Mukofot jamgʻarmasi 22 million soʻm boʻlgan bellashuv yakuniga yetdi
'ZIYO FORUM' Ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish xalqaro fondi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada poytaxtimiz hamda Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan jami 50 ta davlat va nodavlat oliy taʼlim dargohlarining 400 nafardan ortiq yoshlari oʻzaro bellashdi.
Umumiy mukofot jamgʻarmasi 22 mln. soʻm boʻlgan turnirda Vebster universiteti faxrli 1-oʻrinni, Vestminster universiteti 2-oʻrinni egalladi. 3 va 4-oʻrinlar esa Angren hamda Inha universitetlariga nasib etdi.
Musobaqa yakunida gʻoliblar pul mukofoti va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Prezident bir guruh oʻqituvchi va murabbiylarni mukofotladi
Prezident 'Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.'Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi' faxriy unvoni bilanAbduraxmanova Ozoda Dexkanboyevna - Quyi Chirchiq tumanidagi 25-umumiy oʻrta taʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi, Toshkent viloyatiAkramov Nabijon Kurbonovich - Marhamat tumanidagi 3-ixti
Ekrandagi “olaboʻji” yoki bemaza seriallar poygasi
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurgan boʻlsa-da, televideniye hamon muhim targʻibot vositasi va millionlab auditoriyasiga ega. Ayniqsa, koʻngilochar dasturlar, teleseriallarning ishqibozi istagancha topiladi. Afsuski, tomoshabinga milliy serial yorligʻi ostida taqdim etilayotgan ijodiy mahsulotlarning sifati, saviyasi, milliy qadriyat va anʼanalarga xosligi qay darajada, degan savolga javob yoʻq.Televideniye kanallar
“Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari tashkil etiladi
Qaror bilan jismoniy tarbiya fani o'qituvchilariga malaka toifasi berishning yangi tartibi ishlab chiqiladi.Qarorga ko'ra, 2025 yil:1 martga qadar boshlang'ich, o'rta va yuqori sinf o'quvchilari yosh toifasi bo'yicha harakatli o'yinlar, olimpiya va ommaviy sport turlariga ustuvorlik berish orqali sport turlari ro'yxati shakllantiriladi;1 iyunga qadar maktab o'quvchilarining sport musobaqalaridagi ishtiroki, maktab sport klublarining faoliyati, o'quvchilarni sportga qamrab olinganlik darajasini a
Shavkat Mirziyoyev TDT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 noyabr kuni Bishkek shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.Qirg'iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov raisligida o'tgan tadbirda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog'an, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban va Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanich