calendar 25 May 12:26
eye 49
comments 0
comments Manba: xs

Raqamli texnologiyalar vaziri Kanadaning Oʻzbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

image

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Kanadaning Oʻzbekistondagi elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Elison Leklerni qabul qildi.

Kanada elchisi Oʻzbekistonda raqamlashtirish, telekommunikatsiya sohalarida amalga oshirilayotgan ulkan oʻzgarishlarni yuqori baholadi.

Uchrashuvda raqamli iqtisodiyot, IT-taʼlim, IT-xizmatlar eksporti sohalarida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda mavjud imkoniyatlarni yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha istiqbolli yoʻnalishlar koʻrib chiqildi.

Shuningdek, Oʻzbekistonda IT sohasida yaratilgan sharoitlar, xorijiy kompaniyalar uchun berilgan imkoniyatlar, IT viza va boshqa imtiyozlar haqida tushuntirishlar berib oʻtildi.

Uchrashuvda Kanada elchixonasi orqali hamkorlikda xorijiy yetakchi IT kompaniyalar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va ular bilan qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:53
 
58
0
xs.uz

Oʻzbekistonda qizlar necha yoshdan turmushga chiqmoqda?

2025-yilning yanvar fevral oylarida, FHDYO organlarida respublika boʻyicha 31 ming 775 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi xabar berdi.Statistika qoʻmitasi, qayd etilgan nikohlarda ayollarning yosh guruhlari boʻyicha taqsimlanishi haqidagi maʼlumotni eʼlon qildi.Unga koʻra, nikohlanayotgan umumiy ayollar sonining eng katta ulushi 52,4 foiz koʻrsatkich bilan 20 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan ayollarda kuzatilgan.Shuningdek, 20 yoshgacha nikohdan oʻtayotg

20 Mar 12:54
 
50
0
xs.uz

Yangi ish boshlagan tadbirkorlar birinchi xato uchun “javobgarlikdan sugʻurtalangan” boʻladi — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyevning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida yangi tadbirkorlar 'oyoqqa turib olishi' uchun, ayniqsa, ular faoliyat boshlagan birinchi yilda qoʻllab-quvvatlash juda muhimligi'taʼkidlandi.Masalan, oxirgi uch yilda 17,5 ming korxona tashkil etilganiga bir yil toʻlmasdan tugatilgan. Ayniqsa, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm, Jizzax viloyatlari masʼullari yangi korxonalar bilan ishlashda eng orqada ekani koʻrsatib oʻtildi.'Bundan buyon, tadbirkorlikka endi qadam qo

20 Mar 12:54
 
55
0
xs.uz

O‘zbekiston Prezidenti maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazdi

Maslahatchining joriy yilgi faoliyatining asosiy yo'nalishlari ko'rib chiqildi.Mamlakatimiz investitsiyaviy salohiyatini xalqaro maydonda yanada ilgari surish, O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayonini yakunlash bo'yicha amaliy choralar ko'rish, xorijdagi yetakchi ta'lim muassasalarida davlat xizmatchilarining malakasini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.Bo'lajak O'zbekiston investitsiya salohiyati 'roud-shousi' va Toshkent xalqaro investitsiya forumini yetak

16 Apr 15:12
 
23
0
xs.uz

Keksalar uchun uyda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Surxondaryo viloyatida tajriba-sinov tariqasida 'Keksalar reyestri'da turuvchi shaxslarga uyda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi. Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markaziga biriktirilgan, oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha '0' balldan '62' ballgacha baholangan 5 nafar shaxs ushbu xizmat turidan foydalanmoqda.'Keksalar reyestri', keksalar uchun uyda t