calendar 23 May 00:10
eye 29
comments 0
comments Manba: daryo

Kiyevda yonib ketgan Rossiya texnikasi. Marinkadagi snayperlarning hayot tarzi. Urushning 87-kunidan fotoreportaj

image

21-may kuni Severodonetsk hududida janglar davom etdi, Rossiya qo‘shinlari Ukraina armiyasini Lisichanskka olib o‘tadigan ko‘prikni vayron qilishdi; keyinroq, Lugansk viloyati rahbari ko‘prikka o‘t ochgan rus texnikasi yo‘q qilingani haqida xabar berdi. Kursk viloyatida chegaradagi qishloq yana minomyotdan o‘qqa tutildi.

Mariupoldan odamlarni Ukrainaning boshqa hududlariga evakuatsiya qilish deyarli imkonsiz bo‘lib qoldi — rossiyalik harbiylar hatto ikkinchi darajali yo‘llarda ham to‘siqlar o‘rnatdi, dedi shahar merining maslahatchisi. Rossiya Davlat Dumasidagi Liberal demokratik partiya rahbari va Rossiyaning Ukraina bilan muzokaralari ishtirokchisi Leonid Slutskiy Moskva Viktor Medvedchukni “Azov” jangchilariga almashtirish imkoniyatini o‘rganayotgani haqida gapirdi (keyinchalik u ushbu so‘zlari kontekstdan yulib olinganini da’vo qila boshladi). Jo Bayden Ukrainaga yana 40 milliard dollar yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi, Rossiya transport vaziri Vitaliy Savelyev esa Ukrainaga bosqin munosabati bilan joriy qilingan sanksiyalar Rossiyadagi “butun logistikani amalda ostin-ustun qilganini” tan oldi. Meduza urushga oid yangi suratlarni jamladi.

Xarkov viloyati

Xarkovdagi turar joy binolari. So‘nggi haftalarda rus qo‘shinlari shahar shimoliga, Belgorod viloyati bilan chegaraga surildi, biroq so‘nggi kunlarda bu hududda Rossiya kuchlarining qarshi hujumlari ham amalga oshirildi.

Foto: Getty Images

Xarkov ko‘chalarida Ukrainaning ishdan chiqarilgan harbiy vertolyoti korpusi olib o‘tilmoqda.

Foto: Getty Images

Xarkovdagi pravoslav cherkovi yerto‘lasida tushlik qilayotgan qochoqlar.

Foto: AP Photo

Donbass shimoli

Pravoslav ruhoniylari 2022-yil 20-may kuni Lisichanskda yerto‘ladagi vaqtinchalik cherkovda aholi bilan ibodat qilishmoqda. So‘nggi haftalarda shahar yaqinida frontda eng faol janglar bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: AFP

Severodonetskdagi otishmalardan ko‘tarilgan tutun. Shahar front chizig‘iga yaqin bo‘lib, Ukraina armiyasining Severskiy Donets daryosi shimolidagi muhim tayanch markazidir.

Foto: AFP

Kramatorskda urush boshida Rossiya tomonidan berilgan zarba vayronalari orasida qolgan to‘y fotosurati.

Foto: AP Photo

Donetsk viloyati Bahmut shahridagi universitet kampusiga qilingan raketa hujumi oqibatlari.

Foto: Reuters

Ukraina harbiylari Donbassdagi front chizig‘i yaqinida yaralangan safdoshlariga yordam bermoqda.

Foto: AFP

Donbassdagi front chizig‘i yaqinida yarador ukrainalik harbiylar.

Foto: AFP

Kiyev

Bolakay portlab ishdan chiqqan zirhli transport vositasining minorasini tomosha qilmoqda — bu Kiyev markazida tashkil etilgan rus texnikalari ko‘rgazmasining bir qismi.

