Uzbekistan Airways va Lufthansa Technik AG o‘rtasidagi hamkorlikning 30 yilligi


Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Bugun, 13-sentabr kuni Uzbekistan Airways va havo kemalarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish sohasida jahon yetakchilaridan biri – Lufthansa Technik AG o‘rtasidagi samarali hamkorlikning 30 yilligi nishonlanmoqda. Ushbu qutlug‘ sanani nishonlash doirasida “Uzbekistan Airways Technics” hududida har ikki kompaniya vakillari ishtirokida tadbir tashkil etildi.
O‘ttiz yil avval “Uzbekistan Airways Technics” aviata’mirlash korxonasi mutaxassislari Lufthansa Technik AG bazasida tahsil olishgan. Yangi texnikani o‘zlashtirish va xalqaro sertifikatlar olish maqsadida ta’mirlash bo‘linmasini to‘liq qayta jihozlash boshlandi. Germaniya aviakorxonasi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik bugungi kunda katta samara bermoqda: UAT jahon standartlari darajasida havo kemalarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etmoqda. Ta’kidlash joizki, “Uzbekistan Airways Technics” MDH mamlakatlaridagi yirik ixtisoslashgan korxonalardan biri hisoblanadi.
“Biz Uzbekistan Airways Technics va Lufthansa Technics o‘rtasidagi hamkorlikni yuqori baholaymiz. 30 yillik hamjihat tariximiz davomida biz yuksak marralarga erishdik va hamkorligimizni yangi bosqichga olib chiqdik. Ammo mukammallikning chegarasi yo‘q, shuning uchun ham hamkorlikni rivojlantirishda davom etamiz va yangi maqsadlar sari intilamiz”, — dedi “Uzbekistan Airways Technics” MChJ direktori Marat Latipov.
Ta’kidlash joizki, Germaniya aviakompaniyasi bilan hamkorlik nafaqat mutaxassislar tayyorlash va ehtiyot qismlarni ta’mirlash, balki havo kemalarni ta’mirlash xizmatlari bozorini o‘rganish va Uzbekistan Airways Technics’ning mijozlar bazasini yaratishdan iborat edi. Natijada, 1997 yildan buyon va bugungi kungacha UAT jahon standartlari darajasida havo kemalariga texnik va ta’mirlash xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.
“Lufthansa Technik AG va Uzbekistan Airways o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyatini inkor etib bo‘lmaydi. 30 yildan beri davom etayotgani esa ko‘p narsadan dalolat beradi. Bugun biz bilan Germaniyalik hamkasblarimiz ushbu quvonchni baham ko‘rayotganidan juda xursandman. Shuni alohida ta’kidlashni istardimki, bu hamkorlik ikki tomon uchun ham manfaatli, – dedi “Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruvi raisi Shuxrat Xudaykulov.
Uzbekistan Airways Technics haqida:
“Uzbekistan Airways Techinics” MChJ Uzbekistan Airways AJning havo kemalar, dvigatellar va komponentlar texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash sohasida 98 yildan ortiq tajribaga ega tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Zamonaviy UAT majmuasi deyarli barcha turdagi Airbus va Boeing samolyotlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni amalga oshiradi.
Aviakorxonaning geografik jihatdan qulay joylashganligi, Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti hududiga tutash bo‘lganligi, har qanday klass havo kemasini qabul qilish, saqlash, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni amalga oshirishga imkon beradi.
Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
GʻAROYIB DARAXT
Italiyaning shimolida, Piyemont mintaqasida eng gʻayrioddiy daraxt oʻsadi. Bu daraxtning nomi Bialbero de Casorzo, bu “ikki karra Casorzo daraxti”degan maʼnoni anglatadi. Haqiqatan ham bir vaqtning oʻzida ikki xil oʻsimlik turidan iborat gʻaroyib daraxt. Bu moʻjiza haqiqatan ham juda gʻayrioddiy koʻrinadi. Yuqorida gilos daraxti oʻsadi. U bahorda gullaydi va yozda meva beradi. Faqatgina farq shundaki, uning ildizlari toʻg
Xitoy dunyodagi birinchi 10G internet tarmogʻini ishga tushirdi
Xitoyning Xebey provinsiyasidagi dunyodagi birinchi 10G keng polosali internet tarmogʻini ishga tushirildi. Bu haqda 'Mydrivers' portali'xabar berdi.Qayd etilishicha, 'Huawei' kompaniyasi va 'China Unicom' bilan hamkorligida ishga tushirilgan yangilangan tarmoq dunyodagi ilk 50G PON texnologiyasi asosida ishlaydi. U orqali har bir foydalanuvchi uchun internet tezligi anʼanaviy gigabit darajasidan 10G darajasigacha oshiriladi. Yaʼni yuklab olish ' 9834 Mbit/s, uzatish ' 1008 Mbit/s, kechikish
“Ijobiy va konstruktiv” — Tramp davrida birinchi Eron — AQSH muzokaralari qanday oʻtdi?
Eron va AQSH oʻrtasida Tehron yadro dasturi boʻyicha muzokaralarning birinchi raundi Oʻmonda boʻlib oʻtdi. Aytib oʻtish kerak, ikki davlat 2018-yildan buyon bu qadar yuqori darajada hamkorlik qilmagan edi.Har ikki tomon uchrashuvni konstruktiv deb atadi va joriy hafta muzokaralarning ikkinchi bosqichiga kelishib olganliklarini tasdiqladi. Qoʻshma Shtatlar 'toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa' mumkin boʻlgan kelishuvga erishishda muhim rol oʻynashini aytdi.Muzokarada Eron delegatsiyasiga ushbu
Afrikalik ayol Xalqaro Olimpiya qoʻmitasiga prezident etib saylandi
Yangi saylangan prezident XOQ tarixida prezident lavozimini egallagan birinchi ayol va Afrikaning birinchi vakili boʻldi. U 2025-yil 23-iyunda amaldagi rahbar Bax tomonidan vakolatlar topshirilgandan soʻng lavozimga kirishadi.'Men shunday harakat qilamanki, barchangiz bugun qabul qilgan qaroringizdan faxrlanasiz. Oldinda bizni koʻplab hamkorlikdagi ishlar kutmoqda. Bu saylov kurashi gʻoyat ajoyib boʻldi', degan Koventri sessiya ishtirokchilariga.Taʼkidlash joiz, Koventri suzish boʻyicha i