calendar 07 Jun 11:21
eye 54
comments 0
comments Manba: xs

“Onaizor faryodi Arshni kuydirgusidur” yoki bandini zindondan ozod etgan xattot haqida eshitganmisiz?

image

Foto: “Xalq soʻzi”

Rivoyatlardan birida aytilishicha, Buxoro hukmdori oilada yakka-yolgʻiz farzand boʻlgan bir yigitni arzimas gunoh sabab zindonga tashlaydi. ”Qaysi bir mirzo shu bandini ozod etish uchun ariza yozib bersa, qoʻli kesiladi”, deya amr-u farmon ham beradi.

Mahbusning onaizori uchramagan mirzo qolmaydi. Hamma hukmdordan qoʻrqqanidan unga rad javobi beradi. Shoʻrlik onaning soʻnggi umidi xattot Domlo Bobobek edi. Shu xattotning huzuriga iltijo qilib boradi. Voqeadan xabar topgan xattotning yaqinlari, shogirdlari “Bu ayolga arznoma yozib bermang, aks holda hukmdor qoʻllaringizni chopib tashlashga buyruq beradi”, deb uning hayotidan xavotirga tushadilar.

Ammo Domlo Bobobek qatʼiyatli, toʻgʻrisoʻz, mard inson edi. Onaizorning toshni ham eritib yuboradigan nolalarini tinglar ekan, darhol qoʻliga qalamni oladi. Arznoma yozib beradi. Xat hukmdorning qoʻliga yetib boradi.

Husnixatning juda chiroyliligi, oʻziga ohanrabodek tortishidan hayratlangan hukmdor beixtiyor “Ie, bu maktub Domlo Bobobek hazratlariniki –ku!” deb yuboradi. Arznomadagi “Saharda onaizorning nolasidan oʻzingni xalos et, Onaizor faryodi arshni kuydirgusidur,” degan dastlabki satrlar hukmdorni shashtidan tushiradi. Yigitni zindondan ozod etadi.

—Bu bir rivoyat, lekin har bir rivoyat zamirida haqiqat yotadi,— deya mulohaza yuritadi buxorolik taniqli xattot Abdugʻafur Razzoq Buxoriy.— Tarixda oʻlimga hukm qilingan bandi xattotning chiroyli, jozibador, mazmunli xati bois ozod qilingan hollar uchragan. Domlo Bobobekka kelsak, u oʻz davrida mashhur xattot boʻlib yetishgan, oʻnlab shogirdlar tayyorlagan.

Buxoro davlat universiteti oʻqituvchisi, xattotlik va kitobat sanʼati bilimdoni Husen Joʻrayevning yozishicha, Domlo Bobobek taxminan 1741-yilda tugʻilgan. Otasidan adras toʻqishni oʻrgangan. Oʻz davrining mashhur kishilaridan xattotlik, musavvirlik, Sharq miniatyurasi sanʼati sir-asrorlari boʻyicha saboq olgan. Koʻplab mirzo, kotib yoki xattotlar kabi hukmdor saroyida yoki amir kutubxonasida ishlamagan. Butun umrini adrasboflik hunari, musavvirlik va xattotlikka bagʻishlagan. Ulugʻ ajdodlarimizdan biri, qomusiy bilimlar sohibi Ahmad Donish ham uning shogirdlaridan biri sanaladi. Arabiy yozuv-nastaʼliq xatini sanʼat darajasiga koʻtargan Domlo Bobobek aytishlaricha, 120-yil umr koʻrgan.

Istam IBROHIMOV,

  (“Xalq soʻzi”).


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Mar 16:43
 
48
0
xs.uz

Ertaga qay darajada issiq boʻladi? “Oʻzgidromet” ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi

'Oʻzgidromet' 23-mart kuni qanday ob-havo kuzatilishini maʼlum qildi.23-mart kuni Toshkentda havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-14, kunduzi 23-25 daraja iliq boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi, baʼzi tumanlarda kuchli boʻladi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metr

12 Apr 21:15
 
28
0
xs.uz

Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi

Hujjat bilan 2025/2026-yilgi isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamini qoʻshimcha moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida joriy yilning noyabr oyida quyidagi oilalarga 1 million soʻmdan bir martalik moddiy yordam ajratiladi:Bunda 'mahalla yettiligi' tomonidan qoʻshimcha roʻyxat shakllantirilishida birinchi navbatda, boquvchisini yoʻqotgan oilalar, aʼzolari I yoki II guruh nogironi boʻlgan shaxslardan iborat boʻlgan oilalar, nogironligi boʻlgan bolalarni parvarishlayotgan o

22 Mar 08:54
 
60
0
xs.uz

Rossiya Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Navroʻz bilan tabrikladi

O'zbekiston Respublikasi PrezidentiShavkat Mirziyoyev Janobi OliylarigaHurmatli Shavkat Miromonovich!Bahor ayyomi Navro'z munosabati bilan eng samimiy tabriklarimni qabul qilgaysiz.Rossiya-O'zbekiston munosabatlari strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Birgalikdagi sa'y-harakatlarimiz bilan o'zaro manfaatli ikki tomonlama aloqalarni bundan buyon ham do'st xalqlarimiz farovonligi, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash yo'lida faol rivojlant

15 Apr 07:05
 
32
0
xs.uz

Serjantlar “Vatanga qasamyod” qilishdi

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Bojxona qo'mitasi Raisi o'rinbosari O.Choriyev, O'zbekiston bojxona xizmati faxriylari, Bojxona organlari huzuridagi Jamoatchilik kengashi a'zolari, tegishli mas'ullar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.Tadbirda so'zga chiqqanlar tomonidan hozirgi kunda bojxona organlariga bilimli va malakali kadrlarni jalb etish, ularning kasbiy mahoratlarini muntazam oshirib borishlari uchun barcha shart-sharoitlar mavjudligi, yosh xodimlar esa bunga ja