calendar 15 Dec 06:32
eye 21
comments 0
comments Manba: qalampir

Turkiyaning ilk uchuvchisiz qiruvchi samolyoti birinchi parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi

image
image

"Baykar"ning o'z sarmoyasi bilan ishlab chiqilgan ilk Turk uchuvchisiz qiruvchi samolyoti "Bayraktar Kızılelma" ilk parvozini muvaffaqiyatli yakunladi. 

"Baykar" maʻlumotlariga ko'ra, "Bayraktar Kızılelma" birinchi parvozdan oldin kerakli sinovlarni o'tkazib,  Tekirdog' Chorlu shahridagi Akinji parvoz taʻlim va sinov markazida soat 14:59 da havoga ko'tarildi. Birinchi parvozni 15:17 da muvaffaqiyatli yakunlagan samolyot qo'ndi.  "Bayraktar Kızılelma"ning 18 daqiqa davom etgan ilk parvozi turk aviatsiya tarixida yangi davrni ochgani aytilmoqda.  

"Baykar" 100 foiz o'z kapitali bilan boshlagan "Bayraktar Kızılelma" loyihasiga 2021 yilda start berilgan edi. 2022 yil 14 noyabrda montaj liniyasidan chiqarilgan TC-ÖZB quyruq raqamiga ega "Bayraktar Kızılelma" Chorlu shahridagi Akinji parvoz o'quv va sinov markaziga topshirildi. Bir oylik sinovdan so'ng bu yerda birinchi parvoz rekord darajada — loyiha boshlanganidan bir yil o'tgach amalga oshirildi.  

"Baykar Teknoloji" texnik direktori va Prezident Rajab Toyib Erdo'g'anning kuyovi Selchuk Bayroqdor bu voqeani Twitter’da baham ko'rdi.  

"Biz [uni] endi yerda ushlab turolmadik va u uchib ketdi.  Alloh taologa hamdu sanolar bo'lsin...",   deb yozadi Bayroqdor.  

Birinchi turk uchuvchisiz samolyoti qisqa uchish-qo'nish yo'laklaridan foydalanishi mumkin bo'lgan tarzda ishlab chiqilgan, jumladan, Turkiya dengiz flotining Anadolu flagmaniga asoslangan.  

Samolyotni ishlab chiqish "Baykar"ning uchuvchisiz samolyotlar sohasidagi 20 yillik tajribasidan foydalangan holda amalga oshiriladi.  

Og'irligi 6 tonna bo'lgan samolyot 1, 5 tonna foydali yukni ko'tara oladi. "Bayraktar Kızılelma" Turkiyada ishlab chiqarilgan AESA  radar tizimi bilan jihozlangan.  

Samolyotning ilk ko'rgazmali parvozi 2023 yilga mo'ljallangan,  o'shanda Turkiya respublikaning 100 yilligini keng nishonlaydi.  

"Bayraktar Kızılelma" uchuvchisiz harbiy samolyoti qisqa uchish-qo'nish yo'lagiga ega bo'lgan kemalardan, shu jumladan Turkiya dengiz flotining flagmani – TCG Anadolu’dan ucha oladi. Bu xususiyat "Bayraktar Kızılelma"ni xorijdagi operatsiyalar uchun samarali vositaga aylantiradi.  

"Baykar", taxminan 20 yil avval dronlarni ishlab chiqishni boshlaganidan beri umumiy daromadining 75 foizini eksportdan olgan.   

Turkiya Eksportchilar Assambleyasi tomonidan 2021 yilda mudofaa va havo-kosmik sektorda eksport yetakchisi sifatida eʻlon qilingan "Baykar", 2022 yilda 18 xil davlatga bir milliard dollardan ortiq mahsulot eksport qildi. Bundan tashqari, "Baykar" 2022 yilda imzolagan shartnomalarning 98 foizi eksport shartnomalari edi.   


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:08
 
34
0
qalampir.uz

Ilk bor inson miyasiga chip o‘rnatildi

Ilk marta odamga gadjetlardan fikrlar yordamida foydalanish imkonini beruvchi Neuralink neyrochipi o‘rnatildi. Bu haqda amerikalik milliarder Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. “Kecha birinchi odam Neuralink'dan implant oldi va yaxshi tiklanmoqda. Dastlabki natijalar asabiy tirqishlarni aniqlashning istiqbolli ekanligini ko‘rsatadi”, deb yozgan u. Maskning so‘zlariga ko‘ra, mahsulot “Telepatiya” deb nomlanadi va birinchi navbatda oyoq-

07 Mar 20:08
 
43
0
qalampir.uz

Xitoylik olimlar Ilon Maskni ortda qoldirdi

Xitoyning Tsinghua universitetida falaj bo‘lgan odamning harakatini tiklashga yordam beruvchi miya chipi ishlab chiqildi. Bu haqda “South China morning post” nashri xabar berdi.  Bildirilishicha, ushbu simsiz miya-kompyuter interfeysi bemorga protez qo‘l bilan narsalarni ushlash imkonini beradi. Qurilma o‘tgan yilning oktyabr oyida falajlikni boshidan o‘tkazgan bemorni reabilitatsiya qilishda ishlatildi hamda sezilarli yutuqlar qayd etildi. Universitetning tadqiqot gu

11 Apr 13:57
 
30
0
qalampir.uz

Amerikalik talabalar tarakanni kiborgga aylantiradigan qurilma yasadi (video)

AQSHda universitet talabalari tarakanlarni kiborgga aylantirish uchun maxsus qurilma ishlab chiqdi va ushbu to‘plamlarni savdoga chiqardi. Bu haqda “Backyard brains” nashri xabar berdi. Bildirilishicha, qurilma hasharotning ustiga yopishtiriladi. So‘ngra u buyruq bo‘yicha razryadlarni yuboradi. Bu esa tarakanning harakatlarini boshqarish imkonini beradi. Uskuna ulanganidan so‘ng, bir necha daqiqa hasharotning moslashishini kutish kerak bo‘ladi. So‘ngra uni chap

11 Apr 13:57
 
21
0
qalampir.uz

AQSH Adliya vazirligi Apple'ni smartfonlar bozorini monopollashtirishda aybladi

AQSH Adliya vazirligi va 16 ta shtatning bosh prokurorlari Apple kompaniyasini smartfonlar bozorini monopollashtirishda ayblab, sudga murojaat qildi. Bu haqda Adliya vazirligi tarqatgan press relizida aytiladi. “Apple'ning cheklovchi harakatlari amerikaliklarning yangi smartfonlarga (boshqa ishlab chiqaruvchilardan – tahr.) o‘tishini qiyinlashtiradi, ilovalar, mahsulotlar va xizmatlardagi innovatsiyalarga putur yetkazadi va ishlab chiquvchilar, biznes hamda iste’mol