
Foto: Xalq so‘zi
Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida dolzarb masalalar qatorida hududda jamoat xavfsizligini taʼminlash, avtomobil yoʻllarida inson hayoti va sogʻligʻini yoʻl-transport hodisalaridan kafolatli himoya qilish hamda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud muammolar toʻgʻrisidagi masala muhokama qilindi. Masala yuzasidan viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari Umidjon Adizovning joriy yil 11 oyi yakunlari boʻyicha hisobot tinglandi.
Taʼkidlanishicha, hisobot davrida viloyatdagi mahallalarning 43 foizida yoʻl-transport hodisalari bilan bogʻliq birorta ham jinoyat qayd etilmagan. Biroq Xatirchi tumanidagi 24 ta MFY bu borada “qizil” toifada turibdi. Hisobotda yoʻl-transport hodisalari oqibatida vafot etish holatlari tahlil etilar ekan, bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 15 foizga kamaygani, ularning aksariyati tezlikni oshirish, 8 tasi esa transport vositasini mast holatda boshqarish sababli sodir boʻlganligi qayd etildi.
Oʻquvchilarning maktabga qatnovida ularning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga toʻxtalib, maʼruzachi qirqta umumtaʼlim maktablari joylashgan hudud koʻchalariga harakat tezligini 30 km/soatga cheklovchi yoʻl belgilari oʻrnatilgani, 10 ta nuqtada esa piyodalar tomonidan boshqariladigan yarim avtomat svetoforlar oʻrnatilganini taʼkidladi.
Muzokarada deputatlar aksariyat holatlarda tezlikni cheklashga haydovchilar rioya etishmayotganini, qolaversa, bu turli tirbandliklar (ayniqsa xalqaro ahamiyatdagi yoʻllarda) tugʻdirayotganini aytib oʻtdilar. Shu sabab piyodalar tomonidan boshqariladigan svetoforlarni koʻpaytirish boʻyicha taklif maʼqullandi.
Sessiyada, shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning bir qator yoʻnalishlari boʻyicha mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
“Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi“ birinchi sammitidan fotoreportaj
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta bilan uchrashuv o'tkazdi.O'zbekiston Prezidenti va YTTB rahbari strategik sheriklikning ustuvor yo'nalishlarini muhokama qildilar.O'zbekiston va YeI yetakchilari iqtisodiy hamkorlikni tubdan kengaytirish muhimligini qayd etdilar.Samarqanddagi 'Markaziy Osiyo ' Yevropa Ittifoqi' sammitining birinchi kuni uchrashuvlarga boy va sermahsul bo'ldi.Foto: Xasan Paydoyev / 'Xalq so'zi'
Oʻzbekistonda necha nafar nogironligi boʻlgan shaxslar bor?
2025-yil I choragi yakuniga koʻra, Oʻzbekistonda nogironligi boʻlgan shaxslar soni 1 million 31 ming 609 nafarni yoki Oʻzbekiston umumiy aholisining 2,7 foizini tashkil etmoqda. Bu haqida Ijtimoiy himoya milliy agentligi maʼlumot berdi.Bildirilishicha, nogironligi boʻlgan shaxslarning 173 ming 285 nafari 18 yoshgacha boʻlgan bolalarni, 94 ming 722 nafari ' I guruh, 695 ming 372 nafari ' II guruh hamda 67 ming 6 nafari ' III guruh nogironlari hisoblanadi.Shuningdek, nogironligi boʻlgan sh
Rossiyada barmoq izlari tekshiruvidan oʻtgan migrantlar patentsiz ishlashlari mumkin boʻladi
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin chet el fuqarolariga barmoq izlari, yuqumli kasalliklar boʻyicha tibbiy koʻrikdan oʻtgan boʻlsa, mamlakatda patentsiz ishlashga ruxsat beruvchi farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda 'Kommersant' nashri.Xabarda aytilishicha, Rossiyada patentsiz ishlashni istagan chet elliklar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar shaxsini aniqlash uchun IIVning hududiy organida barmoq izlari orqali identifikatsiyadan oʻtishlari shart boʻladi.Bundan tashqari, narkotik yoki psixo
Shavkat Mirziyoyev Samarqandga joʻnab ketdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga joʻnab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Davlatimiz rahbari tashrif davomida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qiladi, bunyodkorlik ishlari va turli loyihalar bilan tanishadi.