calendar 05 Dec 15:24
eye 93
comments 0
comments Manba: xs

Navoiylik mashinasozlar 60 yillik yubileyini nishonladi

image

Foto: Viktor YAKOVLEV

Xabaringiz bor, joriy yilning 17-noyabr kuni “Navoiy kon metallurgiya kombinati” AJ tashkil topganligining 65 yilligi keng miqyosda nishonlanib, shu munosabat bilan mamlakatimiz Prezidenti yoʻllagan tabrikda kombinat tarkibidagi Navoiy mashinasozlik zavodi jamoasining faoliyatiga ham yuksak baho berilgan edi.

Oradan mana ikki haftacha vaqt oʻtib, Navoiy mashinasozlik zavodi ham oʻzining 60 yillik bayramini nishonladi. Shu munosabat bilan korxona bosib oʻtgan shonli yoʻlni oʻzida aks ettiruvchi koʻrgazmalar, davra suhbatlari, sport musobaqalari va ilmiy anjumanlar tashkil etilib, asosiy bayram tadbiri korxonaning oʻzida boʻlib oʻtdi.

Korxona jamoasini “NKMK” AJ boshqaruv raisi — Bosh direktori Q. Sanaqulov qutlugʻ sana bilan tabriklar ekan, keyingi yillar korxona uchun haqiqiy yuksalish davri boʻlib, muhim dastur va loyihalar asosida yangi sexlar, uchastkalar, hududlarda korxona boʻlinmalari tashkil etilib, yaratuvchanlik, izlanish, intilish evaziga Markaziy Osiyoda tengi yoʻq zavodga aylangani, har qanday murakkab vazifalarni uddalashga qodir mutaxassis kadrlar jamlanganini taʼkidladi.

— Korxonada har yili oʻrtacha 1,2 trillion soʻmlik mahalliylashtirilgan va import oʻrnini bosuvchi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda, — deydi Q. Sanaqulov. — Ilgarilari ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan aksariyat ehtiyot qismlar faqat chetdan olib kelingan. Bugungi kunda esa kombinat ehtiyoji uchun zarur boʻlgan ushbu jihozlarning 97 foizi zavodda, chetdan hech qanday yordamsiz zavod sexlarida tayyorlanmoqda.

Darhaqiqat, Navoiy mashinasozlik zavodi oltmish yildirki NKMK barqarorligining mustahkam tayanchi sifatida faoliyat koʻrsatib, oddiy taʼmirlash sexidan yirik sanoat birlashmasigacha boʻlgan murakkab yoʻlni bosib oʻtdi. Korxonada mehnat qilayotgan 3,5 ming nafar muhandis-texnolog, metallurg, mexanik va konstruktorlar zahmati tufayli 15 ming turdan ortiq yuqori sifatli mahsulotlar, shu jumladan, ogʻirligi 4 gramm boʻlgan oddiy murvatdan tortib, 980 tonnagacha boʻlgan tegirmonlar, shuningdek, yanchish uskunalari, nasoslar, quyultirgichlar ishlab chiqarish va ularni taʼmirlash, 400 tonnagacha boʻlgan yirik oʻlchamdagi jihozlarga ishlov berish oʻzlashtirildi. Metall va yogʻochga ishlov beruvchi dastgohlar, yirik kon texnikalari uchun detallar ishlab chiqarilmoqda.

— Zavodimizning Quymachilik sexida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmini oshirish maqsadida 25 tonnalik zamonaviy metall eritish pechi ishga tushirilishi metall eritish quvvatini yiliga 30 foizgacha oshirish imkonini bermoqda, — deydi sex boshligʻi Zafar Bobodoʻstov. —Bu, albatta korxonamizda yangi-yangi loyihalarni amalga oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turini oshirish imkonini beradi.

Anjumanda navoiylik mashinasozlar zahmati sharaflanib, u katta konsert dasturi bilan yakunlandi.

Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
53
0
xs.uz

Yangi ish boshlagan tadbirkorlar birinchi xato uchun “javobgarlikdan sugʻurtalangan” boʻladi — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyevning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida yangi tadbirkorlar 'oyoqqa turib olishi' uchun, ayniqsa, ular faoliyat boshlagan birinchi yilda qoʻllab-quvvatlash juda muhimligi'taʼkidlandi.Masalan, oxirgi uch yilda 17,5 ming korxona tashkil etilganiga bir yil toʻlmasdan tugatilgan. Ayniqsa, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm, Jizzax viloyatlari masʼullari yangi korxonalar bilan ishlashda eng orqada ekani koʻrsatib oʻtildi.'Bundan buyon, tadbirkorlikka endi qadam qo

21 Apr 08:33
 
18
0
xs.uz

Muddatli harbiy xizmatchilar Vatanga qasamyod qildi

Bugun, 20-aprel kuni Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism va muassasalarida tantanali ravishda harbiy xizmatga yangi chaqirilgan muddatli harbiy xizmatchilarni Vatanga qasamyod keltirish marosimi o'tkazildi.Xususan, poytaxtimizdagi 'Vatanga qasamyod' majmuasida o'tkazilgan marosimda mudofaa vazirining birinchi o'rinbosari, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig'i general-mayor Zaynobiddin'Iminov yig'ilganlar e'tiboriga mudofaa vazirining askarlarga tabrigini o'qib eshittirdi. Shuningdek, Mudofa

12 Apr 21:14
 
36
0
xs.uz

Fargʻonada “Moskvich” kanalga tushib ketdi (+video)

Bugun, 12-aprel kuni Fargʻona viloyati Yozyovon tumani hududidan oqib oʻtuvchi kanalga 'Moskvich' rusumli avtomobil haydovchining boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida tushib ketgan.Mazkur holat yuzasidan Fargʻona viloyati FVBga '112' qisqa raqami orqali amaliy yordam kerakligi toʻgʻrisida murojaat kelib tushgan.Murojaatga asosan, hududiy Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borgan va ularning tezkor harakatlari natijasida avtotransport vositasi suvdan chiqari

14 Apr 06:18
 
34
0
xs.uz

IIB qidiruvidagi shaxs Navoiyda qoʻlga olindi

Firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, qidiruv eʼlon qilingan shaxs Navoiy viloyatida qoʻlga olindi. Bu haqda Buxoro viloyat IIB xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Gʻijduvon tumani 'Zarangari' mahallasida roʻyxatda turuvchi T.Y. ismli fuqaro muqaddam Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashiringan. Shundan soʻng unga nisbatan tuman IIB qidiruv eʼlon qilgan.Buxoro viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiru