Isteʼmolga yaroqsiz goʻsht mahsulotlari yoʻq qilinib, egasiga chora koʻrildi


Joriy yilning 26-yanvar kuni soat 14:00 larda Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Karantin tadbirlarini taʼminlash boʻlinmasi xodimlari hamda viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda “Darband” YPX maskanida Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha reyd tadbiri oʻtkazildi.
Tadbir davomida Shoʻrchi-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha harakatlanib kelayotgan Shoʻrchi tumanida yashovchi 1990-yilda tugʻilgan fuqaro K.Jamol (ism-shariflar oʻzgartirilgan) boshqaruvidagi Kobalt rusumli avtomashina toʻxtatilib yukxonasi tekshirilganda, biror bir veterinariya hujjatlarisiz 103 kg yirik shoxli mol goʻshti olib ketilayotganligi aniqlangan.
Ushbu goʻsht mahsulotlari Boysun tuman laboratoriyasida isteʼmolga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini aniqlash maqsadida, tekshiruvdan oʻtkazilganda, laboratoriya tekshiruvchi xulosasiga koʻra isteʼmolga yaroqsiz ekanligi aniqlanib, goʻsht mahsuloti egasiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 109-moddasiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda nomaʼlum sharoitda soʻyilgan mol goʻshti belgilangan tartibda yoʻq qilingan.
Xorijiy hamkorlar Shavkat Mirziyoyevni Navroʻz bayrami munosabati bilan samimiy tabriklamoqda
Xorijiy hamkorlar oʻz maktublarida yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, barqaror rivojlanish, doʻstlik, totuvlik va yaxshi qoʻshnichilik muhitini yuqori baholamoqda. Tinchliksevar va pragmatik tashqi siyosat tufayli Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi tobora ortib borayotgani alohida taʼkidlanib, Yangi Oʻzbekistonga ravnaq tilaklari izhor etilgan.Oʻzbekiston Respublikasi PrezidentiShavkat Mirziyoyev Janobi OliylarigaAssalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu.Navr
22-mart kuni qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi
'Oʻzgidromet' 22-mart kuni qanday ob-havo kuzatilishini'maʼlum qildi.Toshkent'shahrida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14 daraja iliq, kunduzi 25-27 daraja iliq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.Buxoro'va'Nav
Qarshida 585 quti noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosining oldi olindi
Qashqadaryo viloyati Qarshi shaharida 105 million soʻmlik noqonuniy tamaki mahsulotlarining savdoga chiqarilishi oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Qarshi shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.T. 'Epica' rusumli avtomashinasida fuqaro R.K.ning tegishli xorijda ishlab chiqarilgan, aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda muomalaga
Prezident Andijonda taʼziyali xonadonga kirib oʻtdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buloqboshi tumanida yigʻilish oʻtkazganidan soʻng yoʻlda keta turib, taʼziyali xonadonga koʻzi tushdi.Bu xonadonda oilaning tabarruk onaxoni ' Mamlakatxon aya Davronovaning vafot etgani munosabati bilan marosim boʻlayotgan edi.Davlat rahbari taʼziyada qatnashib, xonadon egalaridan koʻngil soʻradi, chuqur hamdardligini bildirib, sabr-toqat va bardosh tiladi.