calendar 11 Nov 03:17
eye 15
comments 0
comments Manba: xs.uz

Ikki viloyatda imtiyozli kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan shaxslar ushlandi

image
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kitob tumani boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. Unda hududiy tijorat banki filiali boshqaruvchisi sobiq oʻrinbosari O.X. 'V.' fermer xoʻjaligi rahbari B.R. bilan oʻzaro til biriktirib, 6 nafar fuqaroning nomiga ajratilgan 163 mln soʻm imtiyozli kredit mablagʻini 'V.' fermer xoʻjaligi hisob raqamiga oʻtkazish orqali naqdlashtirib olgani aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Andijon shahri boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.I. va boshqalar fuqaro S.M.ning ishonchiga kirib, unga tijorat banki filialidan 100 mln soʻm imtiyozli kredit ajratib berishini vaʼda qilib, uning turmush oʻrtogʻi YATT G.M.ning nomiga 100 mln soʻm imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, ushbu mablagʻlarni 'R.N.' MChJ orqali naqdlashtirib olgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Nov 04:57
 
11
0
xs.uz

Madaniyatlarimiz uzviy, qadriyatlarimiz hamohang

Mirishkor tumanining Jeynov mahallasi nafaqat tuman yoki viloyat, balki mamlakatimiz miqyosidagi eng nomdor mahallalardan biri sanaladi. Bu maskanda mamlakatimizdagi arab diasporasi vakillarining eng katta guruhi yashaydi. Ular orasidan koʻplab davlat va jamoat arboblari, mashhur olimlar, ijodkorlar yetishib chiqqan. Oʻzbekiston Qahramoni Murodilla Saidov ham mahallamizning faxri hisoblanadi.Mahallamizda 1991-yilda Arab milliy madaniy markazi tashkil etilgan boʻlib, bu markaz millatimizning o

18 Nov 04:58
 
6
0
xs.uz

Ayrim tadbirkorlik subyektlari ragʻbatlantiriladi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Soliq kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanalida xabar berildi. Qonun bilan yuqori barqarorlik reytingiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari uchun ragʻbatlantirish choralari joriy etilishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda: - yuqori barqarorlik reytingiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliqlar boʻyicha (bundan QQS mustasno) ortiqcha toʻlangan summa

11 Nov 03:17
 
11
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qirg‘izistonga bordi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qirg'izistonga keldi.'Manas' xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Qirg'iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi Aqilbek Japarov va boshqa rasmiylar kutib oldi.Tashrif doirasida ertaga davlatimiz rahbari Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.

18 Nov 04:57
 
4
0
xs.uz

Dam olish kunlari uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

Ushbu kunlarda Respublika hududida yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.Toshkentda ham yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.Harorat asosan kechlari 0-3 daraja iliq, kunduz kunlari 16-noyabrda 11-13 daraja iliq, 17-noyabrda 14-16 daraja iliq boʻladi.