
Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Joriy yilning 27 iyun kuni Oliy Majlis Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda senatorlar, vazirlik va idoralar mas’ullari, ekspertlar, shuningdek xalq deputatlari mahalliy kengashlari doimiy komissiya raislari, Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarma boshliqlari hamda Yoshlar parlamenti a’zolari ishtirok etdi.
Senatorlar dastlab Senatning navbatdagi yalpi majlisida muhokama etilishi rejalashtirilayotgan masalalarni ko‘rib chiqdi.
Ta’kidlanganidek, respublikamizda volontyorlik faoliyatini yanada rag‘batlantirish, davlat organlarining volontyorlik faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlar bilan hamkorligini kuchaytirish, ijtimoiy vazifalarni hal etishda volontyorlarga ko‘maklashish, ularning xizmatlarini e’tirof etish hamda taqdirlash mexanizmlarini takomillashtirishni taqozo etadi.
Qo‘mita majlisda muhokama qilingan “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun ana shu maqsadda ishlab chiqilgan.
Qonunga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga volontyorlik faoliyati sohasidagi davlat maqsadli dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ularning bajarilishini ta’minlash, shuningdek, ushbu sohadagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish bo‘yicha vakolatlar berilishini nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Bundan tashqari, ushbu Qonun bilan Yoshlar ishlari agentligini volontyorlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi sifatida belgilash, uning mazkur sohadagi vakolatlarini aniqlashtirish, shuningdek, davlat boshqaruvi organlarining volontyorlikni qo‘llab-quvvatlash va unga ko‘maklashish bo‘yicha vakolatlarini aniq belgilash nazarda tutilmoqda.
Qonun muhokamasi jarayonida Senat a’zolari yurtimizdagi volontyor yoshlar, volontyorlik guruhlari, tashkilotlari faoliyatini keng targ‘ib qilish, saflarini kengaytirish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qanday choralar ko‘rilayotgani, volontyorlik faoliyati yuzasidan maqsadli davlat dasturlari ishlab chiqilgani, ular qanday natijalar berayotgani, korporativ volontyorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar hamda aniq maqsad va rejalar mavjudligi bilan ham qiziqdilar.
Muhokama yakuni bo‘yicha Qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.
“Ustimdan asossiz ariza berilgan”. Rasul Kusherbayev Yangiyoʻl tuman IIBda asossiz ushlab turilganini aytmoqda
Ekologiya vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev Yangiyoʻl tumani ichki ishlar boʻlimiga chaqirilgani, ish uchun ahamiyati boʻlmasa-da mobil telefoni olib qoʻyilganini bildirib, Telegram kanalida murojaat'eʼlon qildi.Uning maʼlum qilishicha, kecha, 19-aprel kuni maslahatlashish 'bahonasida' Yangiyoʻl tumani Ichki ishlar boʻlimiga chaqirilgan va u yerda bir necha soat ushlab turilgan.'Yashash joyim ham, propiskam ham Yangiyoʻlda emas. Biroq nega Yangiyoʻl IIB bu ish bilan shugʻullanayo
Toshkentda mast erkak pichoq bilan odamlarga tashlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda bir erkak qoʻlida pichoq koʻtargancha fuqarolarga hujum qilgani aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan poytaxt IIB rasmiy'munosabat bildirdi.Qayd etilishicha, joriy yilning 18-aprel kuni taxminan soat 19:40 larda Shayxontohur tumani Sebzor koʻchasida joylashgan avtoturargohlardan birida oʻrnatilgan 'tashvish tugmasi' bosilganligi haqida Toshkent shahar IIBB Qoʻriqlash boshqarmasiga xabar kelib tushgan.Zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan IIO xodimlari tom
Jizzaxdagi ayanchli YTHda 3 kishi halok boʻldi, yana 13 kishi shifoxonada qolmoqda
Jizzaxda yuk mashinasi va mikroavtobus toʻqnashuvi oqibatida 3 kishi halok boʻldi, yana 13 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Viloyat YHXB hodisa yuzasidan'maʼlumot berdi, biroq axborotda fuqarolar oʻlimi bilan bogʻliq hech qanday gap aytilmagan.Bildirilishicha, voqea joriy yilning 18-mart kuni Jizzax shahri 'Nurliobod' mahallasi hududidan oʻtuvchi xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan A-376 'Qoʻqon-Jizzax' avtomobil yoʻlining 151-kilometrida sodir boʻlgan. Harakatlanib kelayotgan yuk mashinasi o
Yangi hafta avvalida qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi
'Oʻzgidromet' 21-23-aprel kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-aprelda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 21-aprelda 22-27 daraja, 22-23-aprelda 24-29 daraja boʻladi.Buxoro'va'Navoiy'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7