calendar 11 Nov 03:17
eye 13
comments 0
comments Manba: xs.uz

Fargʻonada kuchli taʼsir qiluvchi dorilar savdosi bilan shugʻullanganlar ushlandi

image
Fargʻona viloyatida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti'xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qoʻqon shahri boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda shahardagi Furqat koʻchasi boʻylab harakatlanib kelgan 'Bestune T99' rusumli avtomashina toʻxtatilib koʻzdan kechirilgan.

Tekshiruv davomida noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan U.X. va boshqalarga tegishli 2 dona polipropilen qopda inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi 1 359 dona 'Tropikamid', 3 360 dona 'Regapen' va 10 dona 'Selofen' nomli dori vositalari hamda 1 dona idishga quyilgan rangsiz suyuqlik borligi aniqlan. Ushbu vositalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Nov 04:57
 
13
0
xs.uz

Kichik halqa avtomobil yoʻlining bir qismi vaqtincha yopildi

Maʼlum qilinishicha, koʻcha bugun, 16-noyabr kuni 08:00 dan 24:00 gacha yopiladi.Bunga Olmazor tumanida olib boriladigan yoʻl taʼmirlash ishlari sabab boʻladi.

18 Nov 04:58
 
6
0
xs.uz

Xizmatda jarohatlangan harbiylar moliyaviy himoyaga ega boʻladi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi bilan harbiy xizmatchilar va maxsus unvonlarga ega xodimlar uchun davlat majburiy sugʻurtasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Ushbu nizom davlat xizmatida yaradorlik yoki nogironlikka duch kelgan harbiy xizmatchilarga sugʻurta toʻlovlarini amalga oshirishni belgilaydi. Hujjat 2024-yil 8-noyabrdan kuchga kirgan. Bu haqda 'Norma.uz' xabar berdi.Nizomga koʻra, sugʻurtalangan shaxs favqulodda holatlarda yoki harbiy xizmat davomida

20 Nov 01:36
 
6
0
xs.uz

Namanganda sayyohlik xizmatlari eksporti 190,8 million dollarga yetdi

Qudratilla NAJMIDDINOV/'Xalq soʻzi'. Oʻzining goʻzal tabiati, uzoq tarixga ega osori-atiqalari bilan sayohat ishqibozlarini chorlab kelgan Namanganda bugun 300 ga yaqin turistik manzillar faoliyat koʻrsatmoqda. Joriy yilning oʻtgan davrida ularga yetti millionga sayyohlar tashrif buyurib, xizmatlar hajmi 370 million AQSH dollaridan ortdi. Ushbu koʻrsatkichning 190,8 million dollari 600 mingga yaqin xorijiy fuqarolar hissasiga toʻgʻri keladi.Aytish lozimki, sohani rivojlantirishning istiq

09 Oct 12:39
 
37
0
xs.uz

Surxondaryoda “Jiguli” kanalga tushib ketdi

Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumanida kanalga tushib ketgan avtomashina chiqarib olindi. Bu haqda'Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 8-oktyabr kuni soat 09:48 da yuz bergan. FVBga Guliston mahallasi hududidan oqib o'tuvchi Zang kanaliga shu atrofda yashovchi fuqaroning VAZ-2106 avtomashinasi tushib ketgani haqida xabar kelib tushgan.FVV qutqaruvchilari maxsus texnika va'asbob-anjomlar yordamida avtomobilni kanaldan chiqarib olgan. Avto