calendar 20 Nov 01:36
eye 6
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzimiz aziyat chekib qolmaylik

image
Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda tibbiyot sohasining rivojlanishi sogʻliqni saqlash borasidagi yutuqlarga sabab boʻlmoqda. Ayniqsa, tibbiy xizmat koʻrsatish jarayoni har bir xonadongacha kirib borgani eʼtirofga molik.

Biroq oyning-da yuzida dogʻ boʻlgani kabi muammolar ham yoʻq emas. Andijon viloyatida 850 dan ortiq davolash va tibbiyot muassasalari mavjud boʻlib, ulardan bir yilda oʻrtacha 1240 tonna chiqindi hosil boʻladi. Shundan 514 tonnasi maxsus korxonalar tomonidan utilizatsiya qilinsa-da, qolgan qismi maishiy chiqindilarga aralashtirilgan holda tashlab yuborilmoqda.

' Chiqindini utilizatsiya qilish boʻyicha noqonuniy faoliyat olib borayotgan korxonalar ham yoʻq emas, ' deydi Andijon viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi xodimi Lochinbek Isomiddinov. ' Ularning noqonuniy xatti-harakatlariga chek qoʻyish orqali atrof-muhitga, insonlar salomatligiga jiddiy zarar yetkazilishining oldini olish mumkin. Ana shu maqsadda viloyatdagi 110 ta sogʻliqni saqlash va tibbiyot muassasalarida nazorat tadbirlari oʻtkazildi. Natijada ayrim tibbiyot muassasalarida chiqindilarni qoʻlbola usulda tayyorlangan, amaldagi talablarga javob bermaydigan moslamalarda utilizatsiya qilish yoki maishiy chiqindilarga qoʻshib yuborish holatlari ham kuzatildi. Bu kabi hodisalarga barham berish maqsadida 39 nafar mansabdor va 55 nafar masʼullarga nisbatan 92,5 mln. soʻm miqdorida maʼmuriy jarimalar qoʻllanildi.

Mutaxassislarning maʼlum qilishicha, bir kishi bir kunda 650-750 gramm miqdorida chiqindi hosil qiladi. Buni korxona-tashkilotlar misolida hisoblaydigan boʻlsak, ancha kataklarni toʻldirishga toʻgʻri keladi. Biroq gap ularning miqdorida emas, balki yetkazadigan zarardadir. Shunday ekan, chiqindilarni zararsizlantirish, yoʻq qilish jarayoniga har birimiz masʼul boʻlmogʻimiz kerak. Aks holda, oʻzimiz hosil qilgan zarardan oʻzimiz aziyat chekishimiz muqarrar.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:39
 
40
0
xs.uz

“Avitsenna” nomli milliy brend yaratiladi. U qaysi sohani qamrab oladi?

Shavkat Mirziyoyevning 'Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi Qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Xabar qilinishicha, qarorga muvofiq, 'Tibbiy xizmatlar mehmondoʻstligi' ('Medical service hospitality') dasturi amalga oshiriladi. Shuningdek, bu orqali 'Avitsenna' nomi ostida Oʻzbekistonning tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmi brendi ishlab chiqiladiBundan ta

29 Oct 20:48
 
25
0
xs.uz

Qoraqoʻrgʻonda sel oqiza olmaydigan koʻprik qurildi

Qudratilla NAJMIDDINOV/'Xalq soʻzi'. Namangan viloyati Chust tumanining qoʻshni Qirgʻiz Respublikasi bilan chegaradosh Qoraqoʻrgʻon mahallasida 4,5 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Hududdan oʻtgan Koʻkseraksoy ustiga hashar yoʻli bilan qurilgan koʻprikni tez-tez sel olib ketishi jiddiy muammoga aylangan edi. Aholining tegishli idoralarga murojaati bilan masala yaqinda yechimini topdi ' koʻprik yangilandi. Yangilanibgina qolmay, har qanday selga bardosh bera oladigan qilib butunlay

29 Oct 20:49
 
21
0
xs.uz

583-saylov uchastkasida ham ovoz berish jarayonlari bohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endlib ohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endtmoqda

Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi tashkil etilgan 583-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlari qizghtml5-dom-document-internal-entity2-39-endin davom etmoqda.Saylovchilar soni 2870 ta. Shundan 16 nafar saylovchi muddatdan oldin ovoz bergan. Shu bilan birga 31 nafar birinchi marta ovoz beruvchilar ishtiroki kutilmoqda.Foto: Yunus Bo'riyev / 'Xalq so'zi'