Turkiy tilli davlatlar Ombudsmanlari hamda Inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar Assotsiatsiyasi tuzildi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ochiq va pragmatik tashqi siyosati, uzoq va yaqin davlatlar bilan oʻzaro munosabatlarni mustahkamlash borasidagi tashabbuslari tufayli keyingi yillarda Oʻzbekistonning turkiy tilli davlatlar bilan mutlaqo yangi – sogʻlom siyosiy va iqtisodiy aloqalari yoʻlga qoʻyildi. Xalqaro hamkorlikning yangi yoʻnalishlari, yangi mexanizmlari joriy etilmoqda.
Mazkur islohotlar natijasida Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov hamda Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova boshchiligidagi delegatsiya Turkiya Respublikasining Bursa shahrida tashkil etilgan Turkiy tilli davlatlar Ombudsmanlari hamda Inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar Assotsiatsiyasini tuzish boʻyicha taʼsis Kengashida ishtirok etishdi.
Yigʻilishda ishtirokchilar tomonidan turkiy tilli davlatlar oʻrtasidagi aloqalar har sohada rivojlanib borayotgan bir paytda ular oʻrtasida inson huquqlarini taʼminlash borasidagi inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar hamkorligini ham yangi bosqichga olib chiqilishi qardosh xalqlar manfaatlariga xizmat qilishi taʼkidlandi. Shuningdek, bu tuzilma, oʻzaro tajriba almashish, malaka oshirish, ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻzlashtirishda platforma vazifasini bajarishi ham qayd etildi.
Muhokamalardan soʻng, Oʻzbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston Ombudsmanlari va Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan Turkiy tilli davlatlar Ombudsmanlari hamda Inson huquqlari boʻyicha Milliy institutlar Assotsiatsiyasini tashkil etish boʻyicha memorandum imzolandi.
Mazkur Assotsiatsiyaga asos solinishi bu tarixiy qaror boʻlib, u turkiy tilli davlatlarning hamjihatligi va izchil taraqqiyotiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Jangchi qizning jasorati
Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Bundan roppa-rosa bir asr avval, yaʼni 1925-yilning yoz oylari. Ukrainaning Xarkov viloyati, Volchanskiy tumanidagi Verxniy Saltov qishlogʻida istiqomat qilayotgan ziyoli oilalarning birida qizaloq dunyoga keldi. Oila boshligʻi Andrey Ivanovich Pixota maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlardi. U farzandlarini ham ilmli, ziyoli insonlar etib tarbiyalashga katta eʼtibor qaratdi. Xususan, qizaloq Vera besh yoshidan nemis tilini oʻrgana boshladi. U 10 ' 12 yoshlar
Sirtqi taʼlim shakliga qabul butunlay yopiladi
Prezidentning tegishli farmoniga asosan, 2025/2026 oʻquv yilidan taʼlimning sirtqi shakliga qabul tugatiladi hamda kunduzgi taʼlimdan boshqa muqobil taʼlim shakllari boʻyicha qabul kvotalari oshiriladi.Ushbu oʻquv yilidan oliy taʼlim tashkilotlarining muqobil taʼlim shakllari boʻyicha umumiy qabul kvotasini kunduzgi taʼlim shakli qabul natijasining 50 foizidan oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi hamda magistratura bosqichida muqobil taʼlim shakllari asosida ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorl
Fargʻonada 27 500 quti noqonuniy tamaki mahsulotlari musodara qilindi
Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida 357 million soʻmlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi. Bu haqda viloyati Bojxona boshqarmasi axborot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, viloyat Bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Tadbir davomida 'Fargʻona-Qoʻqon' yoʻnalishida harakatlanayotgan 'Lacetti' rusumli mashina kuzatuvga olinib, Qoʻqon shahrida joylashgan xonadonlarning biriga kirgan vaqtida ushl
Myanmada garovga olingan Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston fuqarolari qutqarildi
Myanmada odam savdosi qurboni boʻlgan ikki nafar oʻzbekistonlik Vatanga qaytarildi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi'xabar berdi.Oʻzbekistonning Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasi maʼlumotiga koʻra, M.S. va B.V. ismli fuqarolar Myanmada odam savdosi qurboni boʻlganini bildirib, Oʻzbekistonga qaytishda yordam soʻrab murojaat qilgan.Maʼlum boʻlishicha, ular Tailandga internet orqali yuqori maoshli ish taklif qilinganidan soʻng borgan. Biroq Tailandga yetib kelganida, noqonuniy ravis