Amerikalik bir yashar qizaloq xuddi Buyuk Britaniya qirolichasidek kiyindi. Uning bu obrazi Yelizaveta II ga manzur bo‘ldi

Amerikaning Ogayo shtatida yashovchi bir yashar qizaloqning ota-onasi Xellouin munosabati bilan farzandini Buyuk Britaniyaning qirolichasi Yelizaveta II singari kiyintirib, ushbu obraz aks etgan fotoni Vindzor qasriga yubordi. Shundan keyin ular qirolichaga ushbu surat manzur kelgani mazmunidagi javob xati olgan.
Qizaloqqa och-moviy rang palto va xuddi shu rangdagi shlyapa kiydirilgan. Obraz ko‘k rangli gul, kichkina sumka va o‘ziga xos ko‘rinishdagi qo‘lqop bilan qiziqarli ko‘ringan. Bu ham yetmagandek, ota-onasi qizaloqqa oq rangli parik kiydirgan.
“Ushbu obrazni yaratishda itlarimiz – qizimizning eng yaxshi do‘stlari ekanidan ilhomlandik. Esda qolarli nimadir qilishni istadik. Biz shak-shubhasiz qirollik oilasining muxlisimiz”, – degan qizaloqning onasi.
Qirollik oilasidan kelgan javob maktubida qirolicha qizaloqning mazkur obrazidan quvongani aytiladi.
“Hazrati oliyalari unga maktub yo‘llaganingizni siz tomoningizdan ko‘rsatilgan iltifot deb hisoblaydi. Qirolicha qizingiz Jaleynni qoyilmaqom libosdagi suratini ko‘rib xursand bo‘ldi. Hazrati oliyalari Rojdestvoda juda ham baxtiyor ekaningizga umid qiladi va men Jaleyn xohlashi mumkin bo‘lgan qirollik uy hayvonlari haqida ham biroz ma’lumot berib o‘taman”, — deyiladi javob xatida.
Mavzuga doir:
- Yelizaveta II ning garaji: Buyuk Britaniya qirolichasi qanday mashinalarni xush ko‘radi?
- Yelizaveta II 6 marta Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgan. Bunga uning hech kimning xayoliga ham kelmaydigan xususiyatlari sabab bo‘lgan
- Tabassum, shlyapa va o‘zgarmaydigan soch turmagi. Qirolicha Yelizavetaning chiroyli qarishi siri nimada?
Kun tarixi: 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni
Mamlakatimizda har yili 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Bunda “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi 47/3-sonli qarori huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.Ushbu sanani nishonlashdan asosiy maqsad – butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosi
AQSH Mudofaa vazirligi mamlakat armiyasini sezilarli darajada qisqartirishni koʻrib chiqmoqda
AQSH Mudofaa vazirligi Amerika armiyasini sezilarli darajada qisqartirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda 'CNN' Pentagon tomonidan tayyorlangan hujjatlarga tayanib xabar bermoqda.'Koʻrib chiqilayotgan rejalar orasida jangovar boʻlinmalarni birlashtirish, ehtimol, qoʻshma kuchlarni rivojlantirish va tayyorlash uchun masʼul boʻlgan idorani tugatish hamda AQSH qoʻshinlarining Yaponiyadagi mavjudligini kengaytirmaslik kiradi', ' deyiladi nashrda.Taklif etilayotgan chora-tadbirlar Dona
Vengriya Xalqaro jinoiy sud tarkibidan chiqmoqda
Vengriya Xalqaro jinoiy sud (XJS)dan chiqadi. Bu haqda Vengriya bosh vaziri maʼmuriyati rahbari Gergey Guyyash maʼlum qildi. Tegishli qaror mamlakat hukumati tomonidan qabul qilingan.Uning soʻzlariga koʻra, Vengriya konstitutsiyasi va xalqaro huquqiy bazaga muvofiq vakolatlarni tugatish tartibi 3-apreldan mamlakat vazirlar mahkamasi tomonidan boshlanadi.Shu yilning 3-aprel kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Vengriyaga kelgani maʼlum boʻldi. 2024-yilning 21-noyabrida Xalqaro jinoiy
Buyuk Britaniya yangi radiotoʻlqinli qurolni sinovdan oʻtkazdi
Buyuk Britaniya yangi radiotoʻlqinli qurolni muvaffaqiyat sinovdan oʻtkazdi. Mamlakat Mudofaa vazirligi tomonidan maʼlum qilinishicha, ushbu qurol dronlar toʻdasini bir zumda zararsizlantirishi mumkin.'Urush tabiati oʻzgarganda, bu qurollar dron tahdidlaridan himoyalanish imkoniyatiga ega', ' deyiladi vazirlik bayonotida. Qayd etilishicha, bu qurol yoʻnaltirilgan radiochastota energiya qurolining bir turi hisoblanadi.Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, radiotoʻlqinli qurollar sohasida tadqiq