calendar 20 Nov 01:36
eye 11
comments 0
comments Manba: xs.uz

DXX yoʻl qurilishi sohasidagi poraxoʻrlik holatini fosh qildi

image
Yoʻl qurilishi boʻyicha buyurtma olib berish uchun 50 ming AQSH dollari talab qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda 'Xavfsizlik' Telegram kanalida maʼlum qilindi.

Qayd etilishicha, yoʻl qurilishi hamda taʼmirlash faoliyati bilan shugʻullanuvchi masʼuliyati cheklangan jamiyat rahbari N.Sh. osonlikcha pul topish ilinjida oʻzganing ishonchiga kirgan.

Unga 'Toshkent-Boysun' avtoyoʻlini qurish va taʼmirlash loyihasi boʻyicha tender gʻolibi boʻlgan xorijiy kompaniyaning qiymati 500 ming dollarlik qurilish ishlarini bajarish boʻyicha buyurtmasini olib berishini aytib, evaziga uning pul miqdorining 10 foizini talab qilgan.

N.Sh. kelishilgan 50 ming dollar olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ushlangan.

Taʼkidlanishicha, ayblanuvchi muqaddam bir necha marotaba sudlangan boʻlishiga qaramasdan, oʻz xatolaridan toʻgʻri xulosa chiqarmagan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Nov 04:57
 
14
0
xs.uz

“Banan oʻzimizning bogʻdan”

Qudratilla NAJMIDDINOV/'Xalq soʻzi'. Norin tumanining Norinkapa qishlogʻi omilkor dehqon va bogʻbonlari bilan Namangan viloyatida taniqli. Uning etagidan oqib oʻtgan daryoning moʻl-koʻl suvidan bahramand yerlarida qay bir daraxt yoki ekinni ekmang bexato koʻkaradi. Kutilgandan avval hosilga kirib, koʻngilni chogʻ qiladi. Shundan mahalliy tomorqachi va tadbirkorlarning ishi yurishgan.' Hamqishloqlarimizning katta qismi asosan yerdan baraka topayotgan insonlar, ' deydi mehnat faxriysi Zok

01 Nov 21:29
 
27
0
xs.uz

Samarqandda erkak oʻzini yuk mashinasi ostiga tashlab, joniga qasd qildi

Samarqand viloyatida 41 yoshli erkak oʻzini yuk mashina ostiga tashlab joniga qasd qildi. Bu haqda''Xalq soʻzi'ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlumot berdi.Bildirilishicha, hodisa 27-oktyabr kuni soat 12:30 larda Paxtachi tumani 'Amirobod' mahallasidan oʻtuvchi M-37 avtomobil yoʻlining Samarqand-Buxoro yoʻnalishi 139-km da sodir boʻlgan.Xatirchi tumani 'Polvonota' mahallasida yashagan 41 yoshli ruhiy kasal A.B. fuqaro Yu.Y. boshqaruvida boʻlgan Man yuk avtomashina

29 Oct 20:49
 
27
0
xs.uz

Tadbirkordan ortiqcha hujjat soʻragan davlat organlari javobgarlikka tortiladi

Qayd etilishicha, kecha, 21-oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan Qonun [OʻRQ-979-son, 21.10.2024-y.] bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish kiritilgan.Qonunga koʻra, tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistika maʼlumotlarining yagona roʻyxatiga kiritilmagan statistika, moliya, soliq hisobotini va boshqa hisobotni, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilmagan oʻzga hujjatlarni, shu jumlada

29 Oct 20:49
 
22
0
xs.uz

Bolalarga nisbatan oilaviy zoʻravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilandi

Qonunga koʻra, Jinoyat kodeksiga va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga bolalarga nisbatan oilaviy zoʻravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksiga oilaviy (maishiy) zoʻravonlik bilan bogʻliq ishlar yuzasidan yarashuv toʻgʻrisidagi ariza faqat sud muhokamasi bosqichida berilishi mumkinligi belgilanmoqda.Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.