calendar 22 Aug 14:31
eye 49
comments 0
comments Manba: qalampir

Jurnalistni kim portlatib yuborgani ochiqlandi

image
image

Jurnalist Darya Duginaning o'ldirilishi fosh etildi, uni Ukraina maxsus xizmatlari tayyorlagan, ijrochi jinoyatdan keyin Estoniyaga qochib ketgan Ukraina fuqarosi Natalya Vovk. Bu haqda bugun, 22 avgust kuni TASS agentligiga Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati jamoatchilik bilan aloqalar markazida maʻlum qilingan. 

"Federal xavfsizlik xizmati kompleks shoshilinch tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida 1992 yilda tug'ilgan rossiyalik jurnalist Darya Duginaning o'ldirilishi fosh etildi", deya taʻkidladi FXX.  

Qayd etilishicha, maxsus xizmat "jinoyat Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan tayyorlanib, sodir etilgani va uning ijrochisi Ukraina fuqarosi 1979 yilda tug'ilgan Vovk Natalya Pavlovna ekanini aniqlagan. 

U 2010 yilda tug'ilgan qizi Shaban Sofiya Mixaylovna bilan joriy yilning 23 iyul kuni Rossiyaga kelgan. 

Qotillik sodir bo'lgan kuni Vovk va Shaban "Anʻanaviy" adabiy va musiqa festivalida bo'lishdi, u yerda Dugina faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi. 21 avgust kuni Dugina boshqaruvidagi Toёta Land Cruiser Prado avtomobilining boshqariladigan portlashidan so'ng, Vovk va uning qizi Pskov viloyati orqali Estoniyaga jo'nab ketishdi.

Maxfiy xizmatning aniqlik kiritishicha, Duginaning o'ldirilishini uyushtirish va uning turmush tarzi haqida maʻlumot olish maqsadida Vovk va uning qizi Moskvada marhum yashagan uyda kvartira ijaraga olgan. Jinoyatchilar jurnalistni kuzatish uchun Mini Cooper avtomobilidan foydalangan. Shu bilan birga, Rossiyaga kirishda Donetsk Xalq Respublikasi raqamlari ishlatilgan - E982XN DPR, Moskvada – Qozog'iston raqamlari 172AJD02 va chiqishda – Ukraina AH7771IP.  

"Tergov materiallari Tergov qo'mitasiga topshirildi", deya qo'shimcha qilgan FXX. 

Huquq-tartibot idoralari Natalya Vovkni Rossiyaga ekstraditsiya qilish maqsadida qidiruvga berilishi haqida xabar berdi. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Apr 08:34
 
650
0
xs.uz

“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi

Italiyaning mashhur avtomobil kompaniyalaridan boʻlgan 'Ferrari' oʻz tarixida ilk bora elektromobil ishlab chiqarmoqchi. Mashinaning taqdim etilishi shu yilning 9-oktyabriga rejalashtirilgan. Bu haqda 'Reuters' xabar qildi.Yangi model toʻliq kompaniya tomonidan mustaqil tarzda yigʻilib, barcha asosiy elektr uskunalari 'Ferrari' tomonidan yasaladi. Elektr komponentlari ishlab chiqarish va yigʻish uchun yangi sex ham qurilmoqda.'Ferrari' yangi elektromobil uchun uch xil elektr uzatmalar tizim

17 May 21:47
 
16
0
xs.uz

Tramp Gʻazo bilan bogʻliq muammolarni hal qilishga vaʼda berdi

Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSH) Gʻazo sektoridagi vaziyatni kuzatib boradi va Falastin anklavidagi muammolarni hal qilish niyatida. Bu haqda AQSH yetakchisi Donald Tramp Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi chogʻida maʼlum qilgan.'Biz [Gʻazo sektori] va aholisi muammolari bilan shugʻullanamiz', ' dedi Oq uy rahbari.Uning soʻzlariga koʻra, hozir Falastin anklavida koʻp yomon narsalar sodir boʻlmoqda. Mahalliy aholi ochlikdan aziyat chekmoqda.Shu yilning 14-may kuni 'Maan' axborot age

12 Apr 21:15
 
43
0
xs.uz

Buyuk Britaniya ohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endz qoʻshinlarini Ukrainada besh yilgacha joylashtirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda

Britaniya ittifoqchilar tomonidan muhokama qilinayotgan rejalar asosida Ukrainaga besh yil davomida qoʻshin kiritish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqida 'The Telegraph' nashri xabar berdi.Unda aytilishicha, Ukraina hududiga qoʻshin kiritish mamlakatga qilinishi mumkin boʻlgan yangi bosqinning oldini olishi hamda Ukraina armiyasini tayyor holatga keltirish va qayta shakllantirishga yordam beradi.Ukraina hududiga kiritilishi mumkin boʻlgan qoʻshinlarning aniq soni haqida hech qanday ma

04 Apr 16:20
 
56
0
xs.uz

AQSh elchisi ushbu mamlakatdagi oʻzbekistonliklarni ogohlantirdi

Elchining bildirishicha, soʻnggi bir necha yil ichida koʻplab oʻzbekistonliklar Markaziy Amerika hududidagi xavfli yoʻllar orqali AQShga kirgan. Buning oqibatida Qoʻshma Shtatlarda noqonuniy boʻlib turgan taxminan minglab oʻzbekistonliklar bor.'Ochigʻini aytganda, men bu shaxslarga Oʻzbekistonga oʻz ixtiyorlari bilan qaytishni maslahat berardim, chunki aks holda ular AQShda qamoqqa olinishi yoki deportatsiya qilinishi mumkin', degan Jonatan Henik.