calendar 16 Jan 09:21
eye 57
comments 0
comments Manba: xs

Toshkentning ikki tumanida kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan MCHJ rahbarlari aniqlandi

image

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.S.” MCHJ masʼul shaxslari korxonaga hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan kredit mablagʻi evaziga garovga qoʻyilgan 700 mln soʻmlik zanjirli ekskavatorning zavod seriya raqamlarini qalbakilashtirib sotib yuborganliklari oqibatida, bank manfaatlariga juda koʻp miqdorda zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Yakkasaroy tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro F.R. oʻzi norasmiy boshqarib kelayotgan “M.P.” MCHJga soyali shrot xom ashyosi sotib olish uchun ajratilgan kredit mablagʻidan 328 000 yevroni boshqa maqsadlarda sarflab, talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Apr 08:33
 
17
0
xs.uz

Fargʻonada 500 diametrlik ichki ichimlik suvi quvuri yorilib ketdi

Fargʻona shahrida 500 diametrlik ichki ichimlik suvi quvuri yorilib ketdi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi holat yuzasidan maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, kecha, 19-aprel kuni soat 22:00 da Fargʻona shahar Madadkor hamda Madaniyat mahallalari kesishmasidagi kichik halqa yoʻli yonida 500 diametrlik ichki ichimlik suvi quvuri yorilishi kuzatilgan.Buning ortidan Madadkor, Yangisoy, Toʻqimachilar, M.Ulugʻbek hamda Yoshlar MFY hududlari avariya bartaraf etilguniga qadar ichimlik suvi

18 Apr 11:07
 
32
0
xs.uz

Qashqadaryo viloyatida “valyutchik”lar qoʻlga olindi

Qayd etilishicha, Departamentning Chiroqchi tumani boʻlimi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan B.O. (muqaddam sudlangan) fuqaro E.A.ga 4 000 AQSh dollarini 52 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, undan jami 4,1 ming AQSh dollari va 32,8 ming Rossiya rubli ashyoviy dalil sifatida olingan.Shuningdek, Departamentning Kitob tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimma

20 Mar 12:54
 
40
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.Suhbat avvalida davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan bahor ayyomi - Navroʻz munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, mustahkam sogʻlik, farovonlik va muvaffaqiyatlar, birodar Oʻzbekiston va Tur

15 Apr 07:06
 
25
0
xs.uz

Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Italiya Prezidenti bosh kotibiyatining 'Gazzetta Ufficiale''hukumat gazetasi rasmiy saytida'eʼlon qilingan'roʻyxatga Italiya va xorijiy mamlakatlarning boshqa taniqli arboblari ham kiritilgan.Aytish joiz, 'Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun' (Ordine al Merito della Repubblica Italiana) ordeni Italiyaning oliy davlat mukofoti boʻlib, 1951-yil 3-martda taʼsis etilgan. U Italiya fuqarolari va chet elliklarni adabiyot, sanʼat, iqtisodiyot, xayriya, ijtimoiy va gumanitar faoliyat soh