Donetsk osmonidagi raketa izlari, yonilg‘isiz qolgan kiyevliklar. Urushning 78-kunidan fotoreportaj

Urushning yetmish sakkizinchi kuni tugadi. The Wall Street Journal Kiyev viloyatining Motijin va Yasnogorodka qishloqlari o‘rtasidagi “o‘lim yo‘li” haqida yozdi — u yerda 37 kishining jasadi topilgan. “Azov” polki qo‘mondoni o‘rinbosari Svyatoslav Palamarning aytishicha, Mariupoldagi “Azovstal” zavodi hududida tinch aholi qolmagan — ularni evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘lingan. Ukraina rasmiylari rossiyalik asirlarni “Azovstal”ning yarador himoyachilariga almashishga tayyorligini bildirdi. Meduza 12-may kuni urush zonasidan olingan suratlarini jamladi.
Pilipchatino, Donetsk viloyati
Pilipchatino osmonidagi raketa izlari. Hozirda Donbassda faol harbiy harakatlar davom etmoqda.
Foto: AFP
Xarkov
Urush paytida bomba boshpanasi sifatida foydalanilayotgan metro stansiyasi. Xarkov yaqinida Ukraina qo‘shinlarining muvaffaqiyatli hujumi davom etmoqda.
Foto: AP Photo
Kamishevaxa, Zaporojye viloyati
Mahalliy aholi hujum ostida qolgan uyini tozalamoqda. Zaporojye ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, aholi turar joylarini o‘qqa tutish vaqtida kamida bir kishi halok bo‘lgan.
Foto: Reuters
Kiyev
Kiyev markazida skuterda ketayotgan yoshlar. Shahar meri Vladimir Klichko hozircha shaharga qaytmoqchi bo‘lganlar xavfsizligini kafolatlay olmasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina poytaxti hamon “Rossiyaning asosiy nishoni”.
Foto: EPA
Kiyevliklar avtomobilini yonilg‘i quyish shoxobchasiga itarib bormoqda. Ukrainada jiddiy yonilg‘i taqchilligi mavjud. Kiyevda yonilg‘i quyish shoxobchalarining yarmi allaqachon yopilgan.
Foto: EPA
Mariupol
Mariupolda o‘qqa tutilib vayron bo‘lgan uy. Shahar rus qo‘shinlari tomonidan ishg‘ol qilingan, ammo ukrainalik harbiylar “Azovstal” zavodi hududini o‘zida saqlab turibdi.
Foto: “TASS”
Rubijnoy, Lugansk viloyati
Shahar ko‘chalaridan biridagi qabrlar. Rubijnoy “Zalq komendanti” “RIA Novosti”ga ma’lum qilishicha, shahar Lugansk nazorati ostida, ammo janglar davom etmoqda.
Foto: “TASS”
Dnepr
Quyosh botishi paytida sayr qilayotgan juftlik. Hozirda Dneprda Ukrainaning boshqa viloyatlaridan kelgan 90 mingga yaqin qochoq istiqomat qilmoqda
Foto: Scanpix
Vengriya Xalqaro jinoiy sud tarkibidan chiqmoqda
Vengriya Xalqaro jinoiy sud (XJS)dan chiqadi. Bu haqda Vengriya bosh vaziri maʼmuriyati rahbari Gergey Guyyash maʼlum qildi. Tegishli qaror mamlakat hukumati tomonidan qabul qilingan.Uning soʻzlariga koʻra, Vengriya konstitutsiyasi va xalqaro huquqiy bazaga muvofiq vakolatlarni tugatish tartibi 3-apreldan mamlakat vazirlar mahkamasi tomonidan boshlanadi.Shu yilning 3-aprel kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Vengriyaga kelgani maʼlum boʻldi. 2024-yilning 21-noyabrida Xalqaro jinoiy
Buyuk Britaniya yangi radiotoʻlqinli qurolni sinovdan oʻtkazdi
Buyuk Britaniya yangi radiotoʻlqinli qurolni muvaffaqiyat sinovdan oʻtkazdi. Mamlakat Mudofaa vazirligi tomonidan maʼlum qilinishicha, ushbu qurol dronlar toʻdasini bir zumda zararsizlantirishi mumkin.'Urush tabiati oʻzgarganda, bu qurollar dron tahdidlaridan himoyalanish imkoniyatiga ega', ' deyiladi vazirlik bayonotida. Qayd etilishicha, bu qurol yoʻnaltirilgan radiochastota energiya qurolining bir turi hisoblanadi.Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, radiotoʻlqinli qurollar sohasida tadqiq
AQSH Kongressida Trampga iqtisodiyotni oʻrganishi maslahat berildi
AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati XXI asr iqtisodiyoti haqida tushunchaga ega emas. Bu haqda kaliforniyalik demokrat kongressmen Ro Xanna aytib oʻtdi.'Men ularda XIX asrning MakKinli (Uilyam MakKinli AQSHning 25-prezidenti ' tahr.) siyosati borligini tushunaman, lekin ular XXI asr iqtisodiyotini tushunish kerak', ' deydi siyosatchi.Shuningdek, u Oq uyning mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish tashabbusi allaqachon barbod boʻlayotganini taʼkidladi. Bunga misol sifatida Xanna Tramp
2024-yilda qurol-yarogʻ xaridi boʻyicha yetakchi davlatlarning nomi maʼlum qilindi
2024-yilda eng yirik qurol sotib oluvchi davlatlar reytingini Polsha, Ruminiya va Hindiston boshqargan. Bu haqda Jahon qurol savdosini tahlil qilish markazi xabar berdi.Markaz maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yili Polsha qurol-yarogʻ uchun 15,625 milliard dollar sarflagan, bu umumiy xaridlarning 12,8 foizini tashkil qilgan. Ruminiyaning xarajatlari 10,251 milliard (8,40 foiz), Hindistonniki esa 9,410 milliard dollarni (7,71 foiz) tashkil etdi.Reytingning yuqori oʻrinlaridan, shuningdek, Isroil