calendar 30 Oct 13:23
eye 59
comments 0
comments Manba: xs

Noqonuniy ishdan boʻshatilgan 4 nafar murojaatchi ishga tiklandi — Ombudsman

image

Иллюстратив фото

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ga 4 nafar fuqaro Kadastr agentligining Jizzax viloyat boshqarmasidan asossiz ishdan boʻshatilganliklari sababli ishga tiklashda yordam soʻrab murojaat qilishdi.

Ushbu murojaat Ombudsman nazoratiga olinib, holatni joyiga chiqib oʻrganish  uchun Ombudsmanning Jizzax viloyatidagi mintaqaviy vakili Oʻtkir Joʻrayevga yuborildi. Holat Jizzax viloyat kambagʻallikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat nazorat inspeksiyasi xodimlari bilan oʻrganilganda aniqlanishicha, 4 nafar murojaatchi ish joyida shtatlar qisqartirilganligi vaji bilan ishdan boʻshatilgan, lekin, bu jarayon mehnat qonunchiligiga muvofiq amalga oshirilmagan.

Shundan soʻng, murojaatchilarni ishga tiklash va oylik maoshi hamda maʼnaviy zararlarni undirish boʻyicha fuqarolar manfaatida sudga daʼvo ariza kiritildi.

Fuqarolik ishlari boʻyicha Jizzax tumnalararo sudining tegishli hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirildi. 4 nafar murojaatchi oldingi egallab turgan lavozimlari uchun boʻsh shtatlar mavjud emasligi sababli, ularga tenglashtirilgan va yuqori boʻlgan vazifalarga tiklandi. Shuningdek, ularning har biriga oʻrtacha 15 mln soʻmga yaqin oylik ish haqlari hamda 6 mln soʻmdan maʼnaviy zarar, jami  83 mln soʻmga yaqin summa undirildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Apr 08:33
 
18
0
xs.uz

Muddatli harbiy xizmatchilar Vatanga qasamyod qildi

Bugun, 20-aprel kuni Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism va muassasalarida tantanali ravishda harbiy xizmatga yangi chaqirilgan muddatli harbiy xizmatchilarni Vatanga qasamyod keltirish marosimi o'tkazildi.Xususan, poytaxtimizdagi 'Vatanga qasamyod' majmuasida o'tkazilgan marosimda mudofaa vazirining birinchi o'rinbosari, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig'i general-mayor Zaynobiddin'Iminov yig'ilganlar e'tiboriga mudofaa vazirining askarlarga tabrigini o'qib eshittirdi. Shuningdek, Mudofa

12 Apr 21:14
 
35
0
xs.uz

Fargʻonada “Moskvich” kanalga tushib ketdi (+video)

Bugun, 12-aprel kuni Fargʻona viloyati Yozyovon tumani hududidan oqib oʻtuvchi kanalga 'Moskvich' rusumli avtomobil haydovchining boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida tushib ketgan.Mazkur holat yuzasidan Fargʻona viloyati FVBga '112' qisqa raqami orqali amaliy yordam kerakligi toʻgʻrisida murojaat kelib tushgan.Murojaatga asosan, hududiy Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borgan va ularning tezkor harakatlari natijasida avtotransport vositasi suvdan chiqari

14 Apr 06:18
 
34
0
xs.uz

IIB qidiruvidagi shaxs Navoiyda qoʻlga olindi

Firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, qidiruv eʼlon qilingan shaxs Navoiy viloyatida qoʻlga olindi. Bu haqda Buxoro viloyat IIB xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Gʻijduvon tumani 'Zarangari' mahallasida roʻyxatda turuvchi T.Y. ismli fuqaro muqaddam Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashiringan. Shundan soʻng unga nisbatan tuman IIB qidiruv eʼlon qilgan.Buxoro viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiru

20 Mar 12:53
 
59
0
xs.uz

Mamlakatdan noqonuniy olib chiqilayotgan katta miqdordagi valyuta toʻxtatib qolindi

Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona idoralari tomonidan Toshkent viloyati, Toshkent tumani hududida joylashgan 'Navoiy' chegara-bojxona postida tezkor tadbir oʻtkazildi. Ushbu tadbir davomida mamlakatdan noqonuniy tarzda yirik miqdordagi xorijiy valyutani olib chiqish holati fosh etildi.Tekshiruv davomida qoʻshni davlat tomon harakatlanayotgan 'Lacetti' rusumli avtomashina toʻxtatildi. Mashinani koʻzdan kechirish jarayonida unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Toshkent tumanida yashovchi 19