OIVga qarshi kurash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalar


Poytaxtimizda 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuniga bagʻishlangan anjuman oʻtkazildi.
Anjumanda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari, Jahon Sogʻliqni saqlash tashkilotining Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari, OIV bilan yashaydigan oʻsmirlar va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash guruhi vakili, Oʻzbekiston Respublikasida OITSga qarshi kurashish markazi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi mutasaddi vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan 2030-yilga borib OIV epidemiyasiga barham berish uchun “95-95-95” strategiyasi olgʻa surilgan boʻlib, uning doirasida OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxslarning 95 foizi oʻzining OIV statusini yaʼni organizmida OIV mavjudligini bilishi, 95 foiz OIV yuqtirib olganlar maxsus davolash kurslari (RQT) bilan qamrab olinishlari hamda 95 foizi qonida virus yuklamasi aniqlanmaydigan darajaga tushishiga erishish maqsadi belgilangan.
Shuni alohida taʼkidlash lozimki, OIV infeksiyasi bilan kasallangan bemorning qonida virus yuklamasi aniqlanmaydigan darajaga tushishiga erishilsa, uning kasallik yuqtirishi cheklanadi va atrofdagilar uchun xavfli hisoblanmaydi, yaʼni bu kasallikni boshqalarga yuqtirish xavfi kamayadi. Bu maqsadlarga erishish uchun respublikamizda 177 ming nafardan ortiq aholi oʻrtasida Ekspress test bilan OIVga tezkor tekshiruvlar oʻtkazildi. Ushbu maqsadda respublika byudjeti va mahalliy mablagʻlardan ekspress testlar xarid etilgan.
Tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasida OITSga qarshi kurashish markazi direktori B.Igamberdiyev “Oʻzbekiston Respublikasida OIV boʻyicha vaziyat, amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalar”, UNAIDS ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Charos Maksudova “Dunyoda, Sharqiy Yevropada va Markaziy Osiyo mintaqasida OIV boʻyicha epidemik vaziyat”, Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyot dasturi, sogʻliqni saqlash koordinatori Akmal Maxamatov “Oʻzbekiston Respublikasida OIV boʻyicha elektron kuzatuv axborot tizimining amaliyotga tadbiq etishi”, Xalqaro Muruvvat Tashkiloti “Chegara bilmas shifokorlar”, tibbiyot referenti Nazgul Samiyeva “OIVga tekshiruvdan oʻtish va davolanish boʻyicha imkoniyatlarni kengaytirish” maʼruzalari bilan qatnashishdi.
Anjumanda Davlat byudjeti hamda OITS, bezgak va silga qarshi kurash boʻyicha Global jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qariyb 7 million AQSH dollari miqdorida retrovirusga qarshi dori vositalari xarid qilinib, 40 ming nafardan ortiq bemor virusga qarshi terapiya bilan qamrab olingani taʼkidlab oʻtildi.
Respublika OITSga qarshi kurash markazi hamda FHDYO organlari axborot tizimi integratsiya qilindi. Ushbu tizim orqali nikohlanuvchilarning OIVga tibbiy tekshiruv jarayoni qulay va sodda holatga olib kelindi. OIV boʻyicha Elektron axborot tizimi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasining elektron bazasi bilan integratsiya qilinib, hozirgi kunda OIV infeksiyasi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarga nafaqa avtomatik tarzda belgilanib, ularning nafaqa olishida yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarga (hujjat toʻplash jarayoni) chek qoʻyildi.
