calendar 17 Nov 15:31
eye 35
comments 0
comments Manba: qalampir

Olti davlat Ukrainaga yana qurol yetkazib berilishini eʻlon qildi

image
image

Bugun, 17 noyabr kuni onlayn tarzda o'tkazilgan Ukraina mudofaasi bo'yicha ("Ramshtayn" formati deb ataladigan) aloqa guruhining bir qator aʻzo davlatlari Kiyevga yana qurol-yarog' yetkazib berilishini eʻlon qildi.

"Germaniya yalpi reaktiv hujum tizimlari uchun zenit qurollari, artilleriya va o'q-dorilarni yetkazib berishni davom ettirdi. Gretsiya muhim 155 millimetrli artilleriya snaryadlari yetkazib berilishini eʻlon qildi", deydi AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin.

Kanada, o'z navbatida, Kiyevga 34 million dollar miqdorida yordam beradi. Xususan, gap harbiylar uchun qishki jihozlar, dronlar uchun kameralar, sunʻiy yo'ldosh tasvirlari haqida bormoqda. Qayd etilishicha, Kanada "qishki jihozlarning eng yirik donorlaridan biri bo'lib qolmoqda".

Shvetsiya Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan birga 287 million yevro miqdorida harbiy yordam beradi. Ispaniya ularga ikkita qo'shimcha Hawk zenit-raketa kompleksi va raketalarini topshiradi. Bundan tashqari, Polsha qo'shimcha artilleriya va tankga qarshi qurollar hamda qisqa masofali havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berishga vaʻda berdi.

"Ushbu yordamning barchasi muhim ahamiyatga ega bo'ladi, xuddi Aloqa guruhi yordamida xavfsizlik yordamimizni muvofiqlashtirish kabi", deya xulosa qildi Pentagon rahbari. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:15
 
38
0
xs.uz

Isroil hukumati Gʻazodagi yirik suv inshootlarini ishdan chiqardi

Isroil hukumati Gʻazoning suv inshootlari obyektlariga zarar yetkazib, mahalliy aholini ogʻir ahvolga solib qoʻymoqda, deb xabar berdi 'Al Jazeera' nashri.Maʼlum boʻlishicha, Isroil kuchlari Gʻazo shahrining sharqidagi va markaziy gubernatorlikdagi ikkita yirik suv quvurlariga ataylab zarar yetkazgan. Shuningdek, Deyr al-Balah hududidagi suvni tuzsizlantirish zavodini elektr quvvati bilan taʼminlovchi liniyani ham uzib qoʻygan. Natijada Gʻazo hududini ichishga yaroqli suv bilan taʼminl

15 Apr 07:06
 
35
0
xs.uz

Elektr avtomobillar global isishga qarshi kurashda samarasiz ekani maʼlum boʻldi

Yangi Zelandiyaning Oklend va Xitoyning Syamin universitetlari olimlaridan iborat xalqaro guruh elektromobillarning atrof-muhitga haqiqiy taʼsiri boʻyicha kutilmagan xulosalarni taqdim etdi.Jamoa soʻnggi 15-yil davomida 26 mamlakat maʼlumotlarini, avtomobillarning toʻliq hayoti sikli ' ishlab chiqarishdan to utilizatsiya qilishgacha boʻlgan davrni hisobga olgan holda tahlil qildi.'Maʼlum boʻlishicha, elektromobillarning joriy etilishi iqlimning antropogen oʻzgarishining asosiy omili bo

18 Apr 11:08
 
46
0
xs.uz

AQSH Suriyadan harbiylarini olib chiqishni boshladi

AQSH Qurolli kuchlarining Suriyadagi qoʻmondonligi Dayr-az-Zor viloyatidagi Koniko gaz koni hududidagi harbiy bazaga joylashtirilgan maxsus kuchlarni olib chiqishni boshladi. Bu haqda 'Sky News Arabia' telekanali xabar berdi.Telekanal maʼlumotlariga koʻra, amerikalik harbiylar karvoni Suriya sharqida joylashgan obyektdan AQSHning yirik bazasi joylashgan Iroq Kurdistoni tomon yoʻl olgan.2015-2018-yillarda Suriyaning kurdlar nazorati ostidagi hududlarida AQSHning toʻqqizta harbiy bazasi va uc

16 Apr 09:12
 
30
0
xs.uz

YI Rossiya bilan gaz yetkazib berish boʻyicha tuzilgan barcha shartnomalarni bekor qilmoqchi

Yevropa Ittifoqi (YI) Rossiya bilan gaz shartnomalarini jarima toʻlamasdan bekor qilish yoʻllarini qidirmoqda, deb yozdi 'Financial Times' gazetasi oʻz manbalarga tayanib.'Bryussel Yevropa kompaniyalariga Moskvaga katta jarimalar toʻlamasdan, Rossiya gazini yetkazib berish boʻyicha uzoq muddatli shartnomalarni buzishga imkon beradigan qonuniy variantlarni oʻrganmoqda', ' deyiladi nashrda.Gazetaning qayd etishicha, bu masala Rossiya energetika resurslaridan voz kechish boʻyicha yoʻl xarit