calendar 06 Mar 08:10
eye 30
comments 0
comments Manba: daryo

Ronald Kuman “Barselona”ning navbatdagi o‘yini uchun qaydnomani e’lon qildi

image

“Barselona” jamoasi La Liga 26-turi doirasida 6-mart, shanba kuni “Osasuna”ga qarshi bahs olib boradi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 7-martga o‘tar kechasi 01:00 da boshlanadi.

Foto: Twitter/@FCBarcelona

Katalonlar ustozi Ronald Kuman uchrashuvga jalb etilgan futbolchilar kengaytirilgan tarkibini e’lon qildi. Undan 21 nafar futbolchi o‘rin olgan.

Uchrashuvni jarohat sabab Xerard Pike, Ronald Arauxo, Serxi Roberto, Ansu Fati va Filippe Koutinyo kabi futbolchilar o‘tkazib yuboradi.

Qaydnomadan joy olgan futbolchilar bilan tanishing:

Darvozabonlar: Mark Andre ter Shtegen, Neto, Inyaki Penya;

Himoyachilar: Samyuel Umtiti, Kleman Langle, Xordi Alba, Xunior Firpo, Serjinyo Dest, Oskar Mingesa, Ilaysh Moriba;

Yarim himoyachilar: Serxio Buskets, Frenki de Yong, Miralem Pyanich, Pedri Gonsales, Rikard Puch, Mateus Fernandes;

Hujumchilar: Lionel Messi, Antuan Grizmann, Usmon Dembele, Martin Breytueyt, Fransishku Trinkau.

Ushbu jamoalar o‘rtasida 1-davradagi o‘yinda katalonlar 4:0 hisobida g‘alaba qozongandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Jul 14:56
 
56
0
xs.uz

Murodjon Yoʻldoshev qozogʻistonlik dzyudochini magʻlub etdi. Navbatdagi raqib kim boʻladi?

Unda ishtirok etayotgan dzyudochimiz jahon chempionati sovrindori Murodjon Yoʻldoshev -73 kggacha boʻlgan vaznda qozogʻistonlik Daniyar Shamshayevni magʻlub etdi.Shu tariqa keyingi bosqichga yoʻl olgan sportchimizga AQSHlik taniqli sportchi Jek Yonezuka yoki moldovalik Adil Osmanov raqiblik qiladi.Avvalroq, dzyudochi Shukurjon Aminova afrikalik sportchini magʻlub etib keyingi bosqichga chiqqanligi haqida maʼlum qilingandi.

26 Jul 10:19
 
31
0
qalampir.uz

Makron bilan ko‘rishgan o‘zbekistonlik murabbiy bokschilarning imkoniyatini yuqori baholadi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Fransiyaning Nansi shahridagi mashg‘ulotlarni yakunlab, hozirda Parijda Olimpiada bahslari uchun adaptatsiya jarayonlarini o‘tkazmoqda. Bu haqda terma jamoa murabbiyi Farrux Qilichev QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. “Nansidagi ikki haftalik mashg‘ulotimiz tugadi. Bokschilar bahslarga a’lo darajada tayyorgarlik ko‘rdi. 5 yildan buyon mana shu jamoaga murabbiylik qilyapman. Bungacha hech qachon bolalar bugungidek yaxshi formada bo

26 Jul 10:19
 
40
0
qalampir.uz

Parijga sportchilar uchun O‘zbekistondan maxsus ovqatlar jo‘natildi

Parijda bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolariga milliy taomlar jo‘natildi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. “Yirik kompleks musobaqalarda sportchilarimiz hech qachon taomlardan qiynalmagan. Davlatimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan har bir musobaqalarda atletlarimiz uchun milliy taomlarimiz keltiriladi", deyiladi manba xabarida. Qayd etilishicha, Parijda ham delegatsiya a’zolariga ovqatlanishlari uchun alohida sharoit ya