calendar 18 Nov 04:57
eye 34
comments 0
comments Manba: xs.uz

Tabiatning doʻsti koʻp, dushmani-chi?

image
Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Vobkentlik Halim Turdiyevga oʻz istiqomat qilayotgan 'Oʻzbakon' mahallasida tabiat oshuftasi, deya taʼrif berishadi. Bu gapda mubolagʻa yoʻq. Bir muddat xorijda ishlab, dunyo koʻrgan yigit toʻrt yilcha muqaddam moʻjazgina oʻrmon barpo etish maqsadini koʻngliga tugdi.

Hovlisining shundoq yonida qarovsiz yotgan tepalik bor. Shu tepalikdan 15 sotix yerni obod qildi. Ninabargli archa, qaragʻay, kashtan kabi manzarali daraxt koʻchatlarini oʻtqazdi. Ularni sugʻorish muammo edi. Idishda suv tashishiga toʻgʻri keldi. Koʻchatlar ostini yumshatdi. Zararkunandalarga qarshi doriladi. Xullas, halovat bilmadi.

' Buni qarangki, til-u zabonsiz oʻsimliklar ham inson mehrini his etarkan, ' deydi qahramonimiz. ' Koʻchatlarim avj olib oʻsdi. Koʻrib turganingizdek, yoʻl yoqasida kichik bir oʻrmonzor paydo boʻldi.

Ishning baroridan kelganini koʻrgan Halim aka tepalikning bir qismida olma, oʻrik kabi mevali daraxt koʻchatlari parvarishiga kirishdi. Uzumzor ham barpo etyapti.

' Halim Turdiyevga oʻxshagan tabiat oshuftasi boʻlgan fidoyi insonlar juda koʻp, ' deydi Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Buxoro viloyat Kengashi raisi Jahongir Sharipov. ' Ular shu kunlarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan 'Yashil makon' umummilliy loyihasi ijrosida ham faollik koʻrsatmoqda. Daraxtga kelsak, uning havodagi karbonat angidridni yutib, kislorod ishlab chiqarishi barchamizga maʼlum. Lekin daraxtning ona tabiatimiz, salomatligimiz uchun foydali jihati shu bilan chegaralanib qolmaydi. U yerdagi tuproqni mustahkam ushlaydi. Ildizi suvni filtrlab, ob-hayot sifatini yaxshilaydi. Soyasi esa jazirama yozda jonning rohatidir.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, daraxt oʻzidan suv bugʻi ajratib chiqaradi va shu tariqa ob-havo harorati oʻrtasida katta farq boʻlib ketishiga koʻz ilgʻamas toʻsiq vazifasini bajaradi. Yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, daraxt nabotot olamining rang-barangligiga hissa qoʻshadi. Deylik, bir daraxt turining batamom yoʻqolib ketishi koʻplab hayvon turlarining barham topishiga sababchi boʻlishi mumkin.

Bu masalaga alohida toʻxtalishimiz bejiz emas. Mana, saksovulni olib koʻring. Qorovulbozor tumanida joylashgan Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga borganda saksovulzor-u yulgʻunzorlarga koʻzingiz tushadi. Sahro bagʻridagi korxona jamoasi tomonidan ularning har bir tupi asrab-avaylanmoqda. Negaki, sahro ekotizimini muhofaza qilishda oʻsimliklar, xususan, saksovulning ahamiyati juda katta. Tabiatning moʻjizasini qarangki, u yerga chuqur ildiz otadi. Shu yoʻl orqali suvga boʻlgan ehtiyojini qondiradi. Qurgʻoqchilikka bardoshli saksovul choʻlda tuproq koʻchishiga toʻsiq boʻladi. Bargi esa tuya va qoʻylar uchun toʻyimli ozuqa hisoblanadi.

Endi insof bilan ayting-chi, shunday foydali oʻsimlikka bolta koʻtargan kishini ona tabiatning dushmani demay boʻlarkanmi?

