Endilikda ayrim oʻquvchilar xorijiy davlatlarga taʼlim sayohatiga yuboriladi
Qarorga koʻra, musiqa madaniyati fani oʻqituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash boʻyicha milliy baholash tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
2025-yil 1-martdan boshlab musiqa madaniyati fani oʻqituvchilari uchun nazariya va amaliyot uygʻunlashtirilgan holda malaka oshirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
2025-yil 1-sentyabrdan boshlab:
bolalar musiqa va sanʼat maktablarining belgilangan oʻquv dasturlarini toʻliq yakunlagan, umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomaga ega boʻlganlarga 'Barkamol avlod' bolalar maktablarida toʻgarak rahbari sifatida ishlashi;
madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi OTMlarida psixologiya va pedagogika fanlarini oʻrgangan musiqa yoʻnalishi bitiruvchilariga maktablarda musiqa madaniyati fanini oʻqitishi mumkin.
2025/2026 oʻquv yiliga qadar musiqa madaniyati fani oʻqituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash boʻyicha milliy baholash tizimi ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi.
2025/2026 oʻquv yilidan boshlab madaniyat yoʻnalishida kadrlar tayyorlaydigan OTMlarda psixologiya va pedagogika fanlarini oʻqitish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.
2025-yil 1-apreldan boshlab:
maktablarda 'Iqtidor' badiiy havaskorlik jamoalari tashkil etiladi;
jamoalar oʻrtasida 'Iqtidor maktab ansambli' respublika tanlovi oʻtkaziladi.
Tanlovning respublika bosqichi gʻoliblari xorijiy davlatlarga taʼlim sayohatiga yuboriladi.
“Avitsenna” nomli milliy brend yaratiladi. U qaysi sohani qamrab oladi?
Shavkat Mirziyoyevning 'Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi Qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Xabar qilinishicha, qarorga muvofiq, 'Tibbiy xizmatlar mehmondoʻstligi' ('Medical service hospitality') dasturi amalga oshiriladi. Shuningdek, bu orqali 'Avitsenna' nomi ostida Oʻzbekistonning tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmi brendi ishlab chiqiladiBundan ta
Qoraqoʻrgʻonda sel oqiza olmaydigan koʻprik qurildi
Qudratilla NAJMIDDINOV/'Xalq soʻzi'. Namangan viloyati Chust tumanining qoʻshni Qirgʻiz Respublikasi bilan chegaradosh Qoraqoʻrgʻon mahallasida 4,5 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Hududdan oʻtgan Koʻkseraksoy ustiga hashar yoʻli bilan qurilgan koʻprikni tez-tez sel olib ketishi jiddiy muammoga aylangan edi. Aholining tegishli idoralarga murojaati bilan masala yaqinda yechimini topdi ' koʻprik yangilandi. Yangilanibgina qolmay, har qanday selga bardosh bera oladigan qilib butunlay
Toshkentda “Lacetti” va “Malibu” ishtirokida YTH yuz berdi
Toshkentda 'Lacetti' va 'Malibu' ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt YHXB axborot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 23-sentyabr kuni soat 21:30 larda Yakkasaroy tumani Yusuf Xos Hojib koʻchasi 13-uy qarshisida yuz bergan. Oʻsha kuni 2002-yilda tugʻilgan A.K. 'Malibu' rusumli avtomashinasi va haydovchi, 1996-yilda tugʻilgan M.Q. boshqaruvida boʻlgan 'Lacetti' rusumli avtomashinalari oʻzaro toʻqnashgan.YTH oqibatida Lacetti rusumli a
Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 553-saylov uchastkasida saylov jarayonlaridan fotoreportaj
Foto: Sirojiddin Vohidov / 'Xalq so'zi'