calendar 01 Oct 18:26
eye 35
comments 0
comments Manba: xs

Oʻzbekiston Prezidenti “Power International Holding” bilan keng koʻlamli sheriklikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatladi

image

Foto: Prezident Matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-oktyabr kuni Doha shahrida oʻziga ajratilgan qarorgohda “Power International Holding” kompaniyasi boshqaruvi raisi Mutaz al-Hayyatni qabul qildi.

“Power International” – dunyoning 19 ta mamlakatida energetika, neft-kimyo, sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport infratuzilmasi, sogʻliqni saqlash, turizm kabi sohalarda faol ish olib borayotgan Qatarning eng yirik milliy xoldingi. Yaqin Sharqdagi yetakchi koʻp tarmoqli kompaniyalardan biridir.

Bugun ushbu kompaniya bilan hamkorlikda Jizzax viloyatida kelgusida mintaqaning eng katta agrosanoat majmuasi boʻladigan zamonaviy chorvachilik klasteri qurilmoqda.

Mamlakatimizda yuqori tezlikda harakatlanishga moʻljallangan avtomobil magistralini barpo etish, ammiak va karbamid ishlab chiqarish hajmini oshirish, ishbilarmonlik va mehmonxona infratuzilmasi, sogʻliqni saqlash obyektlarini tashkil etish istiqbolli loyihalar sifatida qayd etildi.

Qatar tomoni tez orada xolding Oʻzbekistonda oʻz ofisini ochishini maʼlum qildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Mar 08:54
 
65
0
xs.uz

AQSh yetakchisi ham Oʻzbekiston Prezidentiga tabrik yoʻlladi

Shavkat Mirziyoyev Janobi OliylarigaMuhtaram Prezident janoblari!Amerika Qo'shma Shtatlari halqi nomidan Sizni va butun O'zbekiston halqini ajoyib Navro'z ayyomi bilan tabriklayman. Bu barcha uchun tinchlik, farovonlik va yangilanish bayramidir.Mamlakatlarimiz o'rtasida mustahkam rishtalar o'rnatilayotganligini yuksak qadrlayman va Sizning izchil islohotlar dasturingizni olqishlayman. Savdo aloqalarimizni kengaytirish va zamonamizning eng yirik muammolarini hal etish yo'lida hamkorlik qilishni i

15 Apr 07:05
 
33
0
xs.uz

Qashqadaryoda molxonasiga kannabis ekkan shaxs ushlandi

Qashqadaryoda viloyat IIB va Koson tumani IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirda'ogʻu shaydosining kirdikorlari fosh etildi, deb'xabar bermoqda'viloyat Ichki ishlar boshqarmasi.Maʼlum qilinishicha, tumanning Saripul mahallasida yashovchi A.J. molxonasida togʻoraga 22 tup kannabis giyohvandlik oʻsimligini parvarishlab kelgani aniqlangan.'Nam holdagi kannabis oʻsimligining ogʻirligi 35,7 gramm chiqdi', deb yozadi IBB axborot xizmati.Hozirda mazkur holat yuzasidan Koson tum

20 Mar 12:53
 
52
0
xs.uz

Jizzaxdagi ayanchli YTHda 3 kishi halok boʻldi, yana 13 kishi shifoxonada qolmoqda

Jizzaxda yuk mashinasi va mikroavtobus toʻqnashuvi oqibatida 3 kishi halok boʻldi, yana 13 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Viloyat YHXB hodisa yuzasidan'maʼlumot berdi, biroq axborotda fuqarolar oʻlimi bilan bogʻliq hech qanday gap aytilmagan.Bildirilishicha, voqea joriy yilning 18-mart kuni Jizzax shahri 'Nurliobod' mahallasi hududidan oʻtuvchi xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan A-376 'Qoʻqon-Jizzax' avtomobil yoʻlining 151-kilometrida sodir boʻlgan. Harakatlanib kelayotgan yuk mashinasi o

04 Apr 16:19
 
49
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Pokiston parlamentlararo aloqalari mustahkamlanmoqda

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqlarning 150-yubiley assambleyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Pokiston Islom Respublikasi parlamenti Senati Raisi Yusuf Rizo Gʻiloni boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Uchrashuvda Oʻzbekiston va Pokiston parlamentlararo munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.Tomonlar ikki davlat parlamentlaridagi doʻstlik guruhlari faoliyatini kuchaytirish, qonun ijodkorligi boʻyicha tajri