
Foto: «Xalq so‘zi»
Muddatidan ilgari Prezident saylovini o‘tkazuvchi 6-Namangan saylov okrugining navbatdagi yig‘ilishida xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining navbatdagi sessiyalari tomonidan uchastka saylov komissiyalari tarkibiga tavsiya etilgan nomzodlar ko‘rib chiqildi. Ayni yo‘nalishda komissiya a’zolari tomonidan taqdim etilgan axborotlarga ko‘ra, uchastka saylov komissiyalari tarkibidagi 7412 nafar nomzodlarning 3315 nafari erkaklar va 4097 nafari ayollardan iborat. Ularning 70 foizi oliy, 27 foizi o‘rta-maxsus ma’lumotga ega. Shuningdek, nomzodlarning 6349 nafari, ya’ni, 86 foizi avvalgi saylovlarda faol ishtirok etgan.
Faoliyati bo‘yicha olib qaralganda nomzodlarining asosiy qismini xalq ta’limi xodimlari tashkil etadi.Qolganlari oliy ta’lim va davlat idoralari, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarida ishlovchilardan iborat. Ularning ko‘pchiligi jarayonlar haqida yetarli tushunchaga ega huquqshunoslar, shifokorlar, muhandislar, iqtisodchilar, pedagoglar va boshqa soha xodimlari, xorijiy tillarni biladigan mutaxassislar hisoblanadi.
Yig‘ilishda okrug saylov komissiyasining uchastka saylov komissiyalari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq so‘zi”.
Serjantlar “Vatanga qasamyod” qilishdi
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Bojxona qo'mitasi Raisi o'rinbosari O.Choriyev, O'zbekiston bojxona xizmati faxriylari, Bojxona organlari huzuridagi Jamoatchilik kengashi a'zolari, tegishli mas'ullar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.Tadbirda so'zga chiqqanlar tomonidan hozirgi kunda bojxona organlariga bilimli va malakali kadrlarni jalb etish, ularning kasbiy mahoratlarini muntazam oshirib borishlari uchun barcha shart-sharoitlar mavjudligi, yosh xodimlar esa bunga ja
Shahar va viloyatlarda odam tashish huquqi boʻyicha tender eʼlon qilindi
Ushbu tender Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida oʻtkazilmoqda. Qarorga koʻra, avtomobil transportida yoʻlovchi tashish yoʻnalishlari boʻyicha tenderlar elektron shaklda tashkil etilishi belgilangan.Jarayon 15-may kuni soat 14:00 da start oladi. Takliflarni e-tender.uztrans.uz platformasi orqali taqdim qilish mumkin.
Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrida toʻqimachilik klasteri bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 'WBM Romitex' klasterining Andijon shahrida qurilgan yangi korxonasi faoliyati bilan tanishdi.'WBM Fabrics' nomli ushbu korxona qayta ishlash zanjirining navbatdagi bosqichi. Umumiy qiymati 50 million dollarlik investitsiya loyihasi doirasida zamonaviy sanoat inshooti qurilib, Italiya va Germaniyadan yuqori texnologik uskunalar keltirib o'rnatildi. Matoni bo'yash va gul solish yo'lga qo'yildi. Korxona yiliga 24 ming tonna shunday xaridorgir mahsulot tayyorlash quvvat
O‘zbekiston Prezidenti maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Maslahatchining joriy yilgi faoliyatining asosiy yo'nalishlari ko'rib chiqildi.Mamlakatimiz investitsiyaviy salohiyatini xalqaro maydonda yanada ilgari surish, O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayonini yakunlash bo'yicha amaliy choralar ko'rish, xorijdagi yetakchi ta'lim muassasalarida davlat xizmatchilarining malakasini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.Bo'lajak O'zbekiston investitsiya salohiyati 'roud-shousi' va Toshkent xalqaro investitsiya forumini yetak