calendar 14 Dec 07:32
eye 22
comments 0
comments Manba: qalampir

iPhone'ning ilovalarini App Store'dan tashqarida yuklab olish mumkin bo'ladi – "Bloomberg"

image
image

Apple kompaniyasi Evropa Ittifoqidagi foydalanuvchilarga App Store do'konidan tashqarida iPhone va iPad qurilmalariga ilovalarni yuklab olish imkonini berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kecha, 13 dekabr kuni "Bloomberg" agentligi xabar berdi.

Nashrning yozishicha, bunday qarorga Evropa Ittifoqining 2024 yilda kuchga kiradigan talablari sabab bo'lgan. Ayni paytda Apple yangi qoidalarni faqat Evropa Ittifoqida joriy etishni rejalashtirmoqda. Biroq boshqa davlatlardagi foydalanuvchilar ham xuddi shunday choralarga murojaat qilsa, kompaniya innovatsiyalar doirasini kengaytirishi mumkin.

"Bloomberg" maʻlumotlariga ko'ra, Apple 2023 yilda tegishli o'zgarishlarni tayyorlashi kutilmoqda. Yakuniy qaror hali qabul qilinmagan. Apple uchinchi tomon ilovalari uchun talablarini taʻminlashini istisno qilmaydi. Kompaniya tomonidan pullik tekshiruv o'tkazish imkoniyati ham ko'rib chiqilmoqda.

Apple vakili ushbu vaziyat yuzasidan izoh berishdan bosh tortgan.

Evropa Ittifoqining yangi qonunlari texnologiya kompaniyalaridan ilovalarni uchinchi tomon manbalaridan o'rnatishga ruxsat berishni talab qiladi. Bunday ilovalar qurilmalarning funktsiyalariga to'liq kirish huquqiga ega bo'lishi kerak. Qonunlarning bozor qiymati kamida 75 milliard yevroni tashkil etadi va Evropa Ittifoqi hududida oyiga kamida 45 million foydalanuvchiga ega bo'lgan kompaniyalarga nisbatan qo'llaniladi. Qonun yaqin oylarda kuchga kirishi kutilmoqda. Biroq kompaniyalar 2024 yilgacha unga rioya qilishi shart emas.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:08
 
41
0
qalampir.uz

Xitoylik olimlar Ilon Maskni ortda qoldirdi

Xitoyning Tsinghua universitetida falaj bo‘lgan odamning harakatini tiklashga yordam beruvchi miya chipi ishlab chiqildi. Bu haqda “South China morning post” nashri xabar berdi.  Bildirilishicha, ushbu simsiz miya-kompyuter interfeysi bemorga protez qo‘l bilan narsalarni ushlash imkonini beradi. Qurilma o‘tgan yilning oktyabr oyida falajlikni boshidan o‘tkazgan bemorni reabilitatsiya qilishda ishlatildi hamda sezilarli yutuqlar qayd etildi. Universitetning tadqiqot gu

11 Apr 13:57
 
38
0
qalampir.uz

Ilon Maskning kompaniyasi AQSH razvedkasi uchun josuslik tarmog‘ini yaratmoqda

Ilon Maskga tegishli SpaceX kompaniyasi Amerika razvedkasi bilan maxfiy shartnoma doirasida yuzlab josuslik sun’iy yo‘ldoshlari tarmog‘ini qurmoqda. Bu haqda kecha, 16 mart kuni manbalarga tayanib, "Reuters" xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya 2021 yilda Pentagon qoshidagi AQSH Harbiy kosmik razvedka milliy boshqarmasi bilan imzolagan 1,8 milliard dollarlik shartnomaga asosan Starshield (foydalanuvchilarga internetga kirishni ta’minlab beruvchi bo‘lim) tarmoqni

07 Mar 20:08
 
33
0
qalampir.uz

Ilk bor inson miyasiga chip o‘rnatildi

Ilk marta odamga gadjetlardan fikrlar yordamida foydalanish imkonini beruvchi Neuralink neyrochipi o‘rnatildi. Bu haqda amerikalik milliarder Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. “Kecha birinchi odam Neuralink'dan implant oldi va yaxshi tiklanmoqda. Dastlabki natijalar asabiy tirqishlarni aniqlashning istiqbolli ekanligini ko‘rsatadi”, deb yozgan u. Maskning so‘zlariga ko‘ra, mahsulot “Telepatiya” deb nomlanadi va birinchi navbatda oyoq-

11 Apr 13:57
 
47
0
qalampir.uz

Maskning miya chipi o‘rnatilgan falaj bemor kompyuter sichqonchasini boshqardi

Amerikalik milliarder Ilon Maskga tegishli Neuralink kompaniyasi inson miyasiga chip o‘rnatish tajribalarida ilk bor muvaffaqiyatga erishdi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.  Bildirilishicha, kompaniyaning neurochipi o‘rnatilgan birinchi bemor shunchaki fikrlash orqali kompyuter sichqonchasini boshqara olgan.  “Tajriba yaxshi o‘tyapti. Bemor yomon asoratlarsiz to‘liq tuzalib ketganga o‘xshaydi. Hozirda u shunchaki o‘ylash orqali sichqonch