calendar 25 Sep 17:20
eye 70
comments 0
comments Manba: xs

Deputatlarning qizg‘in munozaralariga nima sabab bo‘ldi?

image

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida dastlab Prezidentimizning AQSHga tashrifi, BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida so‘zlagan nutqi, tadbir doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlari yetakchilari sammitida ishtiroki, xorijiy davlatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan o‘tkazgan uchrashuvlarining ahamiyati haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Mamlakatimiz xalqaro munosabatlarda faol tashqi siyosatni yo‘lga qo‘yayotgani va bu xalqaro hamjamiyat tomonidan chuqur e’tirof etilayotgani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbarining tarixiy nutqida ilgari surilgan taklif va tashabbuslardan kelib chiqib, partiya va uning fraksiyasi oldida turgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.

Shundan so‘ng, deputatlar “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qildilar.

Ushbu qonun loyihasi bilan Oliy Majlis palatalarining faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish, shuningdek, zamonaviy talablarga javob beradigan ixcham davlat boshqaruvini shakllantirish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, u bilan 13 ta qonun va 1 ta kodeksga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarlari soni 7 tadan 2 taga qisqartirilmoqda. Bunda Spikerning o‘rinbosarlari fraksiya a’zosi bo‘lishi mumkin emasligi hamda lavozimda bo‘lish davrida siyosiy partiyadagi a’zolikni to‘xtatib turishi belgilanmoqda.

Loyihadagi ushbu normalar fraksiya a’zolarining qizg‘in munozaralariga sabab bo‘ldi. Ayrim deputatlarning fikricha, fraksiya rahbarlarining hozirda Spiker o‘rinbosarlari lavozimida faoliyat yuritishlari keyinchalik ham qoldirilishi kerak va bu mas’uliyatni ta’minlaydi.

Qonun tashabbuskorlarining qayd etishicha esa Spiker o‘rinbosarlarining fraksiya a’zosi bo‘lishi mumkin emasligi, eng avvalo, ularning xolisligini ta’minlaydi, shu bilan birga, partiyalar, fraksiyalar mustaqilligini kafolatlab, ularning faoliyatini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Muhokamalar davomida deputatlar qonun loyihasi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini, takliflarini bildirdi. Loyihadagi ayrim normalar bo‘yicha turli savollar ko‘tarildi. Qizg‘in baxs-munozalardan so‘ng, qonun loyihasi fraksiya a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Yig‘ilishda kun tartibiga kiritilgan boshqa masalalar ham muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jun 03:47
 
128
0
xs.uz

Andijonda sifatsiz benzinni savdoga chiqargan “zapravka” aniqlandi

Andijonda sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan 'zapravka' aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi maʼlum qildi.Unga koʻra, inspeksiyaning viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Jalaquduq tumanida joylashgan 'B.K.' MCHJga qarashli AYOQSH tomonidan sotilayotgan AI-92 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifats

01 Jun 03:47
 
118
0
xs.uz

“Gʻalaba bogʻi”da mudofaa innovatsion texnologiyalari festivali oʻtkazildi—Fotoreportaj

'Gʻalaba bogʻi' yodgorlik majmuasi hududida mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivali tashkil etildi.Festival doirasida mudofaa sanoatiga oid zamonaviy qurol-yarogʻ va harbiy texnikalar, robototexnikalar, kimyo-texnologiyalari, kon-metallurgiya sohasi hamda harbiy va ikki xil maqsadlarga moʻljallangan mahsulotlar koʻrgazmasi namoyish etildi.Bundan tashqari, dasturlash va robototexnikaga qiziqadigan yoshlarimiz uchun ushbu festival oʻz gʻoyalarini roʻyobga chiqarish hamda so

31 May 08:49
 
38
0
xs.uz

Qashqadaryoda ikkita qishloqqa “Turizm qishlogʻi” maqomi berildi

Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Kitob tumanining Qaynar hamda Bashir qishloqlariga 'Turizm qishlogʻi' maqomi berildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda maqomni tasdiqlovchi sertifikatlar ushbu qishloqlar aholisiga tantanali tarzda topshirildi. Tadbirda Turizm qoʻmitasi, viloyat va tuman hokimliklari masʼullari, sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Unda'soʻzga chiqqanlar tomonidan taʼk

08 Jun 02:26
 
28
0
xs.uz

Toshkent va Pusan shaharlari oʻrtasida muntazam aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyildi

Janubiy Koreyaning Pusan shahriga 'Qanot Sharq' aviakompaniyasining ilk samolyoti kelib qoʻndi. Bu haqida 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Unda aytilishicha, 'Pusan-Toshkent' yoʻnalishi boʻyicha ilk parvoz arafasida aeroportda mazkur havo qatnovining tantanali ochilish marosim boʻlib oʻtgan. Mazkur ochilish marosimida Kimxe xalqaro aeroporti va 'Qanot Sharq' aviakompaniyasi vakillari ramziy qizil lentani kesib, 285 nafar yoʻlovchiga moʻljallangan birinchi reysga roʻyxatdan oʻtish j