112 ta raqobatga qarshi hujjatlar bekor qilinishi taʼminlandi


Foto: “Xalq soʻzi”
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi axborot xizmati rahbari Otabek Usmanov maʼlum qildi.
Respublika boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruvi organlarining qabul qilgan jami 165 607 ta (ex-post) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlari raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik normalariga muvofiqligi yuzasidan xatlovdan oʻtkazildi. Shundan, 595 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan.
Vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalarida oʻtkazilgan oʻrganishlar tahlil qilinganda Sogʻliqni saqlash boshqarmalari 11 ta, Oʻrmon xoʻjaligi boshqarmalari 6 ta, Madaniyat hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari tomonidan 2 ta holatda monopoliyaga qarshi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishiga yoʻl qoʻyilgan.
Hududlar kesimida qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻyilgan yuqori koʻrsatgichlar Qoraqalpogʻiston Respublikasida 112 ta, Xorazm viloyatida 102 ta, Jizzax viloyatida 83 ta, Samarqand viloyatida 53 ta, Qashqadaryo viloyatida 46 ta va Sirdaryo viloyatida 37 ta holatni tashkil etadi.
Vengriya Xalqaro jinoiy sud tarkibidan chiqmoqda
Vengriya Xalqaro jinoiy sud (XJS)dan chiqadi. Bu haqda Vengriya bosh vaziri maʼmuriyati rahbari Gergey Guyyash maʼlum qildi. Tegishli qaror mamlakat hukumati tomonidan qabul qilingan.Uning soʻzlariga koʻra, Vengriya konstitutsiyasi va xalqaro huquqiy bazaga muvofiq vakolatlarni tugatish tartibi 3-apreldan mamlakat vazirlar mahkamasi tomonidan boshlanadi.Shu yilning 3-aprel kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Vengriyaga kelgani maʼlum boʻldi. 2024-yilning 21-noyabrida Xalqaro jinoiy
Buyuk Britaniya yangi radiotoʻlqinli qurolni sinovdan oʻtkazdi
Buyuk Britaniya yangi radiotoʻlqinli qurolni muvaffaqiyat sinovdan oʻtkazdi. Mamlakat Mudofaa vazirligi tomonidan maʼlum qilinishicha, ushbu qurol dronlar toʻdasini bir zumda zararsizlantirishi mumkin.'Urush tabiati oʻzgarganda, bu qurollar dron tahdidlaridan himoyalanish imkoniyatiga ega', ' deyiladi vazirlik bayonotida. Qayd etilishicha, bu qurol yoʻnaltirilgan radiochastota energiya qurolining bir turi hisoblanadi.Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, radiotoʻlqinli qurollar sohasida tadqiq
AQSH Kongressida Trampga iqtisodiyotni oʻrganishi maslahat berildi
AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati XXI asr iqtisodiyoti haqida tushunchaga ega emas. Bu haqda kaliforniyalik demokrat kongressmen Ro Xanna aytib oʻtdi.'Men ularda XIX asrning MakKinli (Uilyam MakKinli AQSHning 25-prezidenti ' tahr.) siyosati borligini tushunaman, lekin ular XXI asr iqtisodiyotini tushunish kerak', ' deydi siyosatchi.Shuningdek, u Oq uyning mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish tashabbusi allaqachon barbod boʻlayotganini taʼkidladi. Bunga misol sifatida Xanna Tramp
2024-yilda qurol-yarogʻ xaridi boʻyicha yetakchi davlatlarning nomi maʼlum qilindi
2024-yilda eng yirik qurol sotib oluvchi davlatlar reytingini Polsha, Ruminiya va Hindiston boshqargan. Bu haqda Jahon qurol savdosini tahlil qilish markazi xabar berdi.Markaz maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yili Polsha qurol-yarogʻ uchun 15,625 milliard dollar sarflagan, bu umumiy xaridlarning 12,8 foizini tashkil qilgan. Ruminiyaning xarajatlari 10,251 milliard (8,40 foiz), Hindistonniki esa 9,410 milliard dollarni (7,71 foiz) tashkil etdi.Reytingning yuqori oʻrinlaridan, shuningdek, Isroil