Foto: Reuters

Marinka yaqinidagi snayperlar otryadi

Donetskning janubi-g‘arbidagi Marinka shahri yaqinida joylashgan otryadning suratlari bir necha kun oldin, 16—17-may kunlari olingan. Urush boshidan buyon bu yerda janglar davom etmoqda, ammo hududdagi front chizig‘i deyarli o‘zgarmagan. Ushbu fotosuratlar snayperlarning ishini ko‘rish uchun kamdan-kam uchraydigan imkoniyatdir —hozirgacha Ukraina tomonidan bunday suratlar deyarli nashr etilmagan.

Marinkadagi snayperlar bo‘linmasi ko‘ngillilari qurollarni o‘qlamoqda.

Foto: The Washington Post

Snayperlar bo‘linmasining ko‘ngillisi Oksana Marinka yaqinida miltig‘i bilan suratga tushmoqda.

Foto: The Washington Post

Marinkadagi snayper bo‘linmasining ko‘ngillilari.

Foto: The Washington Post

Snayper bo‘linmasi ko‘ngillilari Marinka yaqinida dron tasvirlarini tekshirmoqda.

Foto: The Washington Post

Marinkadagi snayper bo‘linmasi ko‘ngillilari.

Foto: The Washington Post


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Apr 03:36
 
20
0
xs.uz

Turkiya Kurdiston ishchilar partiyasi kuchlariga qarshi quruqlikda operatsiya oʻtkazadi

Turkiya Qurolli kuchlari prezident Rejep Tayyip Erdogʻanning Iroqqa tashrifidan soʻng Kurdiston ishchilar partiyasiga (KIP) qarshi keng qamrovli quruqlikdagi operatsiya oʻtkazadi. Bu haqda 'Hurriyet' gazetasi oʻz manbalarga tayanib xabar bermoqda.Erdogʻanning Iroqqa tashrifi 22-aprel, dushanba kuni rejalashtirilgan.Nashrga koʻra, Turkiya Qurolli kuchlari yoz oylarida Iroq shimolida KIPga qarshi keng koʻlamli quruqlikdagi harbiy operatsiya oʻtkazishni kutilmoqda.Erdogʻan Anqara yozda Iro

15 May 14:56
 
29
0
qalampir.uz

AQSH Isroilga 1 milliard dollarlik qurol yetkazib berishni rejalashtirmoqda

AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati kecha, 14 may kuni AQSH Kongressiga Isroilga qiymati 1 milliard dollardan ortiq yangi qurol paketini yetkazib berish niyati haqida ma’lum qildi. Bu haqda ma’muriyatning ismi oshkor etilmagan xodimiga tayanib, “The Wall Street Journal” xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, paketga zirhli texnikalar uchun 700 million dollar, boshqa harbiy texnika uchun yana 500 million dollar va minomyotlar uchun 60 million dollar mablag‘ kirishi mumkin.

14 May 14:33
 
9
0
qalampir.uz

Belousov Putinning yana bir qo‘g‘irchog‘i – Britaniya Mudofaa vaziri

Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Grant Shapps Rossiya Mudofaa vaziri lavozimiga nomzod Andrey Belousovni Vladimir Putinning navbatdagi qo‘g‘irchog‘i deb atadi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z akkauntida ma’lum qildi. "Sergey Shoygu nazorati ostida Putinning 355 mingdan ortiq askarlari yo‘qolgan", deydi Shapps. Uning fikricha, Rossiya Federatsiyasining yangi Mudofaa vaziri Vladimir Putinning navbatdagi qo‘g‘irchog‘i bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, Ros

23 Apr 03:36
 
33
0
xs.uz

AQSH Ukrainaga kelasi hafta harbiy yuk yetkazib berishni qayta tiklashi mumkin

AQSH kelasi hafta oxirigacha Ukrainaga ATACMS operativ-taktik raketalarini oʻz ichiga olgan harbiy yuklarni yetkazib berishni tiklashi mumkin. Bu fikrlarni AQSH Senati razvedka qoʻmitasi raisi Mark Uorner CBS telekanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.Uning taʼkidlashicha, 23-24-aprel kunlari senatorlar Kiyev rasmiylariga qariyb 61 milliard dollar ajratish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini maʼqullab, Oq uy rahbari Jo Baydenga imzolash uchun taqdim etadi.'Umid qilamanki, prezident imzolagan