calendar 12 Dec 16:32
eye 34
comments 0
comments Manba: qalampir

Eski modeldagi avtomobillarni kimlar ishlab chiqarmoqda?

image
image

Lada va Tesla brendlari dunyodagi eng eski modeldagi avtomabillar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bo'ldi. Bu haqda Motor1 tomonidan o'tkazilgan tadqiqotga asoslanib "iXBT" nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, tadqiqot davomida dunyoning 705 ta avtomobil modellari va 30 ta ishlab chiqaruvchilari o'rganib chiqilgan. Natija shuni ko'rsatganki, jahon bozoridagi barcha ishlab chiqaruvchilar o'z avtomobillarini bir xil tezlikda yangilamaydilar. Shundan so'ng, tadqiqotchilar  avtomobilning o'rtacha yoshini aniqlash uchun dekabr oyining boshi va avtomobil rasman ommaga eʻlon qilingan kun o'rtasidagi vaqtni hisoblashga qaror qilingan. Bunda feyslift, restayling va har qanday yangilanishlar hisobga olinmagan. 

Natijada, o'tgan hafta taqdim etilgan Чevrolet Montana’ning uchinchi avlodi eng yosh avtomobil deb topilgan bo'lsa, 1977 yil aprel oyida taqdim etilgan Lada 4x4 (Niva) reytingdagi eng qadimgi avtomobil bo'lgan. Tesla esa hozirda mavjud bo'lgan to'rtta modeli bilan ikkinchi o'rinni egalladi. 

Maʻlumot uchun,Tesla Model S birinchi marta 2009 yilning mart oyida, Model X esa 2015 yil sentyabrida taqdim etilgan. Kompaniyaning eng yangi mashinasi Model Y 2019 yilning mart oyida chiqarilgan. 

Shuningdek, reytingga Yaponiyaning Isuzu va Xitoyning Xpeng va NIO kompaniyalari ham kiritilgan. Subaru, Honda, Hюndai, Stellantis, Mercedes-Benz, BMW va Aston Martin esa o'z liniyalarini muntazam yangilab turadigan ishlab chiqaruvchilar qatoriga kiradi.

Alibek Beyjanov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:57
 
28
0
qalampir.uz

Amerikalik talabalar tarakanni kiborgga aylantiradigan qurilma yasadi (video)

AQSHda universitet talabalari tarakanlarni kiborgga aylantirish uchun maxsus qurilma ishlab chiqdi va ushbu to‘plamlarni savdoga chiqardi. Bu haqda “Backyard brains” nashri xabar berdi. Bildirilishicha, qurilma hasharotning ustiga yopishtiriladi. So‘ngra u buyruq bo‘yicha razryadlarni yuboradi. Bu esa tarakanning harakatlarini boshqarish imkonini beradi. Uskuna ulanganidan so‘ng, bir necha daqiqa hasharotning moslashishini kutish kerak bo‘ladi. So‘ngra uni chap

11 Apr 13:57
 
38
0
qalampir.uz

Maskning miya chipi o‘rnatilgan falaj bemor kompyuter sichqonchasini boshqardi

Amerikalik milliarder Ilon Maskga tegishli Neuralink kompaniyasi inson miyasiga chip o‘rnatish tajribalarida ilk bor muvaffaqiyatga erishdi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.  Bildirilishicha, kompaniyaning neurochipi o‘rnatilgan birinchi bemor shunchaki fikrlash orqali kompyuter sichqonchasini boshqara olgan.  “Tajriba yaxshi o‘tyapti. Bemor yomon asoratlarsiz to‘liq tuzalib ketganga o‘xshaydi. Hozirda u shunchaki o‘ylash orqali sichqonch

11 Apr 13:57
 
38
0
qalampir.uz

Yaponiyada xususiy kompaniya tomonidan uchirilgan raketa portlab ketdi

Yaponiyada Space One xususiy kompaniyasi tomonidan birinchi sun’iy yo‘ldosh uchirilishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Bu haqda mamlakat mahalliy nashrlari xabar berdi. Bugun, 13 mart kuni Yaponiya g‘arbidagi Vakayama prefekturasidagi xususiy Space Port Kii uchirish maydonida 18 metrlik Kairos raketasi uchirilganidan ko‘p o‘tmay portlagan. Raketa parchalari uchish joyiga yaqin tushgan va kuchli yong‘in chiqqan. "Birinchi Kairos raketasining uchirilishi amalga oshirildi, amm

11 Apr 13:57
 
20
0
qalampir.uz

Sun’iy intellekt insoniyatga tahdid solmoqda

Sun’iy intellekt odamzodning yo‘q bo‘lib ketishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Bu haqda Gladstone AI tomonidan tayyorlangan sun’iy intellekt xavfsizligi bo‘yicha hisobotda so‘z boradi.  Qayd etilishicha, 2022 yil noyabr oyida boshlangan tadqiqotda hukumat amaldorlari, ekspertlar va OpenAI, Google DeepMind, Anthropic va Meta kabi  yetakchi sun’iy intellekt laboratoriyalari xodimlari bilan 200 dan ortiq tajribalar o‘tkazilgan. Tadqiqot sun’iy intellekt xavfsizligi bo