Oʻzbekiston Qatarga qarshi: bugungi oʻyin haqida nimalar maʼlum?
Uchrashuvda koreyalik hakamlar brigadasi, Kim Jonghyok boshligidagi jamoa ishlaydi. Shuningdek, mezbonlar qizil libosda, Oʻzbekiston jamoasi oq liboslarda maydonga tushishi ham maʼlum qilingan.
Guruhdagi vaziyatga kelsak, 4 turdan soʻng Oʻzbekiston va Eron bir xil 10 ochkodan toʻplab, jadvalni boshqarib turibdi. Qatarda esa 4 ochko bor va 4-oʻrinda ketmoqda.
Oʻzbekiston hamda Qatar jamoalari 15 bor rasmiy uchrashuvlarda qatnashgan. Uchrashuvlarning 9 tasida oʻzbekistonliklar gʻalaba qozongan, 4 uchrashuvda qatarliklarning qoʻli baland kelgan. Bahslarning 2 tasida durang qayd etilgan.
Soʻnggi uchrashuv ikki jamoa oʻrtasida Osiyo Kubogi doirasida kechgan edi. Uchrashuvning asosiy vaqtida durang qayd etilgan oʻyinda Oʻzbekiston jamoasi penaltilar seriyasida 2:3 hisobida magʻlub boʻlgandi.
Maʼlum qilinishicha, isteʼdodli hujumchi Oston Oʻrunov uchrashuvda qatnasha olmaydi. Uning oʻrniga 'Neftchi' klubi futbolchisi Azizbek Amonov jalb etilgan. 'Qolgan barcha futbolchilar bahsga tayyor', deyiladi xabarda. Qatarda esa yoʻqotishlar yoʻq.
2025-yilni hamyurtlarimiz Toshkentda Qirgʻizistonga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. Katanes shogirdlari nazariy jihatdan imkoniyatlari oʻzlari bilan teng jamoalarga qarshi navbatdagi 3 bahsda 9 ochko olishni uddalasa, 2026-yilgi Jahon chempionatiga chiqishi mumkin. Bu uchun forslarda ham ishonchli oʻyin boʻlishi kerak.
Qatar ' Oʻzbekiston uchrashuvi 14-noyabr Toshkent vaqti bilan 21:15 da Jassim bin Hamad stadionida start oladi.
“Oltin toʻp”ga kim loyiq? Messi oʻz tanlovini amalga oshirdi
Argentina terma jamoasi hamda 'Inter Mayami' hujumchisi Lionel Messi 2024-yilgi 'Oltin toʻp'ni hamma taxmin qilayotganidek 'Real Madrid va Braziliya terma jamoasi aʼzosi Vinisius emas, oʻzining terma jamoadagi sherigi qoʻlga kiritishi kerakligini bildirdi. Bu haqda 'Goal' nashri yozgan.Gap shundaki, 8 karra 'Oltin toʻp' sohibi Argentina va 'Inter' jamoasi aʼzosi Lautaro Martines 'Oltin toʻp'ni qoʻlga kiritishi kerak deb hisoblaydi.'U juda ajoyib mavsum oʻtkazdi. Amerika Kubogida eng yax
Nodirbek Abdusattorovni toʻxtatib qolish kimga nasib qiladi? Bugun u 3 ta mezbonga qarshi dona suradi
Hindistonning Kalkutta shahrida shaxmat boʻyicha 'Tata Steel Chess India' turniri boʻlib oʻtmoqda. Unda hamyurtimiz, Oʻzbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etmoqda.Qayd etish kerakki, oʻz tarixida oltinchi bor oʻtkazilayotgan nufuzli musobaqaning mukofot jamgʻarmasi 41 ming 500 AQSH dollarini tashkil etadi. Turnir 9 tur rapid (25+10) va 18 tur blis (3+2) yoʻnalishida oʻtkaziladi.Rapid va blis yoʻnalishlari uchun alohida gʻolib aniqlanadigan 'T
Isroil Madrimov rasman “Usik—Fyuri 2” boks kechasida jang qiladi. Uning raqibi Ukrainadan
21-dekabr kuni Saudiya Arabistonining poytaxti Ar-Riyodda 'Tayson Fyuri ' Aleksandr Usik 2' boks oqshomi doirasida boʻlib oʻtadigan barcha janglar maʼlum boʻldi. Gap shundaki, ushbu jang kechasining ikkinchi asosiy jangi aynan hamyurtimiz ishtirokida boʻlib oʻtadi. Bu haqda 'Matchroomboxing' xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, ushbu boks kechasidan 6 ta asosiy jang oʻrin olgan boʻlib, hamyurtimiz ancha kuchli raqibga qarshi ringga koʻtariladi.Ushbu kechada quyidagi janglar boʻlib oʻtadi
Oʻzbekiston futzal jamoasi bosh murabbiyi ishdan ketdi
Oʻzbekiston futzal terma jamoasini boshqargan ispaniyalik mutaxassis Xose Venansio Lopes mamlakatdagi murabbiylik faoliyatini yakunladi. Bu haqda Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi matbuot xizmati'xabar berdi.Bildirilishicha, kecha, 7-oktyabr kuni OʻFA rahbariyati hamda bosh murabbiy qatnashgan yigʻilishda milliy jamoaning Oʻzbekistonda oʻtgan musobaqadagi ishtiroki tanqidiy koʻrib chiqilgan. Yigʻilish avvalida OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ispaniyalik mutaxassisga term