Gap shundaki, ayrim yurtdoshlarimiz daraxt kesish, saksovulzorlarni payhon qilishdan tap tortishmayapti. Viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasidan olingan maʼlumotlarga qaraganda, joriy yilning oʻn oyida saksovul butalarini noqonuniy kesish bilan bogʻliq 73 ta holat aniqlangan. Bu ishga qoʻl urgan kimsalar jami 738 million soʻm miqdorida jarimaga tortilgan. Tabiatga yetkazilgan zarar esa 383 million soʻmga baholangan. Cherkez, qandim, yulgʻun kabi choʻl oʻsimliklarini noqonuniy kesish hollari ham taassufki, uchrab turibdi. Koʻza kunda emas, kunida sinadi, deganlaridek, bu kabi nojoʻya ishlarga qoʻl urganlar qilmishi birma-bir fosh etilyapti. Umuman, viloyatda daraxt va butalarni noqonuniy kesishga aloqador 297 ta holat aniqlangan. Huquqbuzarlar jami 1 milliard 636 million soʻm miqdorida jarimaga tortilgan.

Oʻzlari anglab-anglamay nabotot olami kushandasiga aylangan bu kimsalar bir tup daraxt yoki saksovulning oʻsib, navqiron yoshga yetishi uchun yillar kerak boʻlishini nahotki, his etishmaydi?!

... Yana Halim Turdiyev yaratgan moʻjaz oʻrmonzorga qaytamiz. Bu yerdan oʻtgan kishining bahri-dili ochiladi. 1500 tup archadan taralayotgan toza havodan toʻyib-toʻyib nafas oladi. Shunday yashil goʻshani yaratganning haqiga duoga qoʻl ochadi.

Ha, xalqimizning topib aytganicha bor: yaxshidan bogʻ qoladi.

Binobarin, ona tabiatning chin doʻsti boʻlmogʻimizga nima yetsin!


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:53
 
27
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining '2025-yilda aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish yoʻlida bir qator yangi mexanizmlar joriy etiladi.2025-yilda aholini ish bilan taʼminlash dasturi doirasida 5,2 million aholini daromadli mehnat bilan taʼminlash rejalashtirilgan. Bu maqsadda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbu

27 Jan 00:53
 
28
0
xs.uz

Prezident Farmoni bilan “Made in Uzbekistan” dasturi ishga tushiriladi

Oʻzbekiston Prezidentining 2025'2027-yillarda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida qayta ishlash zanjirini rivojlantirish boʻyicha Farmoni qabul qilindi. Ushbu hujjat tarmoqning barqaror rivojlanishini taʼminlash, eksport hajmini oshirish va xalqaro bozorlarda milliy mahsulotlarni keng targʻib qilishga qaratilgan.Farmon doirasida bir qator maqsadli koʻrsatkichlar belgilangan boʻlib, 2025-yilda eksportni 4 milliard, 2026-yilda 5 milliard, 2027-yilga kelib esa 7 milliard AQSH dollariga

27 Jan 00:53
 
27
0
xs.uz

270,3 million yoʻlovchi… Toshkent metropolitenidan foydalanish 57 foizga oshdi

2024-yilda Toshkent metropolitenida jami 270,3 million nafar yoʻlovchi tashildi. Bu haqda Statistika agentligi maʼlumot berdi. Ushbu koʻrsatkich 2023-yil bilan solishtirilganda 98,3 million nafar yoki 57,2 foizga oshgani qayd etilgan.Metropolitenda yoʻlovchilar oqimi oxirgi yillarda izchil oʻsish tendensiyasini koʻrsatmoqda. Agar 2020-yilda faqat 38,8 million nafar yoʻlovchi tashilgan boʻlsa, 2021-yilda bu raqam 101,8 millionga yetdi. 2022-yilda esa 136,7 million yoʻlovchi xizmatdan foy

31 Jan 15:21
 
19
0
xs.uz

Samarqand viloyatining bir qator shahar va tumanlarining chegaralarini o‘zgartirish masalasi ko‘rib chiqildi

Joriy yil 31 yanvar kuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo'mitasining majlisi bo'lib o'tdi. Unda Senat a'zolari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari doimiy komissiyalari raislari, ekspertlar, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Majlisda 'O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-moddasiga o'zgartirish kiritish to'g'risida'gi Qonun muhokama qi