari Buyuk Britaniya (yetakchi to'rtlik — «iPhone 11», «iPhone Xr», «iPhone SE» va «iPhone 7») va Yaponiya (yetakchi uchlik — «iPhone 11», «iPhone 11 Pro» va «iPhone 7»)da juda ko'p.

«Samsung Galaxy A51». Foto: «iXBT.com»
Ammo bu yirik bozorlarni faqat «ayfonlar» egallab olganini anglatmaydi. Masalan, Frantsiyada kichik ustunlik (8 foiz) «Samsung Galaxy A51» tomonida(«iPhone 11» ulushi 7 foiz), Hindistonda yetakchi beshlikda «Redmi»lar hukmron, Janubiy Koreyada esa «Samsung» peshqadam.

Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:57
 
35
0
qalampir.uz

Ilon Maskning kompaniyasi AQSH razvedkasi uchun josuslik tarmog‘ini yaratmoqda

Ilon Maskga tegishli SpaceX kompaniyasi Amerika razvedkasi bilan maxfiy shartnoma doirasida yuzlab josuslik sun’iy yo‘ldoshlari tarmog‘ini qurmoqda. Bu haqda kecha, 16 mart kuni manbalarga tayanib, "Reuters" xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya 2021 yilda Pentagon qoshidagi AQSH Harbiy kosmik razvedka milliy boshqarmasi bilan imzolagan 1,8 milliard dollarlik shartnomaga asosan Starshield (foydalanuvchilarga internetga kirishni ta’minlab beruvchi bo‘lim) tarmoqni

11 Apr 13:57
 
28
0
qalampir.uz

Amerikalik talabalar tarakanni kiborgga aylantiradigan qurilma yasadi (video)

AQSHda universitet talabalari tarakanlarni kiborgga aylantirish uchun maxsus qurilma ishlab chiqdi va ushbu to‘plamlarni savdoga chiqardi. Bu haqda “Backyard brains” nashri xabar berdi. Bildirilishicha, qurilma hasharotning ustiga yopishtiriladi. So‘ngra u buyruq bo‘yicha razryadlarni yuboradi. Bu esa tarakanning harakatlarini boshqarish imkonini beradi. Uskuna ulanganidan so‘ng, bir necha daqiqa hasharotning moslashishini kutish kerak bo‘ladi. So‘ngra uni chap

11 Apr 13:57
 
38
0
qalampir.uz

Maskning miya chipi o‘rnatilgan falaj bemor kompyuter sichqonchasini boshqardi

Amerikalik milliarder Ilon Maskga tegishli Neuralink kompaniyasi inson miyasiga chip o‘rnatish tajribalarida ilk bor muvaffaqiyatga erishdi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.  Bildirilishicha, kompaniyaning neurochipi o‘rnatilgan birinchi bemor shunchaki fikrlash orqali kompyuter sichqonchasini boshqara olgan.  “Tajriba yaxshi o‘tyapti. Bemor yomon asoratlarsiz to‘liq tuzalib ketganga o‘xshaydi. Hozirda u shunchaki o‘ylash orqali sichqonch

11 Apr 13:57
 
38
0
qalampir.uz

Yaponiyada xususiy kompaniya tomonidan uchirilgan raketa portlab ketdi

Yaponiyada Space One xususiy kompaniyasi tomonidan birinchi sun’iy yo‘ldosh uchirilishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Bu haqda mamlakat mahalliy nashrlari xabar berdi. Bugun, 13 mart kuni Yaponiya g‘arbidagi Vakayama prefekturasidagi xususiy Space Port Kii uchirish maydonida 18 metrlik Kairos raketasi uchirilganidan ko‘p o‘tmay portlagan. Raketa parchalari uchish joyiga yaqin tushgan va kuchli yong‘in chiqqan. "Birinchi Kairos raketasining uchirilishi amalga oshirildi, amm