calendar 25 Nov 11:21
eye 74
comments 0
comments Manba: xs

Toshkentda diniy ekstremistik oqim taʼsirida Suriyaga ketmoqchi boʻlgan qiz 5 yilga qamaldi

image

Foto: Illustrativ foto

Bugun diniy ekstremistik oqimlar va terroristik tashkilotlar oʻzlarining radikal gʻoyalarini targʻib qilish hamda tarafdorlari sonini oshirish maqsadida ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanayotganliklari hech kimga sir emas.

Jumladan, Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashovchi, 2004-y.t. qiz ijtimoiy tarmoqlar orqali ana shunday yovuz kuchlar taʼsiriga tushib qolganlardan biri sanaladi.

Dastlab u 2021-yilning iyun oyida “Telegram” messenjerida shaxsiy akkaunt ochib, terroristik tashkilotlarning gʻoyaviy rahnamolari boʻlgan “Abdulloh Zufar”, “Abdulloh Buxoriy”, «Sodiq Samarqandiy» va boshqalarning maʼruzalarini tinglaydi.

Natijada qizning ongi zaharlanib, ekstremistik tashkilotlarning noqonuniyligini anglagan holda, ularning aʼzolari bilan virtual muloqotga kirishadi. Alal-oqibatda Suriyaga borib, u yerdagi “Islom Davlati” terroristik tashkiloti safiga qoʻshilishni maqsad qiladi.

Buning uchun u ota-onasidan yashirgan holda, oʻziga xorijga chiqish pasportini rasmiylashtiradi hamda tilla ziragini sotib, safar uchun jomadon xarid qiladi va unga kiyim-kechaklarini joylab, tanishining uyiga yashirib qoʻyadi.

Lekin, huquq-tartibot idoralari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida qizning rejasi amalga oshmasdan, joriy yilning mart oyida u qoʻlga olinadi va jinoyat ishi qoʻzgʻatiladi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning ekspertiza xulosasiga koʻra, uning uyali telefoni xotirasidagi materiallar orasida «Tavhid va jihod katibasi», “Islom jihodi ittihodi” terroristik tashkilotlariga tegishli hamda aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan maʼlumotlar mavjud boʻlib, ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish yoxud namoyish etish taqiqlanadi.

Sud hukmiga koʻra, mazkur fuqaro Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jun 03:47
 
128
0
xs.uz

Andijonda sifatsiz benzinni savdoga chiqargan “zapravka” aniqlandi

Andijonda sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan 'zapravka' aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi maʼlum qildi.Unga koʻra, inspeksiyaning viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Jalaquduq tumanida joylashgan 'B.K.' MCHJga qarashli AYOQSH tomonidan sotilayotgan AI-92 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifats

01 Jun 03:47
 
118
0
xs.uz

“Gʻalaba bogʻi”da mudofaa innovatsion texnologiyalari festivali oʻtkazildi—Fotoreportaj

'Gʻalaba bogʻi' yodgorlik majmuasi hududida mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivali tashkil etildi.Festival doirasida mudofaa sanoatiga oid zamonaviy qurol-yarogʻ va harbiy texnikalar, robototexnikalar, kimyo-texnologiyalari, kon-metallurgiya sohasi hamda harbiy va ikki xil maqsadlarga moʻljallangan mahsulotlar koʻrgazmasi namoyish etildi.Bundan tashqari, dasturlash va robototexnikaga qiziqadigan yoshlarimiz uchun ushbu festival oʻz gʻoyalarini roʻyobga chiqarish hamda so

31 May 08:49
 
38
0
xs.uz

Qashqadaryoda ikkita qishloqqa “Turizm qishlogʻi” maqomi berildi

Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Kitob tumanining Qaynar hamda Bashir qishloqlariga 'Turizm qishlogʻi' maqomi berildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda maqomni tasdiqlovchi sertifikatlar ushbu qishloqlar aholisiga tantanali tarzda topshirildi. Tadbirda Turizm qoʻmitasi, viloyat va tuman hokimliklari masʼullari, sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Unda'soʻzga chiqqanlar tomonidan taʼk

08 Jun 02:26
 
28
0
xs.uz

Toshkent va Pusan shaharlari oʻrtasida muntazam aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyildi

Janubiy Koreyaning Pusan shahriga 'Qanot Sharq' aviakompaniyasining ilk samolyoti kelib qoʻndi. Bu haqida 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Unda aytilishicha, 'Pusan-Toshkent' yoʻnalishi boʻyicha ilk parvoz arafasida aeroportda mazkur havo qatnovining tantanali ochilish marosim boʻlib oʻtgan. Mazkur ochilish marosimida Kimxe xalqaro aeroporti va 'Qanot Sharq' aviakompaniyasi vakillari ramziy qizil lentani kesib, 285 nafar yoʻlovchiga moʻljallangan birinchi reysga roʻyxatdan oʻtish j