Dunyo voqealari qisqa satrlarda: Iroqda deputatning yaqinlariga qurolli hujum uyushtirildi, Qozog'istonlik deputat rossiyalik hamkasbini psixiatrga yubordi

🔻 Iroq sharqida mahalliy deputatning qarindoshlariga uyushtirilgan qurolli hujum natijasida 20 dan ortiq kishi halok bo'lgan yoki yaralangan. Fojia payshanba kuni tushdan keyin Iroqning Diyala viloyatida sodir bo'lgan. Dastlabki maʻlumotlarga ko'ra, nomaʻlum shaxslar avtomobilga o'rnatilgan portlovchi moslamani ishga tushirib, so'ng odamlarni o'qqa tuta boshlagan. Hujumchilar mahalliy deputat Saloh Zayniyning qarindoshlarini nishonga olgan.
🔻 Moskva va Kiyev o'rtasidagi qarama-qarshilik yangi bosqichga o'tmoqda. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bayonot berdi. Ukraina Qurolli kuchlarining yozgi hujumi qurol-yarog' va shaxsiy tarkib yetishmasligi tufayli kutilgan natijani bermagan. Ammo Ukraina Qurolli kuchlari chekinmayapti va kurashishda davom etmoqda, deydi Ukraina yetakchisi. U Falastin-Isroil mojarosi tufayli Kiyevga yordam kamayishidan qo'rqishini tan oldi.
🔻 Qirg'izistonda bozor savdogarlari o'rtasidagi noroziliklar ketma-ket ikkinchi kun davom etmoqda. Olamedin bozori savdogarlari mitingga chiqqan. 200 dan ortiq tadbirkor nazorat-kassa mashinasi o'rnatilishiga qarshi. Shuningdek, ular 1 yanvardan bekor qilinadigan patent tizimini saqlab qolishni so'ramoqda.
🔻Germaniya Rossiyaning Novosibirsk, Ekaterinburg va Kaliningraddagi bosh konsulliklarini yopdi.
🔻 G'azo sektorida sulh tugaganidan keyin 3 soat ichida 32 kishi halok bo'ldi.
🔻Rossiyalik deputat Evgeniy Fedorovning Qozog'iston "butunlay qonuniy bo'lmagan hudud" degan bayonotiga parlament deputati Marat Boshimov qattiq javob qaytardi. Boshimov Fedorov 13 yoshli boladek aql-zakovatga ega va unga ruhiy jarohatni psixiatrda davolashni maslahat berdi. Parlament aʻzosining aytishicha, Qozog'iston suvereniteti va hududiy yaxlitligi haqidagi yolg'on, provokatsion bayonotlari bilan tanilgan Fedorov yana shov-shuv qilishga qaror qilgan. Boshimov rossiyalik hamkasblarini juda nozik siyosiy mavzularda chiqishdan oldin o'ylab ko'rishga chaqirdi.
🔻 Moskvada ozarbayjonlik tadbirkorlarning "Sadovod" bozori yonib ketdi. Jarohatlanganlar bor.
🔻 Ilon Mask reklama beruvchilar bilan kelishmayapti. Mask reklama beruvchilarni haqoratli so'zlar bilan uni shantaj qilishda ayblagan. Ilon Maskning platformadagi antisemitizm deb baholangan bayonotlari tufayli "X" ijtimoiy tarmog'ida reklama berishdan bosh tortgan kompaniyalar bilan ziddiyat avj olgan.
AQSHda Putinning yozda Ukrainada gʻalaba qozonish rejalari oshkor qilindi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada 2025-yil yozida muzokaralarga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan jabhada gʻalaba qozonishini kutmoqda. Bu haqda CNN xabar bermoqda.Nashr mualliflarining yozishicha, Kreml AQSH prezidenti Donald Trampning amaldagi maʼmuriyatining qatʼiyatsizligini yaxshi biladi.Shu bilan birga, Putin 'Tramp oxir-oqibatda tishsiz va uni vaziyatni yumshatishdan bosh tortgani uchun samarali jazolamasligini tushunadi', deyiladi maqolada.Nashrning yozishicha, Putin Tram
Xitoy dunyodagi birinchi 10G internet tarmogʻini ishga tushirdi
Xitoyning Xebey provinsiyasidagi dunyodagi birinchi 10G keng polosali internet tarmogʻini ishga tushirildi. Bu haqda 'Mydrivers' portali'xabar berdi.Qayd etilishicha, 'Huawei' kompaniyasi va 'China Unicom' bilan hamkorligida ishga tushirilgan yangilangan tarmoq dunyodagi ilk 50G PON texnologiyasi asosida ishlaydi. U orqali har bir foydalanuvchi uchun internet tezligi anʼanaviy gigabit darajasidan 10G darajasigacha oshiriladi. Yaʼni yuklab olish ' 9834 Mbit/s, uzatish ' 1008 Mbit/s, kechikish
“Ijobiy va konstruktiv” — Tramp davrida birinchi Eron — AQSH muzokaralari qanday oʻtdi?
Eron va AQSH oʻrtasida Tehron yadro dasturi boʻyicha muzokaralarning birinchi raundi Oʻmonda boʻlib oʻtdi. Aytib oʻtish kerak, ikki davlat 2018-yildan buyon bu qadar yuqori darajada hamkorlik qilmagan edi.Har ikki tomon uchrashuvni konstruktiv deb atadi va joriy hafta muzokaralarning ikkinchi bosqichiga kelishib olganliklarini tasdiqladi. Qoʻshma Shtatlar 'toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa' mumkin boʻlgan kelishuvga erishishda muhim rol oʻynashini aytdi.Muzokarada Eron delegatsiyasiga ushbu
Afrikalik ayol Xalqaro Olimpiya qoʻmitasiga prezident etib saylandi
Yangi saylangan prezident XOQ tarixida prezident lavozimini egallagan birinchi ayol va Afrikaning birinchi vakili boʻldi. U 2025-yil 23-iyunda amaldagi rahbar Bax tomonidan vakolatlar topshirilgandan soʻng lavozimga kirishadi.'Men shunday harakat qilamanki, barchangiz bugun qabul qilgan qaroringizdan faxrlanasiz. Oldinda bizni koʻplab hamkorlikdagi ishlar kutmoqda. Bu saylov kurashi gʻoyat ajoyib boʻldi', degan Koventri sessiya ishtirokchilariga.Taʼkidlash joiz, Koventri suzish boʻyicha i