Ushbu infeksiya bilan yashovchi onalardan tugʻilgan bolalarga OIVning vertikal yoʻl bilan yuqishining oldini olish maqsadida homilador ayollarni infeksiyaga tekshirishlar 100 foiz qamrab olinmoqda. OIV aniqlangan holatda, homilador dispanser hisobiga olinib, retrovirusga qarshi dori vositalari beriladi. Homiladorlik davridagi immunologik koʻrsatkichlar va virus yuklamasi laboratoriyada tekshirib borilib, tugʻruq kesar kesish usulida amalga oshiriladi. Homilador qonida virus yuklamasiga (miqdori) koʻra tugʻruq tabiiy yoʻl bilan ham aamlga oshirilishi mumkin. Tugʻilgan bolaga profilaktika maqsadida retrovirusga qarshi dori vositalari beriladi. Bundan tashqari, OIV infeksiyali onalardan tugʻilgan 700 nafardan ortiq bola olti oylik boʻlguncha quruq sut aralashmalari bilan taʼminlanmoqda. Amalga oshirilayotgan tadbirlar natijasida OIV infeksiyasini onadan bolaga yuqishini bartaraf etishga erishish asosiy maqsad qilib qoʻyilgan.
Respublika OITSga qarshi kurashish markazi va “Chegara bilmas shifokorlar” Xalqaro muruvvat tashkiloti bilan oʻzaro hamkorlikda yoʻlga qoʻyilgan “Mobil laboratoriya” joriy yilning oʻtgan 10 oyi davomida Toshkent shaxar va viloyati hududlarida jami 164 ta chiqishlarni amalga oshirildi. Ushbu chiqishlar davomida jami 5551 nafar fuqarolar (asosan ichki migrantlar) OIV, VGS va sifilisga tibbiy tekshiruvdan oʻtkazildi. Oʻtkazilgan tibbiy tekshiruv natijalariga koʻra jami 437 nafar shaxslarda (41 nafarida OIV, 302 nafarida VGS va 94 nafarida sifilis) musbat natija qayd etildi (tekshirilgan shaxslar soniga nisbatan aniqlanish koʻrsatkichi 7.9%). Ushbu aniqlangan musbat natijali shaxslarning barchasi bilan navbatdagi diagnostik tekshiruvlar va davolash ishlari olib borilishi uchun tegishliligi boʻyicha yoʻllanmalar berildi.
Bu kabi tizimli ishlar davom ettirilmoqda.
Anjumanda soʻngida ommaviy axborot vositalari vakillari oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.
O‘zbekiston Prezidenti maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Maslahatchining joriy yilgi faoliyatining asosiy yo'nalishlari ko'rib chiqildi.Mamlakatimiz investitsiyaviy salohiyatini xalqaro maydonda yanada ilgari surish, O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayonini yakunlash bo'yicha amaliy choralar ko'rish, xorijdagi yetakchi ta'lim muassasalarida davlat xizmatchilarining malakasini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.Bo'lajak O'zbekiston investitsiya salohiyati 'roud-shousi' va Toshkent xalqaro investitsiya forumini yetak
Andijonda yuk mashinasi yonib ketdi
Andijon viloyatida 'Zil' rusumli yuk transport vositasi yonib chiqdi. Bu haqda viloyat IIB JXX Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 19-mart kuni soat 22:00 lar atrofida Asaka tumani 'Navoiy' MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan.1994-yilda tugʻilgan haydovchi U.Sh. oʻzining boshqaruvida boʻlgan 'Zil-130' rusumli yuk transport vositasini 'A-373 Toshkent-Oʻsh yoʻlining Shahrixon' yoʻnalishi boʻylab bosh
16-aprel kuni ayrim hududlarda momaqaldiroq boʻlishi, yomgʻir yogʻishi kutilmoqda
Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-14 daraja, kunduzi 22-24 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlik
Davlat xaridlarida kooperatsiya aloqalari uchun shaffof tizim yaratiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarori bilan 'Korporativ buyurtmachilarning tadbirkorlik subyektlari bilan kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish va ushbu jarayonda davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi' nizom tasdiqlandi.Ushbu hujjat davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik mexanizmlarini belgilaydi va bu jarayonni yaxlit hamda shaffof shaklda tashkil etishga qaratilgan.Nizomga koʻra, korporativ buyurtmachilar tadbirkorlik suby