Mamlakatimizning mazkur tashkilotda ishtirok etishi, oʻz navbatida, Turkiy davlatlar bilan savdo-sotiq, transport infrastrukturalari, turizm va madaniy gumanitar sohalarda oʻzaro aloqalarning yangi qirralari va imkoniyatlarini ishga solish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Davlatimiz rahbari Bishkek sammitidagi nutqining avvalida Yaqin Sharqda davom etayotgan adolatsiz urush va kuzatilayotgan ikki yoqlama standartlar haqida mulohazalarini bildirib, turkiy davlatlarni umumiy manfaatlardan kelib chiqib, xalqaro muammolar boʻyicha yakdil va aniq pozitsiyani faol ilgari surishga daʼvat etdi va ushbu oʻrinda bagʻrikeng oʻzbek xalqi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastin qochoqlariga yordam berish boʻyicha maxsus agentligi faoliyatini cheklashga qaratilgan harakatlarni keskin qoralashini maʼlum qildi.
Afgʻoniston muammosi barqaror xavfsizlik masalasining diqqat markazida doimo boʻlishi kerakligini taʼkidlab, Afgʻonistonni mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga keng jalb etish lozimligini qayd etdi.
Bishkek sammiti doirasida qabul qilingan tarixiy hujjat ' Turkiy dunyo xartiyasining qabul qilinishi turkiy dunyoni yanada jipslashtirishi, aʼzo mamlakatlar bilan aloqalarning har jihatdan mustahkamlashiga zamin yaratishi yurtboshimiz tomonidan eʼtirof etildi.
Jahondagi beqaror geosiyosiy vaziyat fonida Turkiy davlatlar bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishi zarurligi taʼkidlanib, Turkiy davlatlarning strategik sheriklik, abadiy doʻstlik va qardoshligi toʻgʻrisidagi shartnomasini qabul qilish tashabbusi ilgari surildi.
Qardosh xalqlarimizni bir-biriga yanada yaqinlashtirish, yoshlarimizni ajdodlarimizga munosib ruhda tarbiyalash maqsadida turkiy ellar folklorining koʻp jildli majmuasini aʼzo mamlakatlar tillarida nashr etish tashabbusi oʻzbek ziyolilari tomonidan iliq kutib olindi. Chunki Prezidentimiz tashabbusi bilan chop etilgan 'Turkiy xalqlar adabiyoti'ning 100 jildligi majmuasi turkiy xalqlar adabiyotiga oshufta insonlar uchun munosib sovgʻa boʻldi desak, mubolagʻa boʻlmaydi.
Bu oʻrinda yana bir jihatni zikr etish maqsadga muvofiq. Yurtboshimiz tashabbusi bilan turkiy davlatlarni bahamjihat boʻlishiga erishish maqsadida koʻplab loyihalar, yirik anjumanlar bir necha yildan buyon mamlakatimizda oʻtkazilmoqda. Xususan, respublikamizga rasmiy tashrif bilan kelgan davlat rahbarlari ishtirokida ikki xalq sanʼatkorlarining birgalikda doʻstlik konsertlarini uyushtirishi, ildizi bevosita turkiy xalqlarga borib taqaladigan maqom, baxshichilik yoʻnalishlarida xalqaro festivallarning yuqori saviyada tashkil etilishi, har ikki xalqning qalbidan chuqur joy egallagan sanʼatkorlar, ziyolilarga davlat mukofotlarining topshirilishi (Ozarbayjon, Qirgʻiz Respublikasi) anʼana tusiga kirdi va bunday madaniy diplomatiya sohasidagi ezgu harakatlar doʻstlik rishtalarini faqatgina mustahkamlash uchun xizmat qiladi.
Maʼnaviy tahdidlar kuchayib borayotgan bugungi ogʻir ijtimoiy vaziyatda 'Turkiy mamlakatlar tarixi' nomli fundamental tadqiqotlarni yaratish gʻoyasi esa yoshlarimizda gʻoyaviy kurashlarda mafkuraviy immunitetni kuchaytirishi bilan nihoyatda ahamiyatlidir.
Turkiy tillardan qilingan tarjima ishlarini ragʻbatlantirish mexanizmini ishlab chiqish, taʼlim muassasalarida turkiy xalqlar va ularning tarixi, etnografiyasi, madaniyati va sanʼati haqida fakultativ darslarni joriy etish tashabbusi esa yosh avlod qalbida oʻz tarixi, millati, Vataniga nisbatan muhabbatni goʻdaklikdanoq ongu shuuriga muhrlaydi.
Oʻzbekistonning Turkiy madaniyat va meros jamgʻarmasiga toʻlaqonli aʼzo boʻlishi mamlakatimiz milliy sanʼati, tarixi, adabiyotini dunyo xalqlariga tarannum etishimizda koʻprik vazifasini oʻtaydi.
Eldor Shermonov,
Yunus Rajabiy nomidagi milliy musiqa sanʼati instituti rektori v.v.b.,
pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent
583-saylov uchastkasida ham ovoz berish jarayonlari bohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endlib ohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endtmoqda
Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi tashkil etilgan 583-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlari qizghtml5-dom-document-internal-entity2-39-endin davom etmoqda.Saylovchilar soni 2870 ta. Shundan 16 nafar saylovchi muddatdan oldin ovoz bergan. Shu bilan birga 31 nafar birinchi marta ovoz beruvchilar ishtiroki kutilmoqda.Foto: Yunus Bo'riyev / 'Xalq so'zi'
Namanganda bir oilaning 3 aʼzosi is gazidan zaharlanib vafot etdi
Unga koʻra, holat Pop tumani 'Iskovut' MFY Qoʻrgʻontepa koʻchasida sodir boʻlgan. 1988-yilda tugʻilgan A.B. (erkak) voyaga yetmagan farzandlari 2014-yilda tugʻilgan O.A. hamda 2010-yilda tugʻilgan A.A. yashash xonadonida isitish uchun oʻrnatilgan, qoʻlbola usulda tayyorlangan pechkaga yoqilgan tabiiy gazdan chiqqan is gazidan zaharlanib, vafot etgan.Shuningdek, xonadonda boʻlgan erkakning turmush oʻrtogʻi G.M. is gazidan zaharlanib, ogʻir holatda tibbiyot birlashmasiga olib borilga
Shavkat Umurzoqov Toshkent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi
Bugun, 6-noyabr kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.Unda Toshkent shahar Hududiy saylov komissiyasi raisi Abdulla Magrupovning 27-oktyabrda boʻlib oʻtgan saylov yakunlari toʻgʻrisidagi axboroti tinglandi.Sessiyada deputat Rustam Kalonov Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi raisi etib saylandi.Tadbirda xalq deputatlari Toshkent shahar kengashiga saylangan deputatlarn
“Ko‘ksimni kuydirgan alanga”
Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasida Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir Muhammad Ismoilning 'Boshimdagi tojim onam' va uning ijodi haqida zamondoshlari fikrlari jamlangan 'Qatorda noring bo'lsa', 'Ochiq osmon ostida' nomli kitoblarning taqdimoti bo'lib o'tdi.'Ko'ksimni kuydirgan alanga' deya nomlangan adabiy-badiiy kechaga shoir-yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar, ijodkorning do'stlari va yaqinlari, talaba yoshlar jam bo'ldi.Tadbirda so'zga chiqqanlar shoirning hayoti va ij