Dunyo voqealari qisqa satrlarda: Tog'li Qorabog' Respublikasi endi bo'lmaydi, Dog'istonda politsiyachi otishma qurboni, Volkswagen elektromobillar chiqarishni to'xtatdi

🔸 ШOT: Tog'li Qorabog' Respublikasi 2024 yil 1 yanvardan o'z tugatiladi, barcha davlat institutlari yopiladi – tan olinmagan Tog'li Qorabog' Respublikasi rahbari Samvel Shahraman shundy hujjat imzolagan.
🔸 Dog'istonda otishma ro'y berdi. Ikki kishi, jumladan politsiyachi halok bo'lgan. Otishmada ishtirok etgan uchta shaxs qo'lga olingan.
🔸 KXDR "mintaqadagi barqarorlikni" himoya qilish hamda "rivojlanish huquqlarini kafolatlash" maqsadida mamlakat yadroviy kuchlarini "jadal rivojlantirish" borasida konstitutsiyaga o'zgartirishlarni maʻqulladi.
🔸 Vaqtincha bosib olingan Qrim asta-sekin Ukraina kuchlari nazoratiga o'tmoqda. Bu haqda telemarafon chog'ida Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak maʻlum qildi. Gap Kerch bo'g'ozini o't ochib olish va Qrim yarimorolidagi ruslarning ulkan ombor infratuzilmasini yo'q qilish haqida ketmoqda.
🔸 Bugun Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an raisligida Milliy xavfsizlik kengashi yig'ilishi bo'lib o'tadi. Yig'ilishda ilk bor Turkiya qurolli kuchlarining yangi tayinlangan qo'mondonlari ishtirok etib, Ozarbayjonning Qorabog'dagi muvaffaqiyatli aksilterror choralari va boshqa mintaqaviy tadbirlar muhokama qilinadi.
🔸 Shimoliy Koreya va Rossiya o'rtasida qurol-yarog' bo'yicha muzokaralar davom etmoqda. Qo'shma Shtatlar rasmiylariga ko'ra, Kim Chen In va Vladimir Putin o'rtasidagi uchrashuvda tomonlar qurol-yarog' yetkazish bo'yicha kelishishgan.
🔸 AQSh Isroil fuqarolari uchun viza rejimini bekor qildi.
🔸 AQSh Kongressi Vakillar palatasining demokratlar va respublikachilar partiyasi byudjyet loyihasiga Ukrainani moliyalashtirishni qisqartiruvchi uchta tuzatishni rad etgan.
Mamlakat Davlat departamenti va Mudofaa vazirligida Ukrainaga qurol yetkazib berish borasida turlicha nuqtai nazar shakllanmoqda. Davlat departamenti yangi qurollarni yetkazib berish imkoniyatlarini faol o'rganmoqda, Pentagon esa bunga "ehtiyotkorlik" bilan qaramoqda. Bunda Ukraina ehtiyojlari mojaroning kengayishi xavfini hisobga olgan holda ko'rib chiqilishi aytilmoqda.
🔸 Germaniyaning Volkswagen Group kompaniyasi talab kutilganidan past bo'lganligi sababli oktyabr oyida ikkita elektromobil modelini ishlab chiqarishni to'xtatadi. Sentyabr oyi o'rtalarida kompaniyaning Tsvikkaudagi zavodida talab pastligi sababli 269 nafar xodimni ishdan bo'shatgan edi.
AQSHda Putinning yozda Ukrainada gʻalaba qozonish rejalari oshkor qilindi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada 2025-yil yozida muzokaralarga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan jabhada gʻalaba qozonishini kutmoqda. Bu haqda CNN xabar bermoqda.Nashr mualliflarining yozishicha, Kreml AQSH prezidenti Donald Trampning amaldagi maʼmuriyatining qatʼiyatsizligini yaxshi biladi.Shu bilan birga, Putin 'Tramp oxir-oqibatda tishsiz va uni vaziyatni yumshatishdan bosh tortgani uchun samarali jazolamasligini tushunadi', deyiladi maqolada.Nashrning yozishicha, Putin Tram
Xitoy dunyodagi birinchi 10G internet tarmogʻini ishga tushirdi
Xitoyning Xebey provinsiyasidagi dunyodagi birinchi 10G keng polosali internet tarmogʻini ishga tushirildi. Bu haqda 'Mydrivers' portali'xabar berdi.Qayd etilishicha, 'Huawei' kompaniyasi va 'China Unicom' bilan hamkorligida ishga tushirilgan yangilangan tarmoq dunyodagi ilk 50G PON texnologiyasi asosida ishlaydi. U orqali har bir foydalanuvchi uchun internet tezligi anʼanaviy gigabit darajasidan 10G darajasigacha oshiriladi. Yaʼni yuklab olish ' 9834 Mbit/s, uzatish ' 1008 Mbit/s, kechikish
“Ijobiy va konstruktiv” — Tramp davrida birinchi Eron — AQSH muzokaralari qanday oʻtdi?
Eron va AQSH oʻrtasida Tehron yadro dasturi boʻyicha muzokaralarning birinchi raundi Oʻmonda boʻlib oʻtdi. Aytib oʻtish kerak, ikki davlat 2018-yildan buyon bu qadar yuqori darajada hamkorlik qilmagan edi.Har ikki tomon uchrashuvni konstruktiv deb atadi va joriy hafta muzokaralarning ikkinchi bosqichiga kelishib olganliklarini tasdiqladi. Qoʻshma Shtatlar 'toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa' mumkin boʻlgan kelishuvga erishishda muhim rol oʻynashini aytdi.Muzokarada Eron delegatsiyasiga ushbu
Afrikalik ayol Xalqaro Olimpiya qoʻmitasiga prezident etib saylandi
Yangi saylangan prezident XOQ tarixida prezident lavozimini egallagan birinchi ayol va Afrikaning birinchi vakili boʻldi. U 2025-yil 23-iyunda amaldagi rahbar Bax tomonidan vakolatlar topshirilgandan soʻng lavozimga kirishadi.'Men shunday harakat qilamanki, barchangiz bugun qabul qilgan qaroringizdan faxrlanasiz. Oldinda bizni koʻplab hamkorlikdagi ishlar kutmoqda. Bu saylov kurashi gʻoyat ajoyib boʻldi', degan Koventri sessiya ishtirokchilariga.Taʼkidlash joiz, Koventri suzish boʻyicha i