calendar 01 Jul 11:31
eye 42
comments 0
comments Manba: qalampir

Ukrainada Evropa Ittifoqiga to'liq aʻzolik bo'yicha qo'shma bayonot imzolandi

image
image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, Bosh vazir Denis Shmigal va Oliy Rada spikeri Ruslan Stefanchuk bugun, 1 iyul kuni Evropa Ittifoqiga to'laqonli aʻzolikka erishish bo'yicha Qo'shma bayonotni imzoladilar. 

Oliy Rada yig'ilishida imzolangan hujjat strategik maqsad – Ukrainaning EIga aʻzo bo'lishiga erishishga qaratilgan. 

"Bugun biz qo'shma bayonotni imzolayapmiz, bu hukumatning barcha bo'g'inlari birligidan dalolat beradi va Ukrainaning Evropa Ittifoqiga to'laqonli aʻzo bo'lish strategik maqsadiga erishish yo'lidagi qatʻiyligimizdan dalolatdir", deydi Zelenskiy Oliy Rada minbaridan turib. 

Davlat rahbariga ko'ra, bu bayonotning imzolanishi urushning beshinchi kunida Evropa Ittifoqiga kirish to'g'risidagi arizaning imzolanishi bilan bir xil maʻnoga ega. 

"Evropa Ittifoqiga nomzod maqomini olish uchun bizga 115 kun kerak edi. To'liq aʻzolik yo'limiz o'nlab yillar davom etmasligi kerak. EIdagi do'stlarimiz yana bir tarixiy qarorni tezroq qabul qilishlari uchun biz o'z ishimizni beg'araz bajarishimiz kerak", deydi Zelenskiy. 

Ukraina rahbari mamlakatni EIga aʻzolik bo'yicha muzokaralar boshlanishiga jadal va masʻuliyat bilan tayyorlash zarurligini taʻkidladi. 

"Bu zaldagi Evropa Ittifoqi bayrog'i barchamizning, davlatning barcha idoralarining burchining ramzidir", deydi Zelenskiy. 

Prezident Ukrainaning EIga aʻzo bo'lishi nafaqat geosiyosiy maqsadni ko'zlashini, balki har bir oila va kompaniyaga maʻlum foyda keltirishini taʻkidladi.

Ukraina Prezident Vladimir Zelenskiy 6 iyun kunidagi murojaati chog'ida Ukraina yaqin haftalarda o'z nomzodligi bo'yicha Evropa Ittifoqning qarorini kutayotganini aytgandi.

28 fevral kuni Vladimir Zelenskiy Ukrainaning Evropa Ittifoqiga qo'shilishi haqidagi arizani imzoladi. 

21 mart kuni Evropa komissiyasi Ukrainaning EIga aʻzoligi bo'yicha ish boshlaganini maʻlum qildi. Evrokomissiyaning tavsiyasi bilan Evropa Ittifoqi Kengashi qaror qabul qiladi.

8 aprel kuni Evrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Kiyevga tashrifi chog'ida Prezident Vladimir Zelenskiyga Ukrainaning Kopengagen mezonlariga muvofiqligi haqidagi so'rovnomani topshirdi – bu Evropa Ittifoqiga  aʻzolikka nomzod maqomini olish uchun zarur qadam bo'ldi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
55
0
postda.uz

“ЖАНОБ БИН” – ЖУДА АҚЛЛИ ИНСОН

Жаноб Бин роли билан машҳурликка эришган, кўпинча довдир ва кулгили қаҳрамонлар образларини маромига етказиб ижро этадиган Роуэн Аткинсон ҳаётда жуда ақлли инсон. Унинг IQ даражаси 178 баллга тенг. Гарчи ҳеч қачон синовдан ўтмаган бўлса-да, дунёга машҳур олим, физика бўйича

22 Mar 08:54
 
41
0
xs.uz

Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi

Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-

23 Mar 16:44
 
72
0
xs.uz

Janubiy Koreyadagi oʻrmon yongʻinlari tufayli toʻrt kishi halok boʻldi, minglab insonlar evakuatsiya qilinmoqda (+video)

21-mart, juma kuni Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sancheong okrugida boshlangan yongʻin kuchli shamol oqibatida boshqa hududlarga tarqalgan. Natijada toʻrt nafar inson halok boʻldi. Bu haqida 'Yonhap' agentligi xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin sabab olti kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Minglab insonlar yashab turgan hududidan evakuatsiya qilingan.'Oʻrmon yongʻinlari quruq ob-havo hamda kuchli shamol tufayli tezda boshqa hududlarga tar

18 Apr 11:08
 
26
0
xs.uz

Garvardga chet ellik talabalarni qabul qilish taqiqlanishi mumkin

AQSH Ichki ishlar vazirligi Garvard universitetiga chet ellik talabalarni qabul qilishni taqiqlash bilan tahdid qildi.Agar universitet 30-aprelga qadar antisemitizmga uchragan yoki boshqa talabalar yoki xodimlarga tahdid soladigan xorijlik talabalar toʻgʻrisida Ichki ishlar vazirligiga maʼlumot bermasa, xuddi shunday chora koʻrilishi mumkin. Shuningdek, idora ularga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy choralar toʻgʻrisida maʼlumot berilishini talab qilgan.AQSH Ichki ishlar vaziri Kristi Noem