Stroganov nomidagi Rossiya akademiyasida Oʻzbekiston madaniy-tarixiy merosining 200 dan ortiq ashyolari aniqlandi


Butunjahon jamiyati ofisida Stroganov nomidagi Moskva davlat sanʼat va sanoat akademiyasining sanʼat tarixi va gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, professor Kirill Gavrilin bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Muloqotda Oʻzbekistonga tegishli ashyolarni qidirish va aniqlash ishlari muhokama qilindi. Qayd etilishicha, mamlakatimizga tegishli ashyolarni qidirish va aniqlashga bir necha oy vaqtni talab qilgan.
— Oʻtgan yilning yozida Samarqandda boʻlib oʻtgan VI Kongressda ishtirok etish taklifi uchun Butunjahon jamiyatiga chin dildan minnatdorchilik bildiraman. Nafaqat dunyoning yetakchi sharqshunos olimlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega boʻlgan, balki “Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida” loyihasi tashkiloti tomonidan Oʻzbekiston madaniy-tarixiy merosi obyektlarini izlash, aniqlash va nashr etish boʻyicha chuqur va tizimli ishlar olib borgani uchun ham tashakkur izhor qilmoqchiman. Butunjahon jamiyati talabiga binoan va Stroganov nomidagi Rossiya davlat sanʼat va sanoat akademiyasi fondlarida oʻtkazilgan tadqiqotlari shuni koʻrsatdiki, bizda Oʻzbekistonga taalluqli 200 dan ortiq madaniy meros mavjud. Eng katta fond esa Oʻzbekiston meʼmoriy kulolchilik buyumlari boʻlib, aftidan, XX asr boshlarida oʻzbek kulolchilik buyumlarini yigʻishni boshlagan taniqli rassom, kulolchi, texnolog, restavrator Aleksey Filippov kolleksiyasidir. Kundaliklardagi yozuvlarga koʻra, u hali Nikolay II davridayoq oʻzbek kulolchilik buyumlarini yigʻishni boshlagan. Bu kolleksiya yaqinda kashf etilgan boʻlib, u nafaqat asr boshlaridagi amaliy sanʼat namunalari, balki talabalar ekspeditsiyalari tomonidan Moskvaga olib kelingan 60-70 yillardagi kulolchilik buyumlari bilan ham namoyish etilgan, — deydi professor K. Gavrilin.
Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, asrash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati tashabbusi bilan universitet mutaxassislari chuqur izlanishlar olib bordi va Oʻzbekiston madaniy merosining chinakam noyob obyektlarini kashf etdi. Fondda metall, xalq kulolchilik buyumlari namunalari, Xorazm yogʻochlari bor. Ularning barchasi uzoq vaqt davomida oʻrganilmagan. Alohida buyumlar, shuningdek, sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlaridan, shu jumladan, Oʻzbekistondan kelgan barcha dekorativ sanʼat ustalari tahsil olgan universitet filiali – Kalinin maktabida saqlanadi. Ayrim ashyolar 1964-yil Xorazm inqilobiy muzeyidan olingan.
— Mazkur kolleksiya Markaziy Osiyo bozori uchun yaratilgan muhtasham ustunlar, eshiklar, kulolchilik va chinni buyumlar bilan ifodalanadi. Urush yillarida Oʻzbekistondan evakuatsiya qilingan rassomlarning suratlari namunalari ham mavjud. Baʼzi rasmlar, ehtimolki, allaqachon yoʻqolgan merosni ifodalaydi va biz tadqiqotimizga kiritadigan eng muhim manbadir. Butunjahon jamiyatining qoʻshma loyihasi doirasida biz oʻrganayotgan yana bir fond bu Pushkin maydonidagi Rossiyaning zamonaviy tarix markaziy davlat muzeyidir. Ularning fondida juda koʻp oʻzbek buyumlari bor. Bular yuqori darajadagi sovgʻalar, xalqaro koʻrgazmalarga yuborilgan buyumlar, 30-50 yillardagi oʻzbek rassomlarining eng yaxshi rasmlari va boshqalar. Bu kolleksiya Oʻzbekistonning eng yaxshi ustalari tomonidan yaratilgan birinchi darajali buyumlar bilan ifodalanadi, — dedi professor K. Gavrilin.
Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtamiz, ushbu loyiha muallifi va rahbari Firdavs Abduxoliqov hisoblanadi. Uning homiysi Eriell Group neft-servis kompaniyasidir.
Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasidagi qamishzorlar yoqib yuborilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasidagi hudud osmonini qora tutun qoplagani aks etgan videolar tarqaldi. Surxondaryo viloyati hokimligi mazkur holat yuzasidan'bayonot'bilan chiqdi.Qayd etilishicha, ayni kunlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston davlatlari chegarasidagi neytral hududda, Amudaryo ichkarisida joylashgan kichik orolchalarda qamishzorlarni rejali tartibda yoqish ishlari amalga oshirilmoqda.'Ushbu tadbir zararli hasharotlar koʻpayishi va yuqumli kasalliklar tarqal
Navroʻz bayrami Surxondaryoga tarovat bagʻishlamoqda
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Surxondaryo viloyatining Navroʻz shodiyonalariga bagʻishlangan asosiy bayram sayli Termiz shahridagi Sanʼat saroyi bogʻida boʻlib oʻtdi. Sharqona yangi yil boshi, goʻzallik, bunyodkorlik va yangilanish ayyomi erta tongdan karnay-surnay sadolari ostida tantanali ravishda boshlandi.Vohaning har bir tumani oʻziga ajratilgan qoʻrgʻonlarni, oʻtovlarini hududning milliy qadriyatlariga xos bezatib, turli koʻrgazmalar tashkil etdi. Sanʼatkorlarning konsert dastu
Fargʻonada 500 diametrlik ichki ichimlik suvi quvuri yorilib ketdi
Fargʻona shahrida 500 diametrlik ichki ichimlik suvi quvuri yorilib ketdi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi holat yuzasidan maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, kecha, 19-aprel kuni soat 22:00 da Fargʻona shahar Madadkor hamda Madaniyat mahallalari kesishmasidagi kichik halqa yoʻli yonida 500 diametrlik ichki ichimlik suvi quvuri yorilishi kuzatilgan.Buning ortidan Madadkor, Yangisoy, Toʻqimachilar, M.Ulugʻbek hamda Yoshlar MFY hududlari avariya bartaraf etilguniga qadar ichimlik suvi
Xorazmda savdo doʻkoni yonib ketdi
Qayd etilishicha, bugun, 17-aprel kuni soat 16:04 da viloyat FVBga Hazorasp tumani, 'Temirchi Maskan' MFYda joylashgan 3 qavatli savdo doʻkonida yongʻin roʻy berayotgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.Shunga koʻra yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 16:11 da voqea joyiga yetib borib, soat 16:39 da yongʻinni olgan va 17:10 da oʻchirishga muvaffaq boʻlgan.Aniqlanishicha, hodisa oqibatida savdo doʻkonning 280 kv.m maydonda tomi, shifti va ichki qismi hamda jihozlari yonib zararlangan. Tezk