calendar 22 Sep 22:27
eye 52
comments 0
comments Manba: xs

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qoldi

image

Iqtisodiyotdagi inflyasion jarayonlar biroz sekinlashishiga qaramasdan, ayrim mahsulot guruhlari narxlariga oshiruvchi bosimlar saqlanib qolmoqda. Joriy yilning avgust oyida inflyasion kutilmalarning ham o‘sishi kuzatildi.

Elektr va gaz tariflarini aholi uchun o‘zgarishsiz qoldirilayotganligi hisobiga inflyasiyaga ushbu guruhdan birlamchi ta’sirlar mavjud bo‘lmaydi. Biznes sub’yektlari uchun tariflar oshirilishining ikkilamchi ta’sirlari inflyasiyaning prognoz ko‘rsatkichlarida inobatga olingan doirada bo‘lishi kutilmoqda.

Amaldagi nisbatan qat’iy pul-kredit sharoitlarining davom ettirilishi daromadlarning o‘sishi ta’sirida yuzaga kelgan yalpi talab bosimini va inflyasiyani oshiruvchi omillarni pasaytirish orqali inflyasiyaning prognoz ko‘rsatkichlariga erishishga xizmat qiladi.

Yoz oylari boshidagi ma’lum pasayishdan so‘ng avgust oyida yillik inflyasiya 9 foizga teng bo‘ldi. Oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari guruhlarida inflyasiyaning deyarli o‘zgarmaganligi sharoitida xizmatlar sohasida narxlar o‘sishining 8,2 foizdan 8,5 foizgacha tezlashishi inflyasiya oshishining omillaridan bo‘ldi.

Bazaviy inflyasiya kutilganidan ko‘ra sekinroq sur’atda pasayib, yillik 10,7 foizni tashkil etdi. Ayni paytda, bazaviy inflyasiyaning pasayuvchi tendensiyasi barqaror tus olmoqda.

Aholining kelgusi 12 oy uchun inflyasion kutilmalari trend yo‘nalishini o‘zgartirib, 14,2 foizgacha ortdi. Tadbirkorlik sub’yektlarining kutilmalarida ham o‘xshash tendensiya kuzatilib, 14,4 foizga teng bo‘ldi. Respondentlar tomonidan kutilmalar o‘sishining asosiy omillari sifatida valyuta kursi o‘zgarishi, yoqilg‘i va energiya narxlarining oshishi kabi omillar ta’kidlangan.

Global inflyasiya, asosan, energiya resurslari va xomashyolar narxlarining barqarorlashuvi ta’sirida sekinlashmoqda. Shu bilan birga, ko‘plab mamlakatlarda bazaviy inflyasiya sezilarli darajada yuqori va barqaror bo‘lib qolmoqda. Mehnat bozoridagi qat’iylik ish haqlari oshishiga sabab bo‘lib, xizmatlar sohasida doimiy inflyasion bosimni yuzaga keltirmoqda.

Savdo hamkorlardagi iqtisodiy vaziyat valyuta kurslaridagi devalvasion jarayonlar va xomashyolar narxlari dinamikasi ta’sirida shakllanmoqda.

So‘m almashuv kursining avgust oyidagi to‘g‘rilanishi real samarali almashuv kursida ham aks etib, uzoq muddatli trendiga qarab og‘a boshladi. Yil oxirigacha ushbu dinamikani keskin o‘zgartiruvchi omillar kutilmayapti.

Joriy yilning yanvar-iyul oylaridagi so‘nggi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘rsatilayotgan xizmatlar, sanoat ishlab chiqarish va chakana savdo hajmida barqaror o‘sish kuzatildi.

Iqtisodiy faollikning muqobil ko‘rsatkichlari iqtisodiyotda yalpi talabning yuqori sur’atlarda shakllanganligini tasdiqlamoqda. Joriy yilning yanvar-avgust oylarida ko‘chmas mulk oldi-sotdi bitimlari soni 7,7 foizga oshdi. Iqtisodiyotga kredit qo‘yilmalarining yillik
1,3 barobarga o‘sishi ham iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlovchi omillardan bo‘lib qolmoqda.

Naqd pul tushumlarining umumiy hajmi yanvar-avgust oylarida 30,4 foizga, savdo va pullik xizmatlardan tushumlar 27,7 foizga ko‘paydi. Shu bilan birga, transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi, 2021 yil ko‘rsatkichlariga nisbatan sezilarli o‘sishni saqlagan holda, yuqori baza effekti hisobiga teskari tendensiyani namoyon etib, o‘tgan yilga nisbatan 32,4 foizga pasaydi.

Markaziy bank asosiy stavkasining o‘zgarishsiz qolishi va uning pul bozoriga transmissiyasi, qisqa muddatli likvidlik narxining real hisobda 3-4 foizlik ijobiy darajada shakllanishiga va shu orqali “nisbatan qat’iy” pul-kredit sharoitlarini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Ijobiy real foiz stavkalari depozitlar bozorida faollikni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda. Avgust oyida aholining milliy valyutadagi muddatli depozitlari bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkalari 21,7 foizni, yuridik shaxslarniki esa 17,1 foizni tashkil etdi.

Natijada, 1 sentyabr holatiga milliy valyutadagi muddatli depozitlarning yillik o‘sishi 48,3 foizga, shu jumladan, aholi omonatlari bo‘yicha 53,5 foizga teng bo‘ldi.

Joriy ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda yil yakuniga qadar inflyasiya darajasi 8,5-9,5 foizlik prognoz koridori doirasida bo‘lishi kutilmoqda.

Ayni paytda, fiskal rag‘batlantirishlar, daromadlar va chakana kreditlarning o‘sishi ta’sirida yalpi talabning yanada oshishi prognoz davrida narxlarga oshiruvchi omil sifatida qaralmoqda.

Avgust oyi inflyasion kutilmalari va sezilgan inflyasiyaning yuqori bo‘lganligi ham narxlarni shakllanish jarayonlari ko‘p jihatdan joriy tendensiyalardan kelib chiqayotganligi va prognoz ko‘rsatkich bilan to‘liq jilovlanmaganligini ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, chakana kreditlash yo‘nalishlarida aholiga ajratilayotgan kreditlar o‘sish ko‘rsatkichlarining yuqori bo‘layotganligi ushbu segmentda qarz yuki va ichki talabga ta’siri nuqtai nazaridan xavotirlarni kuchaytirmoqda.

Asosiy stavkaning joriy darajada o‘zgarishsiz qoldirilishi, inflyasiyaning yil yakuniga qadar prognoz doirasida shakllanishi uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratib boradi va narxlarga monetar omillarning ta’sirini oldini olish uchun zaruriy chora hisoblanadi.  

Markaziy bank pul-kredit sharoitlarining yalpi talab, narxlar va inflyasion kutilmalarga ta’sirini baholashda davom etadi. Ko‘rilayotgan chora-tadbirlar inflyasiyaning prognoz koridori doirasida shakllanishini ta’minlashga qaratiladi.

Markaziy bank Boshqaruvining asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi 2023 yil 26 oktyabrga belgilangan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
58
0
postda.uz

GʻAROYIB DARAXT

Italiyaning shimolida, Piyemont mintaqasida eng gʻayrioddiy daraxt oʻsadi. Bu daraxtning nomi Bialbero de Casorzo, bu “ikki karra Casorzo daraxti”degan maʼnoni anglatadi. Haqiqatan ham bir vaqtning oʻzida ikki xil oʻsimlik turidan iborat gʻaroyib daraxt.          Bu moʻjiza haqiqatan ham juda gʻayrioddiy koʻrinadi. Yuqorida gilos daraxti oʻsadi. U bahorda gullaydi va yozda meva beradi. Faqatgina farq shundaki, uning ildizlari toʻg

21 Apr 08:34
 
21
0
xs.uz

Xitoy dunyodagi birinchi 10G internet tarmogʻini ishga tushirdi

Xitoyning Xebey provinsiyasidagi dunyodagi birinchi 10G keng polosali internet tarmogʻini ishga tushirildi. Bu haqda 'Mydrivers' portali'xabar berdi.Qayd etilishicha, 'Huawei' kompaniyasi va 'China Unicom' bilan hamkorligida ishga tushirilgan yangilangan tarmoq dunyodagi ilk 50G PON texnologiyasi asosida ishlaydi. U orqali har bir foydalanuvchi uchun internet tezligi anʼanaviy gigabit darajasidan 10G darajasigacha oshiriladi. Yaʼni yuklab olish ' 9834 Mbit/s, uzatish ' 1008 Mbit/s, kechikish

15 Apr 07:06
 
43
0
xs.uz

“Ijobiy va konstruktiv” — Tramp davrida birinchi Eron — AQSH muzokaralari qanday oʻtdi?

Eron va AQSH oʻrtasida Tehron yadro dasturi boʻyicha muzokaralarning birinchi raundi Oʻmonda boʻlib oʻtdi. Aytib oʻtish kerak, ikki davlat 2018-yildan buyon bu qadar yuqori darajada hamkorlik qilmagan edi.Har ikki tomon uchrashuvni konstruktiv deb atadi va joriy hafta muzokaralarning ikkinchi bosqichiga kelishib olganliklarini tasdiqladi. Qoʻshma Shtatlar 'toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa' mumkin boʻlgan kelishuvga erishishda muhim rol oʻynashini aytdi.Muzokarada Eron delegatsiyasiga ushbu

22 Mar 08:54
 
58
0
xs.uz

Afrikalik ayol Xalqaro Olimpiya qoʻmitasiga prezident etib saylandi

Yangi saylangan prezident XOQ tarixida prezident lavozimini egallagan birinchi ayol va Afrikaning birinchi vakili boʻldi. U 2025-yil 23-iyunda amaldagi rahbar Bax tomonidan vakolatlar topshirilgandan soʻng lavozimga kirishadi.'Men shunday harakat qilamanki, barchangiz bugun qabul qilgan qaroringizdan faxrlanasiz. Oldinda bizni koʻplab hamkorlikdagi ishlar kutmoqda. Bu saylov kurashi gʻoyat ajoyib boʻldi', degan Koventri sessiya ishtirokchilariga.Taʼkidlash joiz, Koventri suzish boʻyicha i