Farg‘onadan kuniga 400 tonna gilos eksport qilinmoqda


Foto: «Xalq so‘zi»
Farg‘ona viloyatida Quva tumani va Quvasoy shahrida gilosning deyarli barcha navlarini yetishtirish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, Uchko‘prik, O‘zbekiston va Oltiariq tumani qir-adirliklaridehqon xo‘jaliklariga berilishi natijasida ushbu hududlarda ham yildan-yilga gilos yetishtirish yaxshi rivojlanayotir.
2022 yili viloyatda 12 davlatga umumiy qiymati 17,8 million dollarlik 12,4 ming tonna gilos eksport qilingan edi. Eksport ulushi assoan Rossiya, Qozog‘iston, Polsha, BAA, Xitoy, Koreya Respublikasi hissasiga to‘g‘ri keldi.
Ayni paytda Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasining “Vodiy” hamda “Marg‘ilon” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlariga qarashli ikkita “Eksportga ko‘maklashish markazi” faoliyat yuritmoqda. Bu markazlarda eksportga ortilayotgan mahsulotlarga zarur bo‘ladigan hujjatlar taqdim etadigan barcha idoralar xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Bojxona xodimlari tomonidan eksport qilinayotgan gilosga tegishli yuk kuzatuv hujjatlari shu yerning o‘zida rasmiylashtirib berilmoqda. Tadbirkorlar tomonidan giloslar bo‘yicha taqdim etilayotgan bojxona yuk deklarasiyalari onlayn shaklda boshqarmaning “Masofaviy elektron deklarasiyalash” bojxona posti xodimlari tomonidan o‘z vaqtida rasmiylashtirilishi ta’minlanyapti.
Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati rahbari Shavkatjon Sotivoldiyevning “Xalq so‘zi” muxbiriga xabar berishicha, 2023 yilning o‘tgan davrida qiymati 4 million dollarga yaqin 4750 tonnadan ortiq gilos mahsulotlari eksport qilindi. Mavsumda kuniga o‘rtacha 400 tonna gilos eksportga yo‘naltirilmoqda.
Botir Madiyorov, “Xalq so‘zi”.
Tramp AQSH Taʼlim vazirligini yoʻq qilmoqchi
AQSH prezidenti Donald Tramp bugun, 20-mart kuni Taʼlim vazirligini tugatish haqidagi farmonni imzolashi kutilmoqda. Bu haqda 'Politico' gazetasi hujjat loyihasiga tayanib yozmoqda.Nashrning yozishicha, tegishli hujjatda taʼlim vaziri Linda Makmaxonga idorani yopishga yordam berish uchun 'barcha zarur choralarni koʻrishi' taʼkidlanadi.'Prezident Donald Tramp payshanba kuni Taʼlim vazirligini tugatish jarayonini boshlash toʻgʻrisidagi hujjatni imzolashga tayyor. Bu harakat orqali u saylovo
AQSH bir kunda 5 milliard dollarlik “oltin kartalar” sotdi
AQSH bir kunda 5 milliard dollarlik 'oltin kartalar' sotdi. Bu haqida Qoʻshma Shtatlar savdo vaziri Hovard Latnik 'All In' podkastidagi nutqida maʼlum qildi, deb xabar bermoqda 'Financial express' nashri.Latnikning taʼkidlashicha, AQSH bir kun ichida mingta 'oltin karta' sotgan hamda bu orqali hukumat 5 milliard dollar daromad qilgan. Uning fikricha sotilgan 'Oltin kartalar'dan tushgan mablagʻlar davlat byudjeti defitsitini qisqartirishga yoʻnaltiriladi.Maʼlumot uchun, 'Oltin kartalar' max
“Nvidia” AQShda superchiplar ishlab chiqarishni boshladi
Unga koʻra, 'Nvidia' Xyustonda 'Foxconn' va Dallasda 'Wistron' bilan hamkorlikda oʻzining zavodlarini qurmoqda. 'Blackwell' chiplarini Tayvanning TSMC kompaniyasi Arizonadagi zavodida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan. Katta hajmli ishlab chiqarishni 12 ' 15 oy ichida yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.Taʼkidlash joiz, kompaniya TSMC, 'Foxconn', 'Wistron', 'Amkor' va SPIL bilan hamkorlik qilgan holda kelgusi 4 yil ichida davlatdagi sunʼiy intellekt infratuzilmasidan yarim trillion dollargac
AQSH Mudofaa vazirligi mamlakat armiyasini sezilarli darajada qisqartirishni koʻrib chiqmoqda
AQSH Mudofaa vazirligi Amerika armiyasini sezilarli darajada qisqartirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda 'CNN' Pentagon tomonidan tayyorlangan hujjatlarga tayanib xabar bermoqda.'Koʻrib chiqilayotgan rejalar orasida jangovar boʻlinmalarni birlashtirish, ehtimol, qoʻshma kuchlarni rivojlantirish va tayyorlash uchun masʼul boʻlgan idorani tugatish hamda AQSH qoʻshinlarining Yaponiyadagi mavjudligini kengaytirmaslik kiradi', ' deyiladi nashrda.Taklif etilayotgan chora-tadbirlar Dona