calendar 30 May 12:21
eye 53
comments 0
comments Manba: xs

O‘zbekistonda 17ta turdagi monopoliya bekor qilinadi

image

Xususiylashtirish dasturi doirasida davlat ulushi mavjud korxonalar 6 barobarga (hozirgi 2,3 mingtadan 360 taga) kamayadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 17 turdagi davlat monopoliyasi  bekor qilinib, ularga xususiy sektor  keng jalb etiladi.
Umuman, kelgusi yillarda faqat magistral energiya va transport tarmoqlari, davlat boshqaruvi va xavfsizligi bilan bog‘liq sohalar davlat tasarrufida qoladi. Bu borada, 2030 yilga qadar iqtisodiyotda nodavlat sektor ulushini 85 foizga yetkazish asosiy maqsadbo‘ladi.

Biznesni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlarga erkin faoliyat yuritishi uchun eng qulay sharoitlar yaratishni bundan buyon ham davom ettiriladi.

So‘nggi olti yilda ish haqiga soliq yuki 2 barobar kamaytirildi, qo‘shilgan qiymat solig‘i 20 foizdan 12 foizga tushirildi. Ko‘plab cheklov va to‘siqlarni olib tashlash hisobiga, korxonalar soni 2 marta oshdi. Shu bilan birga, savdo, qishloq xo‘jaligi, qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalarida yashirin iqtisodiyot ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lib qolayotgani sir emas.

Hozirgi kunda 5,5 million fuqaro norasmiy sektorda band. Shu bois, rasmiy sektor – nolegal faoliyatdan afzal va manfaatli bo‘lishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
57
0
postda.uz

Kun tarixi: 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni

Mamlakatimizda har yili 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Bunda “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi 47/3-sonli qarori huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.Ushbu sanani nishonlashdan asosiy maqsad – butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosi

04 Apr 16:20
 
55
0
xs.uz

Vengriya Xalqaro jinoiy sud tarkibidan chiqmoqda

Vengriya Xalqaro jinoiy sud (XJS)dan chiqadi. Bu haqda Vengriya bosh vaziri maʼmuriyati rahbari Gergey Guyyash maʼlum qildi. Tegishli qaror mamlakat hukumati tomonidan qabul qilingan.Uning soʻzlariga koʻra, Vengriya konstitutsiyasi va xalqaro huquqiy bazaga muvofiq vakolatlarni tugatish tartibi 3-apreldan mamlakat vazirlar mahkamasi tomonidan boshlanadi.Shu yilning 3-aprel kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Vengriyaga kelgani maʼlum boʻldi. 2024-yilning 21-noyabrida Xalqaro jinoiy

18 Apr 11:08
 
29
0
xs.uz

Buyuk Britaniya yangi radiotoʻlqinli qurolni sinovdan oʻtkazdi

Buyuk Britaniya yangi radiotoʻlqinli qurolni muvaffaqiyat sinovdan oʻtkazdi. Mamlakat Mudofaa vazirligi tomonidan maʼlum qilinishicha, ushbu qurol dronlar toʻdasini bir zumda zararsizlantirishi mumkin.'Urush tabiati oʻzgarganda, bu qurollar dron tahdidlaridan himoyalanish imkoniyatiga ega', ' deyiladi vazirlik bayonotida. Qayd etilishicha, bu qurol yoʻnaltirilgan radiochastota energiya qurolining bir turi hisoblanadi.Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, radiotoʻlqinli qurollar sohasida tadqiq

15 Apr 07:06
 
34
0
xs.uz

AQSH Kongressida Trampga iqtisodiyotni oʻrganishi maslahat berildi

AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati XXI asr iqtisodiyoti haqida tushunchaga ega emas. Bu haqda kaliforniyalik demokrat kongressmen Ro Xanna aytib oʻtdi.'Men ularda XIX asrning MakKinli (Uilyam MakKinli AQSHning 25-prezidenti ' tahr.) siyosati borligini tushunaman, lekin ular XXI asr iqtisodiyotini tushunish kerak', ' deydi siyosatchi.Shuningdek, u Oq uyning mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish tashabbusi allaqachon barbod boʻlayotganini taʼkidladi. Bunga misol sifatida Xanna Tramp