calendar 25 Sep 10:31
eye 47
comments 0
comments Manba: qalampir

Bayden Florida shtatida favqulodda holat eʻlon qildi

image
image

AQSh Prezidenti Jo Bayden Florida shtatida yaqinlashib kelayotgan "Ien" tropik bo'roni munosabati bilan favqulodda holat eʻlon qilish haqidagi farmonni imzoladi va mahalliy hokimiyatlarga federal yordam ko'rsatishni buyurdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

"Bugun Prezident Bayden Florida shtatida favqulodda holat rejimini joriy qildi va tropik bo'ron tufayli yuzaga kelgan favqulodda vaziyatda mahalliy hokimiyat organlariga qo'shimcha ravishda federal yordam ko'rsatishni buyurdi", deyiladi xabarda.

Baydenning buyrug'ida, Florida hukumatiga AQSh Ichki xavfsizlik departamenti va Favqulodda vaziyatlarni boshqarish bo'yicha Federal agentlik tomonidan yordam berish nazarda tutilgan.

Shuningdek, Oq uy AQSh Prezidentining 27 sentyabr kuni Floridaga safari tropik bo'ron tufayli qoldirilganini maʻlum qilgan.

Avvalroq Alyaskaning g'arbiy sohillari aholisi kuchli bo'ron kelishiga hozirlik ko'rayotgani maʻlum bo'lgan edi. Ob-havo prognozlariga ko'ra, u so'nggi yillardagi eng kuchli bo'ron bo'ladi. Bo'ron oqibatida kuchli shamollar va to'lqinlar mintaqaga taʻsir qilishi kutilmoqda, bu esa suv toshqini va elektr taʻminotida uzilishlarga olib kelishi mumkin.

Farangiz Salimova


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
57
0
postda.uz

ҒАРОЙИБУ АЖОЙИБ

         Дунё бўйича ҳар 100 нафар ўлган кишининг 2 нафари қарилик, қолган 98 нафари эса турли тасодифлар оқибатида бевақт ҳалок бўлади.* * *         Мисрда қайнатилган карам тансиқ таом сифатида зиёфат сўнгида дастурхонга тортилади.* *

16 Apr 09:12
 
31
0
xs.uz

YI Rossiya bilan gaz yetkazib berish boʻyicha tuzilgan barcha shartnomalarni bekor qilmoqchi

Yevropa Ittifoqi (YI) Rossiya bilan gaz shartnomalarini jarima toʻlamasdan bekor qilish yoʻllarini qidirmoqda, deb yozdi 'Financial Times' gazetasi oʻz manbalarga tayanib.'Bryussel Yevropa kompaniyalariga Moskvaga katta jarimalar toʻlamasdan, Rossiya gazini yetkazib berish boʻyicha uzoq muddatli shartnomalarni buzishga imkon beradigan qonuniy variantlarni oʻrganmoqda', ' deyiladi nashrda.Gazetaning qayd etishicha, bu masala Rossiya energetika resurslaridan voz kechish boʻyicha yoʻl xarit

04 Apr 16:20
 
53
0
xs.uz

Janubiy Koreya prezidenti lavozimidan butunlay chetlashtirildi

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat eʼlon qilishga muvaffaqiyatsiz uringanidan 4 oy oʻtib, lavozimidan butunlay chetlashtirildi. Endi mamlakatda 60 kun ichida yangi prezident saylovlari oʻtkazilishi kerak, deb xabar bermoqda 'BBC' nashri.Maʼlum qilinishicha, Konstitutsiyaviy sud Yun Sok Yolning impichmenti haqidagi qarorni oʻz kuchida qoldirgan. Prezidentga qarshi impichmentni qoʻllab-quvvatlash uchun 8 nafar sudya ishtirok etgan. Ular Janubiy Koreya prezidentinin

04 Apr 16:20
 
56
0
xs.uz

Vengriya Xalqaro jinoiy sud tarkibidan chiqmoqda

Vengriya Xalqaro jinoiy sud (XJS)dan chiqadi. Bu haqda Vengriya bosh vaziri maʼmuriyati rahbari Gergey Guyyash maʼlum qildi. Tegishli qaror mamlakat hukumati tomonidan qabul qilingan.Uning soʻzlariga koʻra, Vengriya konstitutsiyasi va xalqaro huquqiy bazaga muvofiq vakolatlarni tugatish tartibi 3-apreldan mamlakat vazirlar mahkamasi tomonidan boshlanadi.Shu yilning 3-aprel kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Vengriyaga kelgani maʼlum boʻldi. 2024-yilning 21-noyabrida Xalqaro jinoiy