calendar 07 Mar 10:20
eye 73
comments 0
comments Manba: xs

Ichki sayohatlarga chegirmalar eʼlon qilindi

image

Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan Navroʻz bayrami munosabati bilan 2023-yil 19–20–21–22–23-mart kunlari aholining dam olish kunlarini maroqli tashkil etish hamda ichki turizm yoʻnalishida sayohatlarga jalb qilish maqsadida respublika boʻylab chegirmalar joriy qilindi.

Bu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida»gi 2022-yil 23-dekabrdagi Farmoni ijrosini bajarish maqsadida amalga oshirildi.

Xususan, respublika boʻylab joylashgan muzeylar, mehmonxonalar, ovqatlanish shoxobchalari tomonidan beriladigan (ixtiyoriy) chegirmalar hamda rejalashtirilgan tadbirlar, ichki turizm yoʻnalishida faoliyat olib boruvchi turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari roʻyxati bilan havola orqali tanishishingiz mumkin.

«Uzbekistan Airways» AJ Respublika aholisi uchun 2023-yilning 18-martidan 22-martigacha Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarning ekonom va bizness klass tariflariga 21 foiz chegirma eʼlon qildi.

Aviachiptalarni «www.uzairways.com» sayti, «UzAirways» mobil ilovasi, «Uzbekistan Airways Sales» filiali orqali yoki aviakompaniya agentliklaridan xarid qilish mumkin.

Madaniy meros agentligi tomonidan bayram (ishlanmaydigan) kunlarida agentlik tizimidagi davlat muzey hamda direksiyalarning kirish chiptalariga 10 foiz chegirmalar eʼlon qilindi.

«Vaqf» xayriya jamoat fondiga qarashli va pullik kirish chiptalari joriy qilingan madaniy meros obyektlari (ziyoratgoh va qadamjolar)da 18–22-mart kunlari yurtimiz fuqarolari uchun kirish chiptalar narxiga kattalar uchun 20 foizlik hamda yoshlar uchun 50 foizlik chegirmalar eʼlon qilindi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
49
0
xs.uz

Har qanday shaxsni uning roziligisiz tasvirga olish taqiqlanishi mumkin

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan loyihada qayd etilishicha, qonun insonlarning tasvirga boʻlgan huquqini mustahkamlash hamda milliy huquqni qoʻllash amaliyoti va 30 ga yaqin xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilingan holda, aholi fikrini oʻrganish uchun muhokama portaliga joylashtirilgan.Loyihaga koʻra, endilikda umumiy qoida tariqasida, endilikda har qanday kishini rasm yoki videoga olish hamda ushbu tasvirdan foydalanish uchun uning roziligi talab qilinadi.Shu bilan birga, loyi

20 Mar 12:54
 
61
0
xs.uz

O‘zbekiston Prezidenti maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazdi

Maslahatchining joriy yilgi faoliyatining asosiy yo'nalishlari ko'rib chiqildi.Mamlakatimiz investitsiyaviy salohiyatini xalqaro maydonda yanada ilgari surish, O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayonini yakunlash bo'yicha amaliy choralar ko'rish, xorijdagi yetakchi ta'lim muassasalarida davlat xizmatchilarining malakasini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.Bo'lajak O'zbekiston investitsiya salohiyati 'roud-shousi' va Toshkent xalqaro investitsiya forumini yetak

20 Mar 12:53
 
55
0
xs.uz

Andijonda yuk mashinasi yonib ketdi

Andijon viloyatida 'Zil' rusumli yuk transport vositasi yonib chiqdi. Bu haqda viloyat IIB JXX Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 19-mart kuni soat 22:00 lar atrofida Asaka tumani 'Navoiy' MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan.1994-yilda tugʻilgan haydovchi U.Sh. oʻzining boshqaruvida boʻlgan 'Zil-130' rusumli yuk transport vositasini 'A-373 Toshkent-Oʻsh yoʻlining Shahrixon' yoʻnalishi boʻylab bosh

16 Apr 09:11
 
26
0
xs.uz

16-aprel kuni ayrim hududlarda momaqaldiroq boʻlishi, yomgʻir yogʻishi kutilmoqda

Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-14 daraja, kunduzi 22-24 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlik