O‘z ismi bilan emas, taxallusi bilan tanilgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)

Ijodda ism-sharifning qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’riflashning hojati yo‘q. Shu bois ijodni boshlayotgan inson ismidan qoniqmasa, jarangdor taxallus tanlaydi. Keling, bugun sizga o‘zbek san’atida ismidan taxallusini afzal bilgan shou-biznes vakillari haqida ma’lumot beramiz.
Ubaydulla Omon
Foto: “Daryo”
O‘zbekiston xalq artisti Ubaydulla Omonning hujjatdagi familiyasi Baqoyev, ammo u otasining ismi bilan ijod qilishni afzal ko‘rgan.
Malika Ravshanova
Foto: Instagram / @malika_ravshanova
Xonanda Malika Ravshanova erta olamdan o‘tgan otasining yorqin xotirasi uchun ijodni uning nomi bilan boshlashni afzal ko‘rgan. U avvaliga Malika Ravshan taxallusini tanlamoqchi bo‘lgan, ammo yaqinlari bu nom biroz g‘aliz ekanligini aytishgan.
Guli Asalxo‘jayeva, Bahora Arslonova
Foto: Instagram
Xonanda Guli Asalxo‘jayeva va Bahora Arslonova ham negadir o‘z ismlari bilan tanilishni istashmagan. Xonanda ismidagi bahordan, aktrisa esa guldan voz kechgan. To‘g‘ri tushundingiz, ularning asl ismi Gulbahor.
Afruza
Foto: Instagram / @afruza_officiall
Yosh xonanda Afruza ham ijod uchun ismini biroz qisqartirishga qaror qilgan. Uning asl ismi Dilafro‘z, ammo muxlislar uni Afruza nomi bilan tanishadi.
DJ Piligrim
Foto: Instagram / @djpiligrim
DJ Piligrim’ning asl ismi Ilhom Yo‘lchiyev, ammo u ham faoliyatini jarangli nom bilan boshlashni istagan.
Yakzon
Foto: Instagram /@yakzonchikofficial
Shoir va bastakor Yakzonning hujjatdagi ism-sharifi Shohruh Jo‘rayev.
SanJay
Foto: Instagram / @sanjaymusicofficial
“Men Checheniston xalq artistiman”, deya o‘zbek shou-biznesiga kirib kelgan xonanda SanJayning asl ismi Sanjar Joberdiyev. Ammo rus millatidagi yaqinlari uni qisqa qilib SanJay deyishgan. Bu keyinchalik ijodiy taxallusga aylangan.
Dilso‘z
Foto: Instagram / @dilsoz_singer_new
To‘ng‘ich qizi bilan ism talashib qoladigan Dilso‘zning asl ismi Go‘zal Jumaniyozova. Unga Dilso‘z taxallusini ilk prodyuseri Sardor Rahimxon tanlagan. Xonanda ilk farzandiga taxallusini ism sifatida qo‘ygan.
— To‘ng‘ich qizim bilan ko‘p marta ism talashib qolamiz. Chunki Dilso‘z deyishsa, ikkimiz ham birdan javob beramiz, — deydi xonanda.
Mustafo
Foto: Instagram / @mustafosinger
Xonanda Mustafoning ham asl ismi butunlay boshqa. Uni biror hujjatda Zohid Yusupov ism-sharifi bilan ko‘rib qolsangiz, hayron bo‘lmang.
Kaniza
Foto: Instagram / @kaniza_shahrizoda
Kanizaning asl ismi Shahrizoda Ahmedova. U buvisining ismidan taxallus sifatida foydalanishga qaror qilgan.
Sogdiana
Foto: Instagram / @sogdianamusic
Hozirgi kunda Rossiyada ijod qilayotgan o‘zbekistonlik xonanda Sogdiananing asl ismi Oksana Nechitaylo.
Parizoda
Foto: Instagram / @parizodadancer
Raqqosa Parizodaning asli ism-sharifi Dilnoza Safarova. U raqsni tanlashiga sababchi bo‘lgan buvisining tavsiyasi bilan Parizoda taxallusini tanlagan. Chunki uni bolalikdan oila a’zolari Parizoda deb erkalashardi.
Shahzoda
Foto:Instagram / @shahzodasinger
Xonanda Shahzodaning hujjatdagi ism-sharifi Zilola Musayeva. Shahzoda nomi esa unga prodyuserlik kompaniyasi tomonidan tavsiya etilgan.
Alixan
Foto: Instagram
Keyingi paytlarda jangari filmlarda faol bo‘lib qolgan Alixonning asl ismi Nurmuhammad Husniddinov.
Teatr san’ati rivoji yo‘lidagi muhim qadam
Festival doirasida teatr jamoasi 'Bremen musiqachilari' spektaklini namoyish qilib, xalqaro tomoshabinlar e'tiborini qozondi. Shu bilan birga, yosh tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi.Mazkur ishtirok'O'zbekiston teatr san'ati rivoji yo'lida muhim qadam bo'lib, mahalliy ijodkorlarning xalqaro miqyosdagi muvaffaqiyatini namoyon etadi.
Navoiydan bahra olgan Gʻarb
Alisher Navoiy nafaqat oʻzbek, balki barcha turkiy xalqlarning faxr-u iftixoriga aylangan buyuk mutafakkirdir. Shu paytga qadar turk dunyosida uningchalik katta va sermazmun merosga ega boʻlgan shoirni uchratish qiyin. Alisher Navoiy nafaqat shoir va mutafakkir, balki yirik davlat va jamoat arbobi ham edi. U haqli ravishda oʻziga qadar turkiy tilda hech kim bu qadar yuksak choʻqqilarga chiqa olmaganini namoyish etdi. 'Gʻaroyibus-sigʻar'dan oʻrin olgan bir masnaviyda oʻqiymiz:Men ulmenki,
Vatan manzumasi
Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra
Vatan manzumasi
Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra