Oʻzbekiston 12 ta davlatga gilam sotgan

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-aprel oylarida 12 ta xorijiy davlatga qiymati 14,9 mln AQSH dollariga teng boʻlgan gilam eksport qilgan.

Gilam eksporti hajmi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,2 mln AQSH dollariga oshgan.

Oʻzbekiston eng koʻp gilam eksport qilgan asosiy davlatlar (AQSH dollarida):

— Qirgʻiz R. – 7,5 mln

— Tojikiston – 2,3 mln

— Ozarbayjon – 1,8 mln

— Rossiya – 1,5 mln

— Afgʻoniston – 1,1 mln

— Qozogʻiston – 436 